E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Siyrak biriktiruvchi to'qima hujayralari


Download 1.72 Mb.
bet81/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Siyrak biriktiruvchi to'qima hujayralari
Siyrak biriktiruvchi to'qima hujayralariga: fibroblastlar, gistotsitlar, plazmatik hujayralar, semiz hujayralar (labrotsitlar), pigment, adventitsial hujayralar va qon tomirlardan migratsiya yo'li bilan tashqariga chiqadigan ayrim leykotsitlar kiradi.
1. Fibroblastlar siyrak biriktiruvchi to'qima tarkibida hamisha boiadi. Tashqi tuzilishi jihatidan aniq konturga ega emas, yirik uzunchoq hujayra bo'lib, markazida yumaloq yoki ovalsimon xromatinning kamroq yadrosi bor. Yadrosi ichida 2-3 dona yadrochasi bo'ladi. Hujayraning bir nechta protoplazmatik o'simtalari ham bor. Hujayra sitoplazmasi tuzilishiga qarab ikkiga bo'linadi. Uning tashqi, ya'ni periferik qismi ektoplazma-suyuqroq, gomogen holda bo'lib, bo'yoqlarga j-uda sust bo'yaladi. Shuning uchun preparatlarda yaxshi ko'rinmaydi. Faqat maxsus ishlov berilganidagina uni yaxshi ko'rish mumkin. Fibroblast yadrosining atrofida joylashuvchi sitoplazmasi, ya'ni entoplazma quyuqroq tuzilishga ega bo'lib, bo'yoqlarda yaxshi bo'yaladi va mikroskopda aniq ko'rinadi. Hujayra organoidlari: mitoxondriy, endoplazmatik to'r, Golji kompleksi va hujayra markazi endoplazma qismida joylashadi (37-rasm). Endo - va ektoplazmaning nisbiy miqdori har xil bo'lishi mumkin. Bu, asosan, hujayraning yoshiga, vazifasiga va turiga bog'liq. Shakli esa ularning uchraydigan joyiga qarab o'zgarib turadi. Yosh fibroblastlar doimo mitoz yo'l bilan bo'linib turadi va qarishi bilan bu xususiyatini yo'qotadi. Hujayra qarishi bilan uning ektoplazmasi kamayib boradi, hajmi kichiklashadi, yadrosi hujayra shaklini egallay boshlaydi. Bo'yoqlarda yaxshi bo'yaladigan bo'lib qoladi. Hujayralarning bunday ixtisoslashgan shakli fibrotsit deb yuritiladi.
168

37-rasm. Fibroblast hujayrasining elektron mikrofotogrammasi (18
000 marta kat.):
1-fibroblast yadrosi; 2-mitoxondriy; 3-endoplazmatik to'r; 4—kollagen
tolacha (Rossdan).
Fibrotsitlar, bu fibroblast hujayralar rivojining so'nggi bosqichida hosil bo'ladigan hujayralardir. Keyingi vaqtlarda elektron mikroskop yordamida o'rganish shuni ko'rsatadiki, fibroblast hujayralar sitoplazmasida, ayniqsa, uning protoplazmatik o'simtalarida (psevdopodiyalarida) diametri 60-70°A ga teng mayda ipsimon mikrofibrillalar bo'lar ekan. Ular hujayralar harakatini ta'minlab turadi. Bundan tashqari, diametri 250°A ga teng mikronaychalar ham topilgan. Fibroblastlaming vazifasi suyak biriktiruvchi to'qimada juda katta. Ular asosiy modda va tolachalar yaratilishida ishtirok etadi. Har xil kasallik holatlarida, masalan, yallig'lanishda, operatsiyadan so'ng jarohat bitishida yangi to'qima hosil qilib turadi. Agar organizmga yot moddalar (temir parchalari, miltik o'qi va boshqalar) kirib qolsa, uning atrofida fibroz to'qima hosil boiib, uni o'rab boshqa organlardan ajratib oladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling