E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
57-rasm. Siydikpufagi devoridagisilliq muskul to'qimasining
bo'ylamasiga va ko'ndalangiga kesimi. Gemoroksilin-eozin bilan bo'yalgan (400 marta kat.)r 1-bo'ylamasiga kesilgan preparatda silliq musfcul hujayralarining ko'rinishi; 2-ko'ndalang kesilgan preparatda silliq muskul hujayralarining ko'rinishi; 3—silliq muskul tutamlari orasidaei biriktiruvchi to'qima va tomirl ar. Silliq muskul hujayrasining asosini uning sitoplazma qismini to'ldirib turuvchi miofilament yoki protofibrillalar tashkil etadi Ular sitoplazmada bir-biriga nisbatan mustaqil va pa.ra.llel joylashgan bo'lib har bir tolasi alohida mustaqil harakat qilishga moslashgan. Hozirgi vaqtda hujayra tarkibida uch xil protofibrill (miofilament) tolachalari bo'lishi aniqlangan: aktin tolachalar, miozirt tolachalar oraliq tolachalar. Asosan, aktin va miozin tolachalar qisqarib bo'shashib hujayralar harakatini ta'minlaydi. Oraliq protoflbrillar esa tutamcha holida joylashgan bo'lib, o'zidan chiqargan o'sirtitalari yordamida bir-biri bilan birikib miotsit to'rini hosil qiladi va qisqargan muskul tolachafarini dastlabki holiga qaytaradi. Bundan tashqari ular tolachalarni normadan tashqari ortiqcha qisqarishdan saqlaydi. Shuningdek, silliq muskul hujayralarining atrofida kollagen va elastik tolachalardan tarkib topgan to'rsimon qobiq bo'lib, u ham tayanch vazifasini bajaradi. Silliq muskul hujayralari tarkibida o'ziga xos qisqarishni ta'minlab beruvchi uch xil oqsil moddalar: aktin, miozin va protomiozin topilgan. Ular muskultar qisqarishi jarayonida ularni energjya bilan ta'minlaydi. 225 Shu sababli ham, silliq muskul hujayralari tarkibida bu uchala oqsil doim bo'ladi. Silliq muskullarni qon bilan ta'minlaydigan tomirlar sistemasiga biriktiruvchi to'qima tarkibidagi yirik, muskul hujayralarining tutamlari oralig'ida uchraydigan nisbatan mayda va bevosita hujayralar orasida joylashgan kapillarlar to'rini tashkil etuvchi tomirlar kiradi. Organizm qarib borgan sari boshqa organlarda bo'lganidek, silliq muskullarda ham o'zgarishlar sodir bo'la boshlaydi. Masalan, muskul hujayralari yupqalashib borgan sari ichki organiarning muskul qavatlari ham yupqalashadi, natijada uning cho'ziluvchanligi cheklanadi, binobarin, atrofidagi kollagen va elastik tolachalarning cho'ziluvchanligi ham, egiluvchanligi ham shu bilan kamayadi. Silliq muskul hujayralarining dastlabki rivojlanishi ham embrion mezeixima hujayralarining mioblastlarga aylanishidan boshlanadi. Embrionning rivojlanish davrida mezenximaning silliq muskullar hosil bo'ladigan qismidagi hujayralari shiddat bilan bo'lina boshlaydi. Buning natijasida hosil bo'lgan hujayralar bir-biridan uzoqlashib ketmay duksimon shaklga kiradi. Shu bilan bir vaqtda, hujayra sitoplazmasida ham tabaqalanish jarayoni kechib, protofibrinlar hosil bo'la boshlaydi. Ulardan esa, birlamchi muskul hujayralari-mioblastlar vujudga keladi. Keyinroq borib protofibrinlar ko'payib, sitoplazmani toidiradi va mioblastlarning silliq muskul hujayralariga aylanadi. Embrion hayotining to'qqizinchi haftasida ayrim ichki organiarning silliq muskul qavatlarining to'qimalari yetarli darajada tabaqalanib bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda, muskul hujayralari va bog'lamchalari orasida qon tomirlari bilan nerv tolalarini hosil qiluvchi biriktiruvchi to'qima rivojlanadi. Silliq muskul to'qimalari ham boshqa to'qimalarga o'xshab, fiziologik va reperativ regeneratsiyalanish xususiyatiga ega. Muskulning vazifasini o'tab bo'lgan yoki atrofiyalangan hujayralar qayta ko'paya boshlaydi va kerakli joylarni to'ldirib turadi. Ayrim vaqtlarda muskul hujayralari kam tabaqalangan biriktiruvchi to'qima hujayralaridan ham hosil bo'lishi mumkin. Silliq muskul hujayralari sharoitga qarab, fiziologik jihatdan juda yaxshi moslashadi. Masalan, homiladorlik davrida bachadonning silliq muskul hujayralari o'zidan o'n marta ortiq cho'zilib, yana o'z holiga qaytadi. Hujayralar cho'zilgan vaqtda ularni to'rsimon shaklda o'rab turgan tolachalar ham birga cho'zilib, hujayraning strukturasini buzilishdan saqlaydi, Shuni aytib o'tish kerakki, regeneratsiya 226 jarayonida silliq muskul hujayralari bilan birga biriktiruvchi to'qima hujayralari ham regeneratsiyaga uchraydi. Ayrim vaqtlarda bular bir-biriga o'xshab ketishi ham mumkin. Masalan, silliq muskul to'qimalarida hosil bo'lgan o'sma - mioma biriktiruvchi to'qima o'smasi fibromaga aylanib ketishi mumkin. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling