E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Siyrak biriktiruvchi to'qimaning hujayralararo moddasi
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kollagen tolachalar
- 36-rasm. A- kollagen tolachalaming tuzilish shemasi
Siyrak biriktiruvchi to'qimaning hujayralararo moddasi
Siyrak biriktiruvchi to'qimaning hujayralararo moddasi kollagen elastik, retikular tolachalardan va amorf moddalardan tashkil topgan. Bularning hammasi to'qima hujayralarining mahsuloti hisoblanadi. Organizmda ular doimo sarflanib, doimo o'rni to'Iib turadi. 1. Kollagen tolachalar uzoq vaqt suvda qaynatilsa, oldin shishadi, so'ng yorib yelimga o'xshash moddaga aylanadi. Kollagen tolachalar 163 uncha cho'ziluv-chanlik xususiyatiga ega bo'lmasa ham, lekin juda pishiq bo'ladi. Suvda qaynatilganida umumiy hajmiga qaraganda 50% ga bo'rtib ketadi. Suyultirilgan kislota yoki ishqorga solib qo'yilganida undan ham ko'p, ya'ni 550% ga bo'rtib ketadi. Kollagen tolachalar faqat siyrak biriktiruvchi to'qimada emas, balki tog'ay va suyak to'qimalarida ham ko'plab uchraydi. Tog'aydagisi xondrin, siyak to'qimadagisi ossein tolalari deyiladi. Tolalar har xil uzunlikda bo'lib, diametri 1-15 mk atrofida. Mikroskopda yaxshi ko'rinadi. To'qimada har tomonga yo'nal-gan, tartibsiz holda joylashib, to'rsimon shakl hosil qiladi. Boshqa tolachalarga nisbatan yo'g'onroq, hamma vaqt to'lqinsimon bo'lib joylashadi. Chuqur o'rganish shuni ko'rsatdiki, kollagen tolachalar diametri 1-3 mk keladigan mayda ipsimon fibrillalar yig'indisidan tashkil topgan (36-rasm). Ular o'zaro glikolez, aminoglikan va proteoglikan moddalar yordamida yopishgan bo'ladi. Tolachalaming yo'g'onligi ularning ichidagi fibrillalarning soniga bog'liq. Fibrillalar 36-rasm. A- kollagen tolachalaming tuzilish shemasi: B -kollagen makromolekulasining spiral strukturasi (Rich bo'yicha); kichik oq doiralar-glitsin, yirik oq doiralar-prolin. Shtrihlangan doira- gidrospiralin: I - polipetid zanjir; II - kollagen molikulalari (tropokollagen); III - protofibrillar; IV - ko'ndalang chiziqli ko'rinadigan eng ingichka fibrillalar; V - kollogen tola (V.G. Eliseyevdan). 164 o'zi shohlanmaydi, lekin tolachalari shohlanishi va ajrab chiqishi mumkin. Elektron mikroskopda o'rganish shuni ko'rsatdiki, fibrillalar undan ham mayda kollagen oqsil molekulalaridan iborat protofibrillalardan tashkil topgan. Ularda navbatma-navbat bir xil takrorlanuvchi oqish va qoramtir chiziqlar borligi aniqlangan. Ularning takrorlanish oralig'i 640 A ga teng. Kollagen tolachalarning kimyoviy tarkibi yaxshi o'rganilgan. Tolasidan ajratib olingan kollagen oqsli, ya'ni tropokollagen 280 mk uzunlikda va 1,4 mk kenglikda bo'lib, bir-biri bilan bog'langan uchta yarim peptidlardan tashkil topgan zanjirdan iborat. Har bir zanjir (prolin- glitsin - oksiprolin) aminokislotalardan iborat. Aminokislota-larning o'rin almashinib turishiga qarab hozirgi vaqtda 4 xil kollagen borligi aniqlangan. Birinchi xil kollagen haqiqiy biriktiruvchi to'qi-mada, suyakda, ko'zning shox pardasida, tish bog'lamlarida uchraydi. Ikkinchi xili gialin va tolali tog'ay tarkibida, uchinchi xili embrion terisining derma qavatida, qon tomirlarda, retikula tomirlarida, to 'rtinchi xili bazal membrane bilan ko'z gavhari kapsulasida uchraydi. Har bir kollagen aminokislotalarining tarkibiga qarab bir-biridan farq qiladi. Glikoprotein moddasi esa kollagen tolachalarni bir-biriga yopish tirib turadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling