E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Voyaga yetgan organizmda qon hosil bo'Iishi
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Voyaga yetgan organizmda qon hosil bo'Iishi
Voyaga yetgan organizmda (postembrional) qon hosil bo'Iishi jarayoni ancha qisqa bo'ladi. Suyak ko'migida qon shaklli elementlarini yetkazib beradigan tayyor hujayralar, ya'ni ortoxrom eritroblastlar va granulopoezda hosil bo'ladigan donachali shaklli elementlar ko'p bo'ladi. Suyak ko'migidagi kam tabaqalangan hujayralar doim ko'payib turishi natijasida u yerda uzluksiz gemopoezni ta'minlab turadi. Hozirgi vaqtda voyaga yetgan organizmda qon hosil bo'Iishi to'g'risida unitar nazariya asoslidir. Bu nazariyaga muvofiq, qonning shaklli elementlari dastlab yagona hujayradan, ya'ni gemotsitoblastlardan paydo bo'ladi. Ular bo'linishi natijasida hosil bo'lgan hujayralar keyinchalik tabaqala-nib, har xil shaklli elementlar uchun boshlang'ich hujayralarga asos bo'ladi (33-rasm). Ma'lum bo'lishicha, suyak ko'migidagi hujayralar-ning 60% dan eritrotsitlar, 30% dan leykotsitlar va e% dan megakariotsitlar hosil bo'ladi. T-limfotsitlar, ya'ni timotsitlar suyak ko'migidagi hujayralarga ta'sir qilib, gemopoez boshqarilishida ishtirok etadi. Qon shaklli elementlarining takomillashuvida bosh hujayralar gemopoez jarayonining boshlang'ich davrida ikki xil hujayrani hosil qiladi. Birinchi hujayralardan kelajakda eritrotsitlar, donachali leykotsitlar, monotsitlar va qon plastinkalari hosil bo'ladi. Bu jarayon suyak ko'migida sodir bo'lgani uchun unga mielopoez deyiladi. Ikkinchi guruh hujayralar ham suyak ko'migida hosil bo'ladi, lekin kelajakda ulardan paydo bo'ladigan hujayralar, ya'ni limfotsitlar limfa organlariga qarab migratsiyalanadi. Limfotsitlarning rivojlanish jarayoni limfopoez 152 deyiladi. Trombotsitlamikiga esa tromotsitopoez deyiladi. Eritropoez deb, qizi qon tanachalari-eritrotsitlaming yaratilishiga aytiladi. Bunda gemotsitoblastlar boshlang'ich hujayra hisoblaiadi. Eritropoez - eritrotsitlar qon tomirlarga tushguniga qadar bir nechta bosqichni o'taydi. Bu bosqichlarga ulaming yaratilish bosqichlari deyilib, sxema ravishda u quyidagicha bo'ladi: gemotsitoblast - bazofil eritroblast (proeritroblast)-polixromatofil eritroblast oksixromatofil eritroblast-normoblast - eritrotsit. Endi bularning har qaysisini qisqacha alohida-alohida ko'rib chiqaylik. Gemotsitoblastlar (I) yirik hujayralar qatoriga kiradi, diametri 15-20 mk ga teng. Qon ishlab chiqaradigan organlarda ko'p bo'ladi. Sitoplazmasi yaxshi (bazofil) bo'yaladi, yadrosi yumaloq yoki ovalsimon 33-rasm. Qon shaklli elementlarining rivojlanishi (sxema): 1-gemotsitoblast; 2-bazofil eozinoblast-proeritroblast; 3-poli- xromotofil eritroblastlar; 4—atsidofil eritroblast; 5-normoblast; 6-eritrotsit; 7-promieolitsit; 8-neytrofil miyelotsit; 9-neytrofil metamiyelotsit (yosh neytrofill gronulotsit); 10-tayoqcha yadroli granulotsit; 11-segment yadroli neyrtrofil granulotsit; 12-atsidofil mielotsit; 13-atsidofil metamielotsit (yosh atsidofil granulotsit); 14- at- sidofil granulotsit; 15-bazofil miyelotsit; 16-bazofil metamiyelotsit (yosh bazofil granulotsit); 17-bazofil granulotsit; 18-megakariotsitlar; 19-trombotsitlar (qon plastinkalari, V.G.Yeliseevdan). 153 yadrochasi ham yaxshi ko'rinadi. Ular 3—4 ta hujayradan tashkil topgan to'plarni hosil qiladi, boiinish xususiyatiga ega. Ularning boiinishi natijasida proeritroblast, ya'ni bazofil eritroblastlar (2) hosil bo'ladi. Ular yumaloq bo'lib, gomogen RNK ga boy sitoplazmaga ega. Sitoplazmasida oz miqdorda boisa ham har xil yirik-mayda mitoxondriylar, diffuz holda tarqalgan ribosomalar uchraydi. Proeritroblastlar ham bo'linish xususiyatiga ega. Bo'linganda ulardan ham maydaroq ko'plab yumaloq hujayralar hosil bo'ladi. Bularning sitoplazmasi bazofil holatini yo'qotib, faqat ishqoriy bo'yoqqa emas, balki kislotali bo'yoqqa ham bo'yaladigan bo'ladi. Shuning uchun, ular poUxromatofil eritroblastlar (3) deyiladi. Tarkibida gemoglobin moddasi yig'ila boshlaydi, yadrosi yo'qolib, yadro xromatini yadroning hammasiga yoyilib ketadi. Oxiri oksixromatofil eritroblastlarga (4) aylanadi. Bular boiinganida mayda normoblastlar (5) hosil bo'ladi, normoblastlar yadrosida degeneratsiya jarayoni kechib, kariolizisga uchraydi va tashqariga chiqib eritrotsitlarga (6) aylanadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling