E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Fibroz membrana (plastinka)ga fassiya, aponevrozlar, diafragmaning payli qismlari, ichki organlar kapsulalari, tog'ay va suyak ustki pardasi, moyak va tuxumdonning oqsil pardasi kiradi. Bu to'qimada kollagen tutamlardan tashqari, elastik tolachalardan tashkil topgan tutamlar ham uchraydi. Fibroz membranadagi kollagen tutamlar aytarli cho'zilish xususiyatiga ega emas. Tolalar bir-biriga nisbatan parallel joylashgan bir necha qavat hosil qiladi. Ular qisman to'lqin-simon holda joylashgan. Tutam tolalari ayrim organlarda qiyshiq holda joylashib, bir tutamdan ikkinchi tutamga o'tib turishi mumkin. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratish qiyin. Tolalar va tutamlarning oralig'ida fibroblast va ko'prok fibrosit hujayralar joylashadi. Elastik tolachalardan tashkil topgan tutamlar suyak ustki pardasida, tuxumdon va urug'donning oq pardasida bo'g'imlar kapsulasida uchraydi. Ko'p organlarda fibroz membranalar yuqdri va pastki qavatdagi tutamlarga bevosita o'tib qo'shilib ketishi mumkin.
Plastinkasimon biriktiruvchi to'qima fibroz membrananing bir turi bo'lib, ayrim ichki organlar devorida yoki ularning ustki qoplamida uchraydi. Nerv o'zini qoplab turuvchi to'rsimon parda (perinevrit)da yoki urug'donning egri-bugri kanalchalari devoridagi zich biriktiruvchi to'qima tarkibida bo'ladi. Plastinkasimon biriktiruvchi to'qimani mikroskopda ko'rilganda ko'proq uzunasiga, ayrim organlarda ko'ndalang yoki tartibsiz joylashgan kollagen tolachalardan tashkil topganligi, ular orasida o'simtali fibroblast hujayralar borligi ko'zga tashlanadi. Bundan tashqari, plastinkalar o'rtasida makrofaglar ham uchraydi. Ayrim 185 organlarda tolalar oralirida oraliq modda va silliq muskul hujayralari ham uchrashi mumkin. Elastik biriktiruvchi to'qima odamda va sutemizuvchilarda asosan, bo'yin va ovoz bogiamlarida uchraydi. Bu to'qimalarning mikroskopik tuzilishi kollagen tolachalardan tashkil topgan zich bnriktiruvchi to'qimaga o'xshagan boiadi. Asosiy farqi struktura elementlarining asosini bir-biriga parallel holda joylashgan elastik tolalar tashkil etadi. Elastik tolalarning atrofini g'ovak biriktiruvchi to'qima o'rab, ularni bir-biridan ajratib turadi. Oralarida ayrim kollagen tolalar ham uchrashi mumkin. Bog'lamchalar hosil qilib tuzilish elastik biriktiruvchi to'qimada uchramaydi. Elastik tolalar orasida fibrotsit hujayralar joylashadi. To'qimaning ko'ndalang kesimida elastik tolalar ba'zan yirik-mayda guruhlar hosil qilib joylashgani ko'rinadi. Ular orasida esa siyrak biriktiruvchi to'qima ko'rinadi. To'qimada elastik tolalar ko'p bo'lganligi sababli sariq rangga bo'yalib ko'rinadi. To'qimalarning asosiy vazifasi uchraydigan organlarning elastik holatini ta'minlashdan iborat. Asosan, doimiy harakatda bo'lib turadigan organlar devorida uchraydi. Masalan, yirik arteriya devorida, aorta, o'pka arteriyalarida va hokazo. Bu yerda, asosan, to'rsimon darchalar hosil qilib tuzilgan bo'ladi, bunday qavat organlarning katta yoki kichikligiga va ulardagi bosimning kuchiga qarab bir necha membranalarni tashkil etishi mumkin. Membranalar orasida silliq muskul hujayralari va mukoid moddalar uchraydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling