E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet14/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Oqsillar aminokislotalardan tashkil topgan yuqori molekulali organik moddalardir. Tarkibida o'zgarmas nisbatda azot, uglevodlar, vodorod, kislorod, deyarli o'zgarmas nisbatda oltingugurt va ba'zan fosfor uchraydi. Oqsillar hujayra tarkibida protein yoki sut tarkibidagi oddiy albumin hamda qon zardobidagi globulin shaklida uchrashi mumkin. Oddiy oqsillarga ayrim tayanch va mexanik vazifalarni bajaruvchi to'qimalarda uchraydigan, ularning tuzilishida asosiy materia' bo'lib xizmat qiluvchi kollagen, xondrin, keratin oqsillari kiradi. Oqsillar hujayralarda murakkab, ya'ni oqsil bo'lmagan moddalar bilan birikkan holda ham uchraydi. Sunday murakkab oqsillarga yadro tarkibida uchraydigan proteinning nuklein kislotasi bilan birikkan nukleoprotein oqsili, Golji kompleksining mitoxondriysida uchraydigan proteinlarning lipidlar bilan birikmasi bo'lmish lipoproteidlar, ayrim bezlarning sekret mahsulotida uchraydigan proteinning uglevodlar bilan birikmasini hosil qiluvchi glikoproteidlar kiradi. Tarkibida temir bo'lgan gemoglobin va mushaklarda uchraydigan mioglobinlar ham shular qatoriga kiradi. Sitoplazma tarkibida oqsillar parchalanishidan hosil bo'ladigan va yangi oqsillar sintze bo'lishida ishtirok etadigan amiokislotalar ham uchraydi.
Uglevodlar organik birikmalar bo'lib vodorod va kislorod bug'lanishidan hosil bo'ladi. Ular, odatda, organizmda oddiy va murakkab shaklda uchraydi. oddiy uglevodlarga (monosaxaridlarga) glukoza kiradi. Bir necha oddiy uglevodlarning birikishidan murakkab uglevodlar (polisaxaridlar) hosil bo'ladi. Bularga hujayralardagi glikogen va o'simlik hujayralarida uchraydigan kraxmalni misol qilib keltirish mumkin. Uglevodlar fermentlar ta'sirida parchalanib, organizm uchun zarur bo'lgan energiya hosil qiladi. Murakkab uglevodlarga yana biriktiruvchi to'qima va bezlarning sekreti, ya'ni mahsuloti tarkibida
30
uchraydigan mukopolisaxaridlar ham kiradi. Mukopolisaxaridlar hayvon va odam to'qimalarida ko'plab uchraydi. Asosan, ikki xil - kislotali va heytral bo'ladi. Hayvon to'qimalarida ko'proq kislotali mukopolisaxaridlar mavjud. Ularga gialuron kislota, xondroitin, sulfat kislota va geparin kiradi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling