E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- TORTINCHI QISM MUSKUL TOQIMASI VA NERV S1STEMASI TOQIMASI X bob. MUSKUL TOQIMASI
I
211 i tamoman qaytadan paydo bo'Iadi. Qayta paydo bo'lgan joyda hujayralararo moddaning xarakterli qismlari qoladi. Uiarning periferik sohasi konsentrik plastinkalarning zich joylashgan sistemalaridan tarkib topadi va hokazo. Bu o'rinda shuni aytib o'tish kerakki, umurtqasiz hayvonlarda tipik tog'ay to'qimasi bo'lishi bilan birga, zich biriktiruvchi to'qima ham bo'Iadi. Uning asosiy funksional strukturasi kollagen tolachalardir. Ular, odatda, mukoproteinlar bilan bog'lanib turadi. Masalan, yuksak tuzilgan birlamchi hasharotlarning ayrim vakillaridagi tipik zich kollagen biriktiruvchi to'qima, ayniqsa, xarakterlidir. Bunga Lacusta migroforia chigirtkasi erkagining kopulativ organlari tayanch tuzilmalarini misol qilib ko'rsatish mumkin, ya'ni kopulativ organlari kanalining epiteliy to'shamasi tipik biriktiruvchi to'qima bilan qoplangan. Unda har xil kollagen tolachalar va hujayralararo asosiy modda ro'y-rost farqlanib turadi. Mazkur chigirtkada asosiy modda juda yaxshi rivojlangan bo'lib, u tog'ay to'qima bilan zich biriktiruvchi to'qima o'ftasida oraliq vazifani o'taydi. 212 TO'RTINCHI QISM MUSKUL TO'QIMASI VA NERV S1STEMASI TO'QIMASI X bob. MUSKUL TO'QIMASI Muskul bu-qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan, tirik organizmning u yoki bu bo'lagini harakatga keltiradigan organ: u aksariyat, ko'ndalang yo'lli va silliq muskul to'qimalaridan tuzilgan. Xo'sh, muskul hayvonlarda va odamda qanday paydo bo'lgan? Ularning tuzilishi, ishlash prinsipi qanday? U nimalar ta'sirida va qanday harakatga keladi? Qisqarish va cho'zilish mexanizmi nimalarga yoki qanday jarayonlarga asoslangan? Ko'p hujayrali organizmlarning paydo bo'lish tarixi shundan guvohlik beradiki, muskullar, ya'ni muskul to'qimalari organizm rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi to'qima paydo bo'Iganidan keyingi davrda vujudga kelgan. Har qaysi organning kelib chiqishi tashqi muhit taqozosi bilan, ya'ni tashqaridan ta'sir etib turgan muhit omillariga moslashish extimoli bilan paydo bo'lar ekan, mus-kullar ham organizmning tashqi muxit qo'pnida uning ta'sirlariga javob qaytarish yoki tirik mavjudot sifatida oziq izlash, unga intilish zaruriyati tufayli paydo bo'lgan. Binobarin, muskul to'qimasi evolutsiya jarayonida sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan oqsil tuzilmalari bor hujayralardan kelib chiqqan. Hozirgi zamon fan tili bilan aytadigan bo'lsak, endilikda muskul to'qimasi embrion rivojlanishi davrida boshqa to'qimalarga o'xshab mezenximaning turli qismlaridan hosil bo'ladi. Muskulatura - butun gavdaning yoki uning biror qismining, organning muskullar majmuasi. Ko'zning silliq muguzli pardasi va ter bezlarining atrofidagi silliq muskullar ektodermadan rivojlanadi. Ko'ndalang yo'lli muskullar mezenximaning sigmentlangan miotom-laridan tarqalsa, bosh miya muskullari mezenximaning o'zgarishidan kelib chiqadi. Yurak muskullari ham asosan, mezodermadan tarqaladi. Bundan tashqari, ektodermadan vujudga keladigan muskullarga so'lak va sut bezi muskullari ham kiradi. 213 L'muman olganda, barcha muskul turlarini ularning funksiyalari va tuzilishidagi o'ziga xos birlik, ya'ni sitoplazmasidagi oqsil iplari -miofilamentlar (muskul protofibrillalari) yig'ilib miofibrillalar deb ataladigan tutamlar hosil qiladigan birlik birlashtirib turadi. Ammo umurtqali hayvonlar bilan umurtqasiz hayvonlarning muskullari garchi vazifalari bir xil bo'Isa ham, tuzilishi bir-biridan bir oz farq qiladi. Shunga ko'ra muskullarni belgilariga qarab quyidagicha klassifi-katsiyalash mumkin: 1) tuzilishi bo'yicha: a) ko'ndalang yo'lli muskullar, b) silliq muskullar; d) ikkiyoqlama qiya muskullar; 2) orga-nizmda joylashish holati bo'yicha: a) ichki a'zolar muskullari; b) yurak muskullari; d) somatik muskullar; 3) funksiyalari bo'yicha: a) tonik muskullar; b) tetanik muskullar; dj qulfdosh (bekitish) funksiyasiga ega bo'lgan muskul to'kimalari; 4) kelib chiqishi bo'yicha: a) ektodermal muskullar; b) entodermal muskullar; d) mezodermal muskullar. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling