E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Harakat (effektor) nervi uchlari


Download 1.72 Mb.
bet118/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Harakat (effektor) nervi uchlari
Effektor nerv uchlarini tashkil etuvchi neyronlarga orqa miya bilan bosh miya somatik neyronlarining harakat organlariga tutashgan uchlari kiradi. Ko'ndalang yo'lli muskul tolalaridagi harakat nervi uchlariga nerv-muskul (aksomuskul) sinapslari deyiladi (65-rasm). Aksomuskul sinapslari nerv tolasi uchida va muskul tolasida impulsni qabul qiluvchi o'ziga xos yuza, ya'ni qutb hosil qiladi. Nerv tolalari muskul tolalariga tutashishdan oldin mielin qavatini yo'qotadi, o'q silindr tarmoqlanib, so'ng sarkoplazma ichiga kiradi Muskul tolalari ham shu yerda o'zining ko'ndalang yo'lli tuzilishini yo'qotadi. Bu yerda mitoxondnylar soni ko'p bo'ladi. Sarkoplazma bilan nerv uchlari o'rtasida kichik 50 A ga teng bo'shliq bo'lib, unga sinaps bo'shlig'i deyiladi. Bundan tashqari, muskul tolalari mayda qatlam hosil qilib, ikkilamchi sinaptik bo'shliqlar hosil qiladi.

66-rasnu Harakatga kettiruvchi blyashkaning ultramikroskopik tuzilish sxemasi:
1-iemmotsit (Shvann hujayrasi); 2-lemmotsitning yadrosi;
3-neyrolemma; 4-aksoplazma; 5-aksolemma; 6-sarkolemma
(postsinaptik membrana); 7-nerv o'simtasining mitoxondriysi;
8-sinaptik bo'shliq; 9-nerv tolasining mitoxondriysi; 10-sinaps
pufakchasi; 11-aksolemma (presinaptik membrana); 12-sarkoplazma;
13-muskul tolachasining yadrosi; 14-mioftbrillalar (V.G.Yelisyevdan).
Nerv tolalarining ustini o'rab turgan biriktiruvchi to'qima muskul tolasining ustini o'rab turuvchi biriktiruvchi to'qimaga tutashib ketadi. Aksonlar uchlarining membranasi tarkibida ko'p miqdorda atsetilxolin va noradrenalindan iborat mediatorlar uchraydi. Ular vaqti-vaqti bilan
241
ta'sirga javoban sinaps bo'shliqlariga chiqib turadi. U yerda atsetilxolinestereza fermenti ta'sirida mediatorlar tezda parchalanib, ta'sir qilish kuchi chegaralanib turadi. Shu qisqa vaqt ichida impulslar muskul tolasiga o'tadi va uning harakatini ta'minlaydi.
Silliq muskullardu bu apparat ko'ndalang yo'lli muskullardagiga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Bu yerda ham nerv uchlari muskul hujayralariga tutashishdan oldin mielin qavatini yo'qotadi. O'q silindrlar qisman tarmoqlanib, muskul hujayrasi ustiga tutashadi, lekin sarkoplazma ichiga o'tmaydi. Tutashgan joyida nerv uchlari qisman yo'g'onlashib kengayadi. Bu yerda ham impulsni sinaps bo'shlig'idagi mediatorlar o'tkazadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling