E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Ko'ndalang yo'IIi muskulning trofik apparati (elementlari)
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Ko'ndalang yo'IIi muskulning trofik apparati (elementlari)
Muskul to'qimasining trofik apparatiga sarkoplazma organoidlari, yadro va yadrocha, mitoxondriylar kiradi. Oqsil va oqsil bo'lmagan ayrim moddalar ham trofik apparatga kiritilgan. Muskul tolasining sitoplazmasida juda ko'plab sarkosomalar uchraydi. Ular morfologik tuzilishi va fiziologik vazifasiga ko'ra asosiy hujayra mitoxondriylariga o'xshaydi. Sarkosomalar ham mitoxondriylarga o'xshab kislorod ko'p sarflanadigan joylarda uchraydi. Demak, sarkosomalar ham muskul tolachalarida oksidlanishi va ko'plab energiya hosil qilishi bilan aktiv ishtirok etadi. Sarkosomalar tarkibkda suksinoksidaza va boshqa oksidlanish fermentlari ko'p. Mitoxondriylar, odatda, yadrolar atrofida va plazmolemmaning kapillar tomirlar tegib turgan joylarida ko'plab uchraydi, Ma'lum bo'Iishicha, qizil muskullarda suksinatdegidrogenaza bilan ishqor fosfataza yuqori aktiv bo'lganida fosforilaza ham aktiv bo'ladi va aksincha oq muskullarda fosforilaza yuqori aktiv bo'lganida suksinatdegidrogenaza bilan fosfataza kam aktiv bo'ladi va hokazo. 219 Tolacha geolaplazmasida (membrana va vakuola komponentlarisiz sitoplazmada) muskulning fiziologik vazifani bajarishida aktiv ishtirok etadigan mioglobin ko'p bo'ladi. Mioglobinning asosiy vazifasi to'qimada kislorodni o'ziga biriktirib ko'plab yig'ib berishdir. To'qimada mioglobin qancha ko'p bo'lsa, kislorod ham shuncha ko'p to'planadi. Suvda yashovchi hayvonlardan tulenning muskul to'qimasida 47% kislorod mioglobin bilan birikkan holda uchraydi, 3,8% kislorod esa uning qonida bo'ladi. Muskul tolachasining keyingi trofik elementlariga sarkoplazmatik to'rni kiritish mumkin. Sitoplazmada ular kuchli rivojlangan bo'ladi. Ayniqsa, doimo harakatda bo'ladigan muskullarda (kekirdak, ko'rshapalak muskullarida) nihoyatda yaxshi rivojlangan bo'ladi. Aksincha, kam harakatlanadigan muskullarda u aytarli rivojlanmagan. Shuni ham aytib o'tish kerakki, har xil hayvonlarda bir xil nomli muskulning aktivligi har xil bo'lishi mumkin. Masalan, tovuqning ko'krak muskuli kam harakat qiladi, passiv, ya'ni oq muskullarga kiradi, tez uchadigan qaldirg'ochning ko'krak muskuli esa ko'p harakatda bo'lgani uchun aktiv, ya'ni qizil muskullarga kiradi, mioglobinga ham boy. Ba'zan qizil muskul tarkibida oq muskul tolachalari ham uchraydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling