E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet122/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

4. Multipotensial gliya may da hujayra bo'lib, o'zidan talaygina
o'simtalar chiqaradi. Uning boshqa gliya hujayralaridan farqi shundaki,
bu hujayra yuksak darajada tabaqalanish va o'ta ko'payish xususiyatiga
aga. Ayrim vaqtlarda u astrotsit va olegodendrotsit hujayralariga
aylanadi. Bunday hollarda ularning sitoplazmasi qismida shu
hujayralarga xos mikronaychalar, glikogen, neytrofilamentlar, mikro-
struktura elementlari paydo boiadi. Ba'zan esa multipotensial gliya
makrofaglarga ham aylana oladi. Gistokimyoviy usul bilan tekshirishlar
ularda nordon fosfat aktiv bo'lishini, lizosomalar ko'p ekanligini
ko'rsatadi.
Bu o'rinda shuni aytib o'tish kerakki, multipotensial hujayra katta organizmda kam tabaqalanadigan neyrogliya hujayralari qatoriga kiradi. Ular nerv to'qimada regeneratsiya hamda himoya vazifalarini bajarishda ishtirok etadi.
Mikrogliyalar (glial makrofaglar). Organizmning embrional rivojlanishi davrida mezenxima hujayralaridan hosil bo'ladi. Ular nerv to'qimasi tarkibida ko'p tarqalgan bo'lib, qon tomirlar atrofida
249
fagotsitoz vazifasini bajaradi. Ko'pgina o'simtalari yordamida ko'chib yurish xususiyatiga ega, yadrosi yumaloq, xromatin moddasi ko'p. Ko'chib yurganida hujayra shakli o'zgaradi.
Nerv to'qimalarining rivojlanishi va regeneratsiyasi
Nerv to'qimalarining rivojlanishi. Nerv to'qimalari orga-nizmning embrional rivojlanishi davrida ektodermadan hosil bo'ladi, ya'ni dastlabki davrda ektodermaning dorzal qismida kam tabaqalangan, ko'payish xususiyatiga ega hujayralardan nerv plastinkalari hosil bo'ladi. Nerv plastinkalarining chetlari asta-sekin yo'g'onlashib borib nerv naychasiga aylanadi. Silindr shaklidagi hujayralar ko'payishi natijasida nerv naychasi qalinlashib uch qavatga bo'linadi: ichki-ependima qavati, o'rta-mantiya qavati (yoki yopqich qavat), tashqi-chekka vual qavati. Bu qavat asosan oldingi qavat hujayralarining o'simtalaridan tarkib topadi. Ikkinchi va uchinchi qavatlar birinchi qavatni tashkil etuvchi hujayralarning ko'payishi va boshqa joyga ko'chishi natijasida hosil bo'ladi. Bu qavatlar hujayralaridan neyroblast, spoigioblast hujayralari va neyroblast o'simtalari paydo bo'ladi.
Neyronlar hosil bo'lishida dastlab nerv sistemasnning o'zagi deb atalmish neyroblastlar hosil bo'ladi. Neyroblastlarning o'simtalari esa bir tomonga yo'nalib (o'sib) markaziy nerv sistemasi bilan periferik nerv sistemasi o'rtasida impuls o'tkazuvchi «no'l» ga aylanadi. Neyrogliya hujayralari paydo bo'lishida esa oldin spongioblastlardan ependima hujayralari, so'ng oligodendrotsitlar hosil bo'ladi. Oligodendrotsitlar bo'lsa, nerv naychasi tashqarisiga chiquvchi aksonlar tutamiga qo'shiladi. Keyin yalang'och qolgan aksonlar asta-sekin nerv tolalariga aylanadi va xokazo.
Nerv to'qimalarining regeneratsiyasi. Nerv to'qimalari rege­neratsiyasi haqida shuni antish mumkinki, masalan, nerv todasi shikastlansa, shikastlangan joyidan buyog'I degeneratsiyaga uchraydi, ya'ni ajrab qolgan o'simta kesig'I yo'g'onlashib va ingichkalashib, 2-5 kun deganda yorilib bo'lakchalarga bo'linib ketadi. Keyinchalik ko'p o'tmay, bu bo'lakchalar multipotensial gliyalar, leykotsitlar va astrotsitlar ishtirokida fagositoz qilinadi va so'rilib ketadi. Qavat-qavat bo'lib turgan mielin qoldiqlarini esa yuqoridagi hujayralar qamrab oladi. Natijada ular sitoplazmasida ko'plab qavatma-qavat miyelinli tanachalar paydo bo'ladi. Neyronning shikastlangan joyidan buyog'idagi kesik o'simta yemirilayotganda multipotensial glial hujayralar bilan
250

astrotsitlar nobud bo'lmaydi, aksincha, zo'r berib mitotik bo'lina boshlaydi. Nerv tolalarining qoldig'ini hazm qilib bo'lgach, uzun tasma hosil qiladi. Nariroq borib esa mana shu lemmotsit tasmalaridan o'simtalar chiqadi, ulardan esa keyinchalik neyron tanasi bilan bog'lanadigan oraliq o'simtalar hosil bo'ladi. Shikastlangan nerv tolasi o'rnida shu usulda yangi tolalar hosil bo'ladi. Ammo, markaziy nerv sistemasining shikastlangan joyida bunday mitotik bo'linish yuz bermaydi.
Demak, unda regeneratsiya jarayoni bormaydi. Nerv to'qimasining hujayraviy regeneratsiyasi bo'lmasligi, hujayra ichki regeneratsiyasining boiishi uning vazifasiga bog'liqdir. Chunonchi, bosh miya po'stlog'ining yoki orqa miyaning vazifasi atrofdagi va hatto uzoqda joylashgan turli xil organiardagi neyronlar va boshqa to'qima hujayralari bilan muttasil bog'liqdir. Chunki ularda neyron tanasini tomirlar, muskullar, bezlar va boshqa a'zolar bilan tutashtirib turuvchi minglab o'simtalar borki, shu o'simtalar yordamida bosh miya ham, orqa miya ham «xabardor» bo'lib turadi. Bordiyu, hujayralar bo'linishi yo'li bilan regenetratsiya bo'ladigan bo'lsa, mazkur bog'lanishlar buzilib ketgan bo'lur edi. Hujayra ichida regeneratsiya bo'lganda esa neyronlarning bog'lanishi buzilmay qoladi, hujayra ichidagi elementlar esa yangilanadi va hokazo. Nerv to'qimalarining bunday regeneratsiyasi aniqlangach shu vaqtgacha fanda nerv hujayralari ko'paymaydi, hayvonlar embrionida qancha neyron bo'lsa, shuncha neyron bilan yashab o'tadi, degan nazariyaga chek qo'yildi. Yangi tug'ilgan hayvon bolasining ovqat hazm qilish sistemasidagi neyronlar soniga qaraganda voyaga yetgan hayvonlar ovqat hazm qilish sistemasidagi neyronlar soni ancha ortiq bo'lishi hozir fanga ma'lum. Bu ikki yo'l bilan: kam tabaqalangan neyroglial elementlarning yashash mobaynida (tug'ilgandan keyin) neyronlarga aylanishi orqali va tabaqalanib bo'lgan nerv hujayralarining ichki mitotik bo'linishi orqali yuzaga keladi. Hayvonlarning biror organi (masalan, oyoqlari) ning nervi shikastlanishidan harakatdan qolsa yoki sezgisini yo'qotsa va vaqt o'tishi bilan bu holat tiklanishi mana shu nerv hujayralari regeneratsiyasi tufayli sodir bo'ladi. Buni yuqorida nerv tolasi shikastlangandagi degeneratsiya va regeneratsiya hodisasi misolida ko'rib o'tdik.
Shunday qilib, gistologiya hayvonlar (odamlar) to'qimalarining tuzilishini o'rganar ekan, biologiyaning bir tarmog'i sifatida uni to'ldirib turadi, unga asos bo'ladi, poydevor vazifasini o'taydi. To'qimalarning normal patologik holatlardagi tuzilishini yoki o'zgarishini bilish
251
bilangina ularning funksiyasi xususida aniq va to'g'ri hulosa chiqarish mumkin. Binobarin, to'qimalaming mikroskopik, ultramikroskopik va molekular tuzilishini o'rganish, tadqiq qilish va nihoyat ularni funksiyalari bilan bog'lash xozirgi zamon gistologiyasining eng muhim vazifasidir. Shunda biologiyada organizmlarning funksional qonuniyatlarini yana ham chuqurroq tadqiq qilish ishiga xissa qo'shilgan bo'ladi. Chunki to'qimalaming tuzilishi bilan funksiyasi bir-biriga chambarchas bog'langan. Birini bilmaslik, tushunmaslik ikkinchisini rad etish demakdir. Demak, to'qimalaming gistologik tuzilishini bilish bilan ulaming fiziologik jihatlarini ham bilish mumkin bo'ladi.
Darslikni yozishda ana shularga e'tibor berildi. Bundan tashqari, darslikda hayvon organizmi to'qimalarining rivojlanishi, evolutsion rivojlanishining qiyosiy strukturalari, ontogenez va filogenez haqida ma'lumotlar berildi. Epiteliy to'qimasi bilan ichki muhit to'qimalariga, muskul to'qimalari bilan nerv to'qimalariga katta o'rin berildiki, bu gistologiya fani bo'yicha tuzilgan dasturga mos keladi.
252
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ajiivia30B H.B., CyjiTOHOB JI.C. Axnac no racxojiorHH h 3M6pnoJiorHH, M.: «Me^HiXHHa», 1978.
EaSaesa A.r. HMMyHOJiorHHecKHe MexaHH3Mbi peryjnniHH BoccxaHOBHxejifcHbix npoueccoB. M.: «Me,znniHHa», 1972.
EeHflo.ri.Ji R. MbiuiUM, MOjreKyjibi, .OBHaceHHe. M.: «Mnp», 1970.
Bejibui y., UlTpox BojiOKoea O.B., FleKapcKHH M.H. 3M6pHoreHe3 h B03pacxHaa rncxoJiorHH BHyxpeHHnx opraHOB HenoBeKa. M.: «MeflHiiHHa», 1976.
EjiHceeB B.I\, AcjiaiiacteB K).H., Kotobckhh E.
Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling