E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Tog'ay to'qimasi hujayralari


Download 1.72 Mb.
bet92/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Tog'ay to'qimasi hujayralari. Tog'ay to'qimasi hujayralari tuzilishi va vazifasiga ko'ra xondrotsit va xondroblastlarga bo'linadi.
*$&& W0$i

189











46-rasnu Tog'ay to'qimasi: A-gialin tog'ay; kekirdakdan tayyorlangan. Gemotoksilin-eozin bilan bo 'yalgan (200 marta kat):
A-gialin tog'ay, kekirdakdan tayyorlangan. Gemotoksilin-eozin bilan
bo'yalgan (200 marta kat.):l-tog'ay ust pardasi; 2-yosh tog'ay
hujayralari zonasi; 3-tog'ay hujayralari; 4-izogen guruhlar;
5-hujayralararo modda. B-elastik tog'ay, quloq suprasidan tayyorlangan
Gemotoksilin-eozin bilan bo'yalgan (200 marta kat.): 1-elastik tolacha;
2-tog'ay hujayralari. C-tolali tog'ay, umurtqalararo diskdan
tayyorlangan. Gemotoksilin-eozin bilan bo'yalgan (200 marta kat.): 1-
kollagen tolachalar; 2-tog'ay hujayralar.
Xondrotsit tog'ay to'qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Odatda, yumaloq yoki ovalsimon shaklda bo'lib, tashqi yuzasi notekis, hujayra yuzasida mikrovorsinalarga o'xshash o'simtalar bor. Har bir tog'ay hujayrasi yoki bir nechta hujayradan tashkil topgan bir guruh hujayralar to'qimaning oraliq moddasida hosil bo'Igan bo'shliqlarda joylashadi. Tog'ay hujayralarining bitta bo'shliqda hosil qilgan guruhi izogen guruh deyiladi. Odatda, bunday guruhlar bitta hujayraning ko'payishi natijasida hosil bo'ladi. Har bir tog'ay hujayrasida bittadan^ ayrimlarida ikkitadan yadro bo'lib, bu yadrolar ichida bo'yoqlarga yaxshi bo'yaladigan bitta yoki ikkita yadrocha bo'ladi.
Elektron mikroskopda hujayra sitoplazmasida mitoxondriy, donador endoplazmatik to'r va yaxshi rivojlangan Golji kompleksini
190
ko'ramiz. Yosh tog'ay hujayralarida mitoxondriylarning soni odatda ko'p bo'ladi, boshqa organoidlarning shakli ham aniq ko'rinadi. Hujayralar qarib borgani sari mitoxondriylarning soni kamayib, organoidlarning shakli ko'rinmaydigan bo'lib boradi. Hujayralarda sodir bo'ladigan bunday jarayon regressiv o'zgarish deyiladi. Buning oqibatida hujayraning fiziologik vazifasi ham ancha pasayadi. Tog'ay hujayralarining kimyoviy tuzilishini tadqiq qilish uning tarkibida glikogenlar, lipidlar, fermentlar, ya'ni ishqoriy fosfataza, lipaza va oksidaza fermentlari borligini ko'rsatadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling