E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet45/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Ko'p qatorli epiteliy
Umurtqali va umurtqasiz hayvonlarda ko'p qatorli epiteliy ko'p uchraydi. Odamda yuqori darajada tabaqalangan bo'lib, nafas yo'llari (burun bo'shlig'i, kekirdak, traxeya, bronx va bronxiolalar) devorini, orqa miya kanali, bosh miya qorinchalari devorini qoplab turadi. Ayrim umurtqali hayvonlarda (amfibiya va baliqlarda) hazm qilish organlari yuzalarining ayrim qismlarida uchraydi. Umurtqasiz hayvonlardan ochiq jabrali (polojaberniye) molluskalar tanasining ko'p qismida uchraydi. Ular umurtqali va umurtqasiz hayvonlarda uch xil shaklda uchraydi: 1) kiprikli; 2) xivchinli; 3) path.
Ko'p qarorli, kiprikli prizmasimon epiteliy. Bu epiteliy uzun bo'yli silindrsnmon hujayralardan tashkil topgan bo'lib, ularning apikal qismida mayda, ammo bir tekis joylashgan anchagina kiprikchalar bo'ladi. Har bir hujayrada bunday kiprikchalardan 250-300 dona bo'lishi mumkin. Kiprikchalar hamisha bir tomonga qarab harakatlanib, bo'shliq yuzasidagi suyuqlikning bir tomonga siljishini ta'minlaydi. Shuning uchun bunday tuzilgan hujayralardan tashkil topgan epiteliy hilpillovchi epiteliy ham deyiladi. Ko'p qatorli deyilishiga sabab shuki,
90
bunday epiteliy uch xil shakldagi hujayralardan tashkil topgan: 1) kiprikchali hujayralar; 2) mayda qo'shimcha hujayralar; 3) yirik qo'shimcha hujayralar. Lekin kiprikchali hujayralar ingichka bazal qismi bilan bazal membranaga tutashgan bo'lib, kiprikchalar bilan qoplangan keng apikal qismi esa epiteliy yuzasigacha chiqib, uni tashkil etib turadi. Mayda qo'shimcha hujayralar esa, aksincha, kengaygan bazal qismga ega bo'lib, apikal qismi ingichkalashib, ko'tarilgan bo'ladi. Lekin, to'qima yuzasigacha chiqmaydi, ancha pastda joylashgan, kiprikchalari ham bo'lmaydi. Bu hujayralar bo'linish xususiyatga ega bo'lib, to'qimada sodir bo'ladigan fiziologik va reparativ regeneratsiyani ta'minlab turadi. Yirik qo'shimcha hujayralar ham keng bazal qismga ega bo'lib, apikal qisma ingichkalashib boradi va mayda qo'shimcha hujayradan bir oz baland turadi. Bunda ham kiprikchalar bo'lmaydi, to'qima yuzasigacha o'sib chiqmaydi.
Yuqorida aytilgan uchala hujayraning bunday tuzilishi natijasida ularning yadrolari bir tekisda emas, balki har xil balandlikda joylashgan bo'ladi. Yadrolarning mikroskopda bunday ko'rinishi to'qimaga ko'p qatorli ko'rinish beradi. Haqiqatan esa, epiteliy to'qimasining bunday turi ham bir qatorli formasiga kiradi. Hujayradagi yadroning joylashishiga qarab, ularni bir-biridan ajratish mumkin. Odatda, pastki qatordagi yadrolar mayda qo'shimcha hujayralarga, ikkinchi qatordagi yadrolar esa yirik qo'shimcha hujayralar va qadahsimon bez hujayralariga mansub bo'lib, yuqori qatordagilari esa, kiprikchali epiteliy yadrolari hisoblanadi (11-rasm).

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling