E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genital tanachalar
- Krauze kolbasi
Meysner tanachasi. Bu ham biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsulaga o'ralgan sezuvchi nerv uchlariga kiradi. Bunga sezuvchi tanacha yoki Meysner tanachasi deyiladi. Tanachada o'ziga nisbatan serpendikulyar holda oligodendrogliya hujayralari joylashgan. Kapsulasi nisbatan yupqa kollagen tolachalardan tashkil topgan. Boshqa tanachalarga o'xshab nerv tolasi tanachaga kirish oldida mielin qavatini yo'qotadi va kapsula ichida o'q silindr tarmoqlanib, gliya hujayralari yuzasidan joy oladi. Bunday sezuvchi tanachalar teri so'rg'ichlari tarkibida uchraydi.
Genital tanachalar jinsiy organlarda, organizmning boshqa joylarida, biriktiruvchi to'qima tarkibida ham uchraydi. Boshqa tanachalardan asosiy farqi shundaki, bunda kapsula tanachasiga odatdagidek bitta nerv tolasi kirmay, balki bir nechta nerv tolasi (2-3 tagacha) kiradi va ko'p miqdorda oxirgi tarmoqlarni hosil qiladi. Krauze kolbasi ko'p tarmoqlangan bo'lib, bu ham tashqi biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsula va uning ichida joylashgan oxirgi sezuvchi tarmoqlarnn o'rab turuvchi neyroglial kolbadan tashkil topgan. Adabiyotlarda yozilishicha, bu tanacha issiq-sovuqni sezishda ishtirok etadi, Skelet muskullaridagi retseptorlar morfologik tuzilishiga ko'ra boshqa nerv uchlariga qaraganda o'ziga xos tuzilishga ega. Ular nerv-muskul duklari deb ham yuritiladi. Ular tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsula bilan o'ralgan bo'lib, ichida bir nechta yo'g'on va ingichka muskul tolalari bor. Bu o'rinda skelet muskullarn o'zining ko'ndalang yo'lli tuzilishini yo'qotgan. Tolachalar orasida o'ziga xos to'qima suyuqligi bo'ladi. Markazda joylashgan har bir muskul tolasi juda ko'p sezuvchi nerv uchlari bilan spiral shaklda chirmashib ketgan. Muskul tolachalarining ayrimlaridagi yadrolar tolaning o'rtasida to'p-to'p bo'lib turadi. Shu xususiyatlarga asoslanib, ular yadrolar xaltachasi deyiladi. Boshqa muskul tolachalarida esa yadrolar tolacha bo'ylab uzunasiga zanjirga o'xshab joylashgan. Dukning kengaygan ko'p yadroli markazini ekvatorial zona deyiladi. Bu yerda yadrolar to'p-to'p bo'lib joylashgan 244 va tolalar uchi dukning qarama-qarshi qutblarida yakunlanadi. Tuzilishi jihatidan ular harakat nervi uchlariga, motor pilakchalariga o'xshaydi. Neyronlararo sinapslar Neyronlararo sinapslar nerv hujayrasi qismlarining bir-biri bilan birikadigan joyi boiib, ular, asosan, uch xil bo'ladi. 1) Aksosomatik sinaps - birinchi neyroning akson o'simtasi ikkinchi somatik neyron tanasi bilan tutashgan joy. 2) Aksodendritik sinaps - bu, birinchi neyron aksoni bilan ikkinchi neyron dekdriti o'simtasi tutashgan joy. 3) Aksoaksonal sinaps. Ikkita akson o'simtasi o'rtasida sodir bo'lib, ma'lum bo'lishicha, bunday sinapslardan qo'zg'atuvchi ta'sir o'tmaydi, ya'ni aksosomatik va aksodendritik sinepslardan o'tgan ta'simi u tormozlab qo'yadi, deb taxmin qilinadi. Sinapslarning shakli har xil bo'lishiga qaramay, ularning morfologik tuzilishi bir-bnriga deyarli o'xshaydi. Aksonning harakatlanadigan uchi qisman kengayadi, ichida esa ko'p miqdorda, har xil kattalikda, ya'ni 400-900 A ga teng pufakchalar paydo bo'ladi. Bularga sinaptik pufakchalar deyiladi. Bu yerda mayda mitoxondriylar ham ko'p uchraydi. O'simtalar o'rtasidagi sinapsda 200 A ga teng keladigan bo'shliq boiib, unga sinapslararo yoriq deyiladi. Unda spetsifik moddalar bo'lib, ularga mediatorlar deyiladi. Ularning vazifasi ta'sirning bir neyrondan ikkinchi neyronga o'tishini ta'minlashdir. Mediatorlar, odatda, nerv uchlaridan ajralib, sinaps bo'shlig'iga o'tadi. Neyronlar tipiga qarab mediatorlar har xil bo'ladi. Xuddi shuningdek, ishlab chiqaradigan mediatorlariga qarab, neyronlar ham har xil bo'ladi: Xolinergik sinaps (atsetilxolin ishlab chiqaradi). Adrenergik sinaps (dofamin, noradrenalin, ya'ni katexolaminlar ishlab chiqaradi). Serotonin - ergik sinaps (serotonin ishlab chiqaradi). 4. Peptiergik sinaps (peptidva aminokislotalar ishlab chiqaradi). Keyingi vaqtlarda bulardan tashqari, boshqa mediatorlar ham borligi aniqlandi, masalan, gistamin, glitsin shular jumlasidandir. Har bir sinapslarda presinaptik va postsinaptik qutblar bo'lib, presinaptik qutbdagi membranalarda yuqorida ko'rsatilgan mediatorlar ishlanib chiqadi. Postsinaptik membrana esa o'ziga xos oqsil modda ishlab chiqaradi. 245 5. Elektrotonik sinaps - bunda nerv hujayralari bir-biri bilan zich birikib, o'rtasida sinaptik yoriq deyarli qolmaydi. 26-§. Neyrosekretor hujayralar Ma'lumki, neyrosekretor hujayralar umurtqali hayvonlardan tashqari, umurtqasizlarda ham uchraydi. Neyrosekretor hujayralar deyilishiga sabab o'zida mukoproteid yoki glikolipoproteid xossasiga ega bo'lgan sekret donachalarini tutgan neyronlardan iborat bo'lishidir. Endilikda ana shunday sekret ishlab chiqaruvchi neyronlar neyrosekretor hujayralar deb yuritiladigan bo'ldi. Ular fiziologik jihatdan neyronlar belgilariga ega bo'lishi bilan birga bez hujayralari xususiyatlarini ham o'zida saqlagan bo'ladi. Binobarin, hosil bo'lgan sekretlar hujayra aksonlari bo'ylab oqib kelib, oxirgi shoxlangan yerda hujayradan chiqadi. Bu o'rinda shuni aytib o'tish kerakki, hujayra mahsulotlari (sekretlar) sinaps yorig'iga emas, balki bevosita qonga yoki miya suyuqligiga o'tadi. Sitoplazma qismida sekret pufakchalari va donachalari bo'ladi. Umurtqali hayvonlarda bunday nerv hujayralari bosh miyaning gipotalamo - gipofizar qismida uchraydi. Hujayralarning sekreti umurtqasiz hayvonlarda metamorfoz va xromotofor vazifalarini bajaradi, ya'ni hujayralarning tashqi rangini belgilaydi. Gipotalamus sohasidagi neyrosekretor hujayralar mahsulotining kimyoviy tarkibiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: peptidergik hujayralar; monaminergik hujayralar. Nomidan ko'rinib turibdiki, birinchisi peptid gormonlar ishlab chiqarsa, ikkinchisi monamin gormonlar - noradrenalin, serotonin, dofamin ishlab chiqaradi. Peptidergik gormonlar ishlab chiqaradigan neyrosekretor hujayralarni ham, o'z navbatida ikkiga bo'lish mumkin: a) visserotrop gormonlar ishlab chiqaradigan hujayralar va b) adenogipofizotrop gormonlar ishlab chiqaradigan hujayralar. Bulardan visserotrop gormonlar visderal organlarga ta'sir qiladi. Bunday gormonlarga: vazopressinlar va ularning gomologlari kiradi. Adenogipofizotrop gormonlar esa adenogipofizning bezsimon hujayralari faoliyatini boshqarib turadi. Bular orasida adenogipofiz hujayralarining bez funksiyalarini kuchaytirib turadigan liberin yoki aksincha susaytiradigan statinlar ham bor. 246 Mo*naminergik gormonlar ishlab chiqaradigan neyrosekretor hujayra]^- D'z neyrogormonlarini asosan gipofiz orqa bo'lagining portal tomir si sstemasiga chiqaradi. Sh^nday qilib, sutemizuvchi hayvonlarning gipotalamik neyro-sekreto*- sistemasi sitologik jihatdan ham, gistologik jihatdan ham nihoyatcJa murakkab differensiyalangan sistemadir. Ular nerv sistemasi bilan l*^m5 endokrin sistemasi bilan ham yaqindan bog'liq faoliyat ko'rsatЈt*di. 27-§. Neyrogliyalar Nfcyrogliyalar nerv to'qimalarndagi yordamchi struktura elemenHari qatoriga kiradi. Ular nerv to'qimalarida tayanch, chegarafab tunsh, gomeostatik, himoya va trofik vazifalarni bajaradi. Organizmning embrional rivojlanishi davrida neyrogliyalar ektodermadan rivojlanadi. Neyrogliya ikkiga boiinadi: makrogliya - gliotsitlar va mikrog-hya - glial makrofaglar (67-rasm). O'z navbatida makrogliyalar bir necha xjjga boiinadi: ependimogliya, astrotsitgliya, multipotensialgliya va oligodendrogliyalar. Makrogliyalar (gliotsitlar) 1 • Astrotsitgliya (astrotsitlar) nerv to'qimasida ko'p bo'ladi va o'ziga xos tayanch vazifasini bajaradi. O'zi mayda boiishiga qaramay, talaygina o'simta chiqaradi. Ular asosan ikki xil: protoplazmatik (plazmatik) va tolali (fibroz) astrotsitlar bo'ladi. ^r-otoplazmatik (plazmatik) astrotsitlar asosan markaziy nerv sistemasining kulrang moddasi tarkibida bo'ladi. Hujayra tanasi yumaloq yg^i ovai bo'lib, sitoplazmasida xromatin moddasi siyrak bo'lgan yadro joylashgan. Astrotsit tanasidan har tomonga ko'plab yo g on, bo 'yiga kalta o'simtalar chiqadi. Sitoplazmasi boshqa hujayralarnikiga nisbatan tiniq, fibrillalari kam. Elektron mikroskop yordamida tekshirishlar sitoplazmasida protofibrillalar tutamlari borlngini ko'rsatdi. Unda donador endoplazmatik to'r kam rivojlangan, lekin mitoxondriy nisbatan kam. Hujayra kiritmalaridan glikogen topilgan. Protoplazmatik astrotsitlar asosan chegaralab turish va trofik vazifalami bajaradi. 247 68-rasm. Neyrogliyalarning mikrosokpik tuzilishi: A-tolali astrotsitning gliya hujayrasi; B-oligodendrogliotsitlar (chap tomonida neyron); V-mikogliya hujayrasi; 1-oddiysi; 2-yumaloq shakldagisi; 3-o'zgaruvchan shakldagisi (E.A.Shubnikovadan). Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling