E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet66/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Qon plazmasi
Plazma hujayralararo suyuq modda bo'lib, tarkibining 90-93% ini suv, 7-10% ini quruq moddalar tashkil qiladi. Qonning ana shu plazma va quruq qismini sentrifuga yordamida bir-biridan bemalol ajratish mumkin. Bunda probirkaning tagiga quruq moddalari cho'kib, yuzasiga plazma ajralib chiqadi. Quruq moddaning taxminan 7% I oqsillar, 3% boshqa organik va anorganik moddalardir.
Organizm hayotida qon plazmasi muhim vazifalarni bajaradi. Uning tarkibida organizm uchun zarur bo'lgan ko'p organik va anorganik moddalar mavjud. Bularga oqsillar, yog'lar, uglevodlar, gormonlar, antitelo va antitoksinlar kiradi. Bundan tashqari, moddalar almashinuvida organizmda hosil bo'ladigan chiqindi moddalar-siydik kislota, mochevina va boshqalar ham bo'ladi. Qon plazmasidagi
139
oqsillardan eng muhimi fibrinogen bo'lib, u qonning quyilishida ishtirok etadi, ya'ni tananing jarohatlangan joyida, qondagi erish xususiyatiga ega bo'lgan fibrinogen fibringa - mayda ipchalarga o'xshash oqsilga aylanadi va jarohatlangan tomir yuzasini berkitadi, natijada qon oqishi to'xtaydi. Ammo fibri-nogenning fibringa aylanishi uchun unga qondagi kalsiy ioni bilan trombin oqsili ta'sir qilishi kerak. Ulardan bittasi bo'lmasa ham qon quyulmaydi. Odatda, qon tarkibida trombin oqsili bo'lmaydi, agar bo'lganida qon tomirlarda ivib qolardi. Qonda, odatda, trombogen moddasi bo'lib, u trombokinaza fermenti ta'sirida trombinga aylanadi. Trombin bilan kalsiy ioni birga fibrinogenga ta'sir qilib uni fibringa, ya'ni mayda ipchalarga aylantiradi, natijada qon quyuladi. Trombokinaza esa, qon tomirlar jarohatlangan joyda qon shaklli elementlarining yemirilishi va kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo'ladi. Shunday qilib, qon quyulishi uchun, albatta, qon tomirlarning jarohatlangan qismi va fibrinogen, kalsiy ioni va protrombin moddasi ishtirok etishi shart. Qonda shu elementlardan birontasi kam bo'lsa yoki o'zaro bir-biriga ta'siri buzilsa, qon quyulish jarayoni susayishi yoki umuman to'xtashi mumkin. Ayrim qon kasalliklarida uning quyulish jarayoni buzilib, kichkina jarohatlangan qon tomirdan ham ko'plab qon oqib ketishi mumkin. Gemofiliya kasalligida qon quyulishi buzilgan bo'lib, qon tomirlarning kichkina jarohati ham organizmni halokatga olib keladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling