E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
-§. Skeletning ko'ndalang yo'lli muskul to'qimalari
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
20-§. Skeletning ko'ndalang yo'lli muskul to'qimalari
Skeletning ko'ndalang yo'lli muskul to'qimasi asosini uzun, ko'p yadroli qora va oq disklardan iborat tolachalar tashkil etadi (53-rasm). 53-rasm. Ko 'ndalangyo 'Hi muskul to 'qimasi (sxema): 1-muskul tolachasi; 2-yadrolari; 3-miofibrillalar; 4-sarkolemma; 5-endomiziy; 6-qon tomirlar; 7-ko'ndalang yo'lli muskul tolachasining pay qismi; 8-vegetativ nerv tolasi; 9-somatik harakatlantiruvchi (nerv tolasi); 10- harakatlantiruvchi nervning uchi (motor tanacha, Kreling va Graudan). 214 ■ Tolachalar silindr shaklida bo'lib, uchlari yumaloq, ayrimlariniki tarmoqlangan. Ularning uzunligi 100 mm dan 12 sm gacha. Diametri bir necha mikrondan - 100 mk gacha. Har bir tolacha yupqa parda-sarkolemma bilan o'ralgan. Sarkolemma uch qavatdan tashkil topgan: 1) ichki qavatining qalinligi 50-100 A; 2) o'rta yoki oraliq qavatining qalinligi 150-250 A; 3) tashqi-bazofil qavatining qalinligi 300-500 A. Har bir muskul tolasiga ustki tomondan to'rsimon shaklda prekollagen tolachalar kelib tutashadi. Ularni ustki tomondan esa bazal membrana yopib turadi. Ingichka fibrillalardan tashkil topgan bazal membrana amorf modda yordamida bir-biri bilan yopishib, muskul tolasi atrofida joylashuvchi biriktiruvchi to'qima-kollagen va argirofil tolachalar bilan tutashadi. Shunday qilib, har bir muskul tolachasi o'ziga tegishli biriktiruvchi to'qimadan iborat qavat bilan o'ralib turadi. Bu qavatga endomizium deyiladi. Bir nechta shunday endomiziurnlar yig'ilib bitta tutam hosil qiladi va ularni ham biriktiruvchi to'qimadan iborat ikkinchi bir yangi parda o'rab oladi. Bu pardaga perimizium deyiladi. Bitta yoki bir nechta muskulni o'rab turgan pardaga fassiya deyilib, unga epSmizium nomi berilgan. Biriktiruvchi to'qima orqali har bir muskul tolachalariga qon tomirlar bilan nerv shoxobchalari kirib kelgan. Ko'ndalang yo'lli muskul tolachalari, odatda, ko'p yadroli bo'lib, yadrolarining soni o'ntadan yuztagacha bo'lishi mumkin. Yadrolar, odatda, tolachalarning periferik qismiga joylashgan. Yadro va protofibrillalar atrofidagi bo'shliqlarni sitoplazma (sarkoplazma) suyuqliqini to'ldirib turadi. Bundan tashqari, tolachalar tarkibida hujayra organoidlari va kiritmalari bor. Bular orasida eng ko'p uchraydigani mioglobin (pigment hamda oqsil globin) bilan muskullarga qizil rang beruvchi gemoglobindir. Qo'ndalang yo'lli muskul to'qimalari tarkibidagi mioglobin oqsillarning ko'p yoki ozligiga qarab ular quyidagicha farq qih'nadi: Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling