E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Tashqi membrananing tuzilishi


Download 1.72 Mb.
bet18/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Tashqi membrananing tuzilishi. Barcha organ va to'qimalar hujayrasining sitoplazmasini tashqi muhitdan uch qavat: tashqi qavat -qobiq ajratib turadi. Bunga sitolemma yoki plazmolemma ham deyiladi. Uning o'rtacha qalinligi 7,5 nm2 ga teng bo'lib, yorug'lik mikroskopida ko'rinmaydi. Shunga ko'ra uning tuzilishini o'rganish uchun faqat elektron mikroskopdan foydalaniladi. Qobiqning ikkita chetki qavatlari oqsildan tashkil topgan bo'lib, o'rta qavati yog'simon moddadan iborat. Membranasida mayda teshikchalar bo'lib, ular orqali kerakli moddalar hujayra ichiga o'tib, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan chiqindi moddalar tashqariga chiqadi. Membranalar fagositoz va pinositoz qilish xususiyatiga ega zarrachalarni hamda tarkibida har xil moddalar erigan suyuqlik tomchilarini o'rab olib, yemirib yuboradi. Binobarin, hujayra tashqi membranasining fiziologik vazifasi hujayraga kerakli oziq moddalarni o'tkazib, keraksizlarini tashqariga chiqarib, yemirib, hujayra butunligini va hayot faoliyatini ta'minlab turishdan iborat. Membrananing tashqari va ichkariga o'sib chiqqan o'simtalari ham bo'ladi. Ular ana shu o'simtalari, hosil qilgan qatlamlari bilan qo'shni hujayralarga bevosita birikib, ular bilan o'zaro bog'liqligini va mustahkamligini hamda aloqasini ta'minlab turadi. Ichkari tomondan ichki qavat bo'rtib chiqib, yadro qismigacha boradi va faqat sitoplazma bilan emas, balki yadro bilan ham munosabatda bo'ladi.
Hujayra organellalari hujayraning doimiy tarkibiy qismi bo'lib, muayyan tuzilishga ega va muayyan fiziologik vazifani bajaruvchi qismi organella deyiladi. Organellalar umumiy va maxsus organellalarga bo'linadi. Umumiy organellalarga: mitoxondriy, sitoplazmatik (endo-plazmatik) to'r, ribosoma, Golji kompleksi, lizosoma, mikronaycha, sentrosoma, peroksisoma va plastidalar kirsa, maxsus organellalarga topofillar, miofibrillalar, neyrofibrillalar, kiprikchalar, mikrovorsinkalar kiradi (4-rasm).
33

4-rasm. Hujayraning elektron mikroskopda ko'rininshi (sxema):
1 - hujayra membranasi; 2 - sitoplazma; 3 - endoplazmatik to'r;
4 -Golji kompleksi; 5 - sentriola; 6 -mitoxondriy; 7 - yadro; 8 - yadrocha; 9 - yadro shirasi; 10 - yadro qobig'i; 11 - lizosoma; 12 - pinositoz pufakcha.
Sitoplazmatik (endoplazmatik) to'r. Hujayra sitoplazmasida joylashgan kanalchalar sistemasi vakuolalar va sistemalardan iborat murakkab tuzilma bo'lib, sitoplazmatik membrana bilan qoplangan. Sitoplazmatik to'r hayvon va o'simliklar hujayrasi, shuningdek, bir hujayrali sodda organizmlarda bo'lib, tuxum hujayrasi bilan yadrosi bo'lmagan eritrositlarda uchramaydi. Sitoplazmatik to'r donador (granular) va donasiz (agranular) bo'ladi. Donadorlarining membranasida mayda donador shaklda ribosomalar bo'ladi. Donasizlarida esa ribosomalar bo'lmaydi. Donador sitoplazmatik to'r hujayrada oqsil va fermentlarni sintez qilishda ishtirok etsa, donasizlari lipidlar va polisaxaridlar sintezini ta'minlaydi. Sitoplazmatik to'rning murakkab tuzilishini faqat elektron mikroskopda o'rganish mumkin. Hujayraning fiziologik holatiga bog'liq ravishda sitoplazmatik to'r elementlari to'q va och rangda bo'lishi mumkin.
Endoplazmatik to'r hujayra organoidi sifatida faqat oqsil, lipid va uglevodlarni sintez qilishda ishtirok etmasdan, balki hujayrada sodir bo'ladigan harakatlarni ham ta'minlaydi.
O'rni kelganda shuni ham aytish kerakki, sitoplazmatik to'r juda ta'sirchan va o'zgaruvchan organella bo'lib, har xil ta'sir natijasida
34
vakuolalari shishib, naychalari parchalanib ketishi mumkin. Ularning bunday struktura o'zgarishlari ayrim kasalliklarda aniq-ravshan kuzatiladi va ularga diagnoz qo'yishda juda qo'l keladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling