E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet58/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

us
tuxumdon va urug'don bezlari kiradi. Endokrin bezlarni ishlab beradigan mahsulotlariga gormonlar (yunon-qo'zg'ataman, ta'sir qilaman) deb yuritiladi. Gormonlar qonga, boshqa to'qima va suyuqliklarga chiqarilib organizmni barcha a'zolariga va to'qimalariga tarqaladi va tegishli a'zo va to'qimalar hayotiy jarayonlariga ta'sir qilib, ular faoliyatini o'zgartiradi. Endokrin beziarining gormonlari organizmning har xil a'zolari va to'qimalariga turlicha ta'sir qilishi mumkin. Gormonlami ba'ziiari to'qimadagi moddalar almashinuviga ta'sir ko'rsatsa, ya'na boshqalari organizmni shaklla-nishiga, metamorfoziga, to'qima va a'zolar ixtisosiashishining jadallashuviga ta'sir ko'rsatadi. Uchinchi xil gormonlar esa, a'zolar va organizm faoliyatini o'zgartirishi mumkin. Masalan, buyrak usti bezlaridan sintezlanib chiqariladigan adrenalin gormoni, me'da osti bezining insulin va glukagon gormonlari uglevod almashinuviga aktiv ta'sir ko'rsatadi. Qalqonsimon bez gormoni esa organizmda organik moddalarning parchalanishini jadallashtiradi. Modda almashinish jarayonini tezlashtiradi. Tireoid gormonlari metamorfozga ham aktiv ta'sir ko'rsatadi. Uning bu xususiyatini, ayniqsa, baqalar misolida yaxshi kuzatsa bo'ladi. Adrenalinning yurak ishini tezlashtirishi, vazapressinning (gipofizdan ishlanib chiqadigan gormonlar) qon tomirlarini toraytirishi, gormonlarning a'zolar faoliyatini o'zgartirishiga, ularni ishini bajarishiga misol bo'la oladi. Ichki sekretsiya beziarining faoliyati nerv sistemasi orqali boshqarilib turadi. Bunda nerv tolalari har bir bezga yoki uning hujayralariga tegib turadi. Lekin nerv uchlari hamma vaqt nerv to'qimalariga yoki hujayralariga bevosita yetib borolmaydi. Natijada, nerv impulsini qabul qilolmaydilar. Bunday hujayralarning faoliyati hujayralar atrofidagi suyuqliklar va qon bilan keluvchi biologik aktiv moddalar va gormonlar orqali bajariladi. To'qima va a'zolar faoliyatini qon va limfa suyuqligi orqali bajarishiga «gumoral sistema» deyiladi. Demak, nerv sistemasi va endokrin bezlar birga hamkorlikda organizm funksiyalarini bajarishda ishtirok etadilar. Bu jarayonda nerv sistemasi albatta yetakchi o'rinni egallaydi. Shunday bo'lsa ham, har xil jarayonlarning gormonlar yoki boshqa biologik aktiv moddalar bilan, ya'ni gumoral yo'l bilan boshqarilishi nihoyatda muhim. Gormonlar bir qancha o'ziga xos xususiyatlariga ega va shu jihatdan nerv impulsidan farqiandi. Jumladan, qanday bo'lmasin ma'lum bir gormon organizmdagi muayyan a'zo faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi va unda tegishli o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Gormonlar tegishli bezlarda uzluksiz ravishda sintezlanib, tegishli a'zolarga uzluksiz ravishda ta'sir
119
qilib turadi. Gormonlar bevosita qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqariladigan bo'lgani uchun ular organizmning barcha a'zo va to'qimalariga yetib boradi, shu tariqa hosil bo'lgan joydan ancha uzoqda bo'lgan a'zo va to'qimalar faoliyatiga ham ta'sir ko'rsata oladi, Biroq, ayrim a'zolardagi maxsus hujayralarda hosil bo'ladigan biologik aktiv gormonsimon moddalar «hujayra gormonlari» boshqa a'zolarga o'tmaydi. Shu sababli, ular hosil bo'lgan joylaridagina o'z ta'sirini namoyon etadi. Gormonlar hujayralardagi jarayonlarga faol ta'sir etib hujayralar membranasi o'tkazuvchanligini ulardagi oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini, ularning qon tarkibini o'zgartira oladi. Gormonlar ta'siri tufayli to'qimalarda sezilarli miqdorda adenozino-monofosfat to'planadi. Bu modda gormonlar ta'sirini hujayralarga o'tkazadigan «vositachi» bo'lib hisoblanadi. Hujayra va to'qimalarga bevosita ta'sir qilish bilan birgalikda, gormonlar tegishli retseptorlarga ham ta'sir ko'rsatib, murakkab reflektor jarayonlarda ishtirok etadi. Ular nerv markazlarining funksional holatiga ham ta'sir ko'rsatadi. Gormonlar organizmning irsiy belgilariga, xromosomalariga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Esterogenlar, testestron, kortizon, somototropin, insulin va boshqalar oqsil biosintezining boshqarilishida va u orqali irsiy belgilaming nasldan-naslga o'tishida ishtirok etadi. Jumladan, bu gormonlar, xromosomalardagi DNK ga ta'sir ko'rsatib, uning tegishli qismlarida maxsus oqsil qoplovchi modda-gistonlar hosil bo'lishiga yordsm beradi. Informatsion RNK ning har bir yangi molekulasi faqatgina DNKning o'sha gistonlardan hosil bo'lgan qismidagina hosil bo'ladi. Informatsion RNK esa, oqsil biosintezini, demak irsiy xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa gormonlar organizmning irsiy xususiyatlariga ta'sir ko'rsatadi.
Endokrin bezlarning barchasi funksional jihatdan bir-biri bilan aloqador. Ularning faoliyati nerv sistemasi bilan ham bevosita aloqada ish yuritadi. Endokrin bezlarining nerv sistemasining eng yaqin hamkori sifatida organizmdagi barcha jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etgani bilan, o'zining faoliyati ham neyrogumoral ravishda boshqariladi va organizmning uzluksiz o'zgarib turgan ehtiyojiga moslashib boradi.
Gipotalamus yadrolari zaruriyatga qarab gipofizga nerv impulslarini yuboradi, gipofiz esa o'z navbatida ko'pchilik endokrin bezlari funksiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Gipotalamus bilan gipofiz bir-biriga shu qadar bog'liqligi, gipofizning bir qismi (orqa bo'lagi), asosan, nerv to'qimasidan tashkil topgan va gipotalamusning ajralmas qismi sifatida ish yuritadi. Gipofiz esa, o'z navbatida, organizmdagi ichki sekretsiya
120
, • • „ m(I asosiv «rahnamosi» hisoblanadi. Juml^dan, nn-
bezlannmg eng as°^ gormonlar qalqo^simon bez, jinsiy b^z ^
°ldingJ Tbezi v^Chqa bezlarga faol ta'sir ko'rsatib turadi. ^
bUyrthk ekretsiya bezfar faoliyatining bosho^rilishida giPotalamUs
Hnnrf markazy nerv sistemasining boshqa qismlan va hatto b^
Y Ayrim olimlar endokrin heparin, gipofi* bezimng okhng, b?n , ., LnaHnr va aloqada emas guruhlarg?i bo'ladi. Al0qadorla^. &1 otlSn bez b^al usti be2,arl (Poq qismi) va jinsiy be^ 5i idb Toqada emas bezlarga buyrak usti bezining miya (mag'iz) qi*J« qalqons^0" bez oldi bezi, pankreatik orolchalar va paragangliy^;
kirito\1rgi vaqtda bunday klassifikatsiya nisbiy deb topilm0qdal Chll
turli endokrin beziar bir-biriga va o'zaro bog'liqdir. Naty jda bir b ^
turn enao shakllanadi. Hozirgi vaqtda zamon taiabiga ; ™
Gipotalamus endokrin sistemasining eng 0l.y maifa*, bo'hb, i^
. ur Uhini muvofiqlashtiradi va ularni ishm nervendokrin sisw 'K!
ЈЈ&ЈXEELi ta'minlaydi (21-rasm). Uning tarkibida 32^
F «r invlashib ular neyrosekretor hujayralardan tashkil topjun
^SЈnJbS^ ftntaiy-ini boshqarishd, gipotalamus bilan P^
epifiz ham ishtirok etishi ta'kidlanmoqda. 8
Gipofiz

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling