E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar)


Download 1.72 Mb.
bet119/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar)
Tashqi va ichki ta'sirni, odatda, sezuvchi nerv uchlari qabul qiladi, ularni fanda retseptorlar deyish rasm bo'lgan. Binobarin, retseptorlar sezuvchi nerv uchlari bo'lib, ta'sirni qabul qilish va uni impulsga aylantirish, markaz tomon uza-tib berish xususiyatiga ega. Hamma retseptorlar ikkita katta guruhga bo'lipadi: 1) eksteroretseptorlar -ta'sirni tashqi muhitdan qabul qiladigan retseptorlar; 2) interoretsep-torlar-ta'sirni organlarning ichki qismidan qabul qiladigan retseptorlar. Bundan tashqari, ta'sirni qabul qilish xarakteriga qarab, yana bir necha xil retseptorlar uchraydi. Masalan, issiq-sovuqni sezadigan retseptorlar (termoretseptorlar), baroretseptorlar (bosimni sezadigan), xemoretsep-torlar (kimyoviy ta'sirni sezadigan), mexanoretseptorlar (mexanik ta'simi sezadigan) va hokazo. Og'riqni sezuvchi retseptorlar ham shular jumlasiga kiradi. Ular og'riqni sezib, alohida ingichka mielinsiz nerv tolalari orqali impulsni MNS ga uzatadi.
Sezuvchi nerv uchlari morfologik tuzilishiga ko'ra ikkita katta guruhga bo'linadi: 1) erkin sezuvchi nerv uchlari. Bunda o'q silindr nerv uchlarining tarmoqlari bevosita innervatsiya qilishi kerak bo'lgan to'qima hujayralari orasida yotadi (masalan, Merkel hujayralari, quyiga qarang); 2) erkin bo'lmagan sezuvchi nerv uchlari. Bunga nerv tolalarining hamma komponentlari, ya'ni o'q silindr tarmoqlari, ta'sirni qabul qilishga moslashgan gliya va epiteliy hujayralari kiradi.
Erkin bulmagan nerv uchlari, bundan tashqari, biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsula bilan o'ralgan-o'ralmaganligiga qarab ham ikkiga bo'linadi: 1) kapsulaga o'ralgan nerv uchlari. Bunda nerv uchlari
242
biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsulaga o'ralgan bo'iadi; 2) kapsulaga o'ralmagan nerv uchlari-kapsulasi bo'lmaydi.
Yuqorida barcha nerv uchlari o'ziga xos fiziologik xususiyati va morfologik tuzilishiga ko'ra bir-biridan farq qiladi, deb aytib o'tgan edik. Shulardan ayrim nerv uchlari bilan tanishib chiqamiz.
Merkel disklari yoki hujayralari. Erkin nerv uchlariga kiruvchi bu nerv tolalari odatdagidek epiteliy qatlamiga kelib mielin qavatini yo'qotadi va oxirgi terminal tarmoqlari to'qima hujayralari ichiga tarqaladi. Buning xarakterli tomoni shundaki, bunday nerv uchlarida terminal tarmoqlardan tashqari, spetsifik o'zgarishga ega bo'lgan hujayralar ham uchraydi. Bunga sezgi (idrok) disklari yoki Merkel hujayralari deyiladi. Bu hujayralar oqish bo'yalgan sitoplazma va yassilangan yadrosi hamda diametri 100 mk atrofidagi osmiofil donachalari bilan ajralib turadi. Nerv tarmoqlari ana shunday hujayralar bilan tutashib nozik to'r shaklida sezuvchi nervlar uchini hosil qiladi. Sezgi (idrok) disklari, odatda, teri epiteliysining sezish xususiyati kuchli bo'lgan joylarda ko'p uchraydi.
Fater-Pachen tanachasi (67-rasm). Biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsulali sezuvchi nerv uchi bo'lib, ichki organlarda (ichak devorida, me'da osti bezi, tomirlar va bo'g'imlar atroflda) bo'iadi. Ko'proq teri ostida uchraydi. Kapsulaning o'rtasida kolbasimon Shvann gliyasining o'zgargan hujayralaridan tarkib topgan, tarmoqlangan nerv uchlari joylashgan. Odatda, nerv tolasi kapsulaga kirish oldidan mielin qavatini yo'qotadi va ichiga faqat o'q silindrning o'zi kiradi.
6 7-rasm.Kapsula bilan o'ralgan
nerv tolachasi. Plastinkasimon (Fater—
Pachin) tanachasi. Oshqozon osti
bezidan tayyorlangan gistologik
preparat. Gemotoksilin-eozin bilan
bo 'yalgan (120 marta kat):
l-oshqozon\)sti bezining ekzokrin qismi;
2-plastinkasimon tanachaning bo'yiga ke-
simi; a-tashqi kolba plastin-kalari; b-ichki
plastinka; 3-plastinkasi-mon tanachaning
ko'ndalang kesimi; 4—plastinkasimon

tP^.,

tanachaga keluv-chi nerv tanasi
(I.V.Almazov va boshqalar).

243
fi

Plastinkasimon kapsula fibroblast hujairalari va sipiral holda joylashgan kollagen tolachalardan hosil bo'lgan. Kapsula bilan kolbaning chegarasida, ya'ni dendritning uchi bilan kapsula ichki chegarasida kontakt bo'lishini ta'minlab turuvchi gliyalardan hosil bo'lgan hujayralar bor. Plastinkasimon tanachaga tekkan har qanday ta'sir tezda nerv uchlariga yetkazib beriladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling