E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet95/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Elastik tog'ay to'qima boshqa tog'aylarga nisbatan kam tarqalgan, lekin organizm uchun muhim bo'lgan organlarda uchraydi, ayrimlarining esa skeletini hosil qiladi. Sutemizuvchi hayvonlarda elastik tog'ay quloq suprasi hamda kekirdakning cho'michsimon va no'xatsimon tog'ay plastinkalarini tashki etadi. Shu bilan birga, tashqi quloq yo'li, quloq nayi va eshitish nayining skeleti qurilishlda material bo'lib xizmat qiladi. Yangi fiksatsiya qilingan elastik tog'ay sarg'ish bo'ladi.
Gistologik tuzilishiga ko'ra, u gialin tog'ayga o'xshaydi. Tashqi tomonidan tog'ay ustki parda bilan qoplangan. Tabaqadangan yosh tog'ay hujayralar, xondrotsitlar yuqoridagi tog'ayga o'xshab hujayra kapsulalarida bittadan yoki bir nechtadan guruh hosil qilib joylashadi.
Elastik tog'ayning boshqa tog'aylardan asosiy farqi hujayralararo moddasida kollagen tolachalardan tashqari ko'p miqdorda elastik tolachalar bo'lishidir. Ular to'qimani egiluvchan qiladi. To'qimaning tog'ay ustki pardasiga yaqin joylashgan elastik tolachalar hech qanday chegarasiz, to'siqsiz hamisha bir-biriga o'tib turadi. Elastik tog'ayning tarkibiy tuzilishidagi asosiy farq bunda oqsillar glikogen va xondroitin-sulfatlar kam uchraydi, kalsiy tuzlari hech qachon yig'ilmaydi. Shuning uchun, hamma vaqt elastiklik xossasini saqlab turadi.
Tolali tog'ay to'qimasi umurtqa pog'onalari orasidagi tog'ay disklarni hosil qiladi. Zich biriktiruvchi to'qimaning gialin tog'ayga o'tish qismida (pay va bog'lamlar tarkibida) bo'ladi. Sonning yumaloq bog'lamchasi ham tolali tog'aydan tashkil topgan. Tolali tog'ay mikroskopik tuzilishiga ko'ra gialin tog'ayga o'xshaydi. Ularning asosiy farqi shundaki, hujayralararo moddadagi kollagen tolachalar gialin tog'ayda to'rsimon shaklda bo'lsa, tolali tog'ayda bog'lamchalar hosil
194

qilib joylashadi. Tog'ay hujayralari bu yerda ham bittadan yoki izogen guruhlar hosil qilgan holda uchraydi. Hujayra sitoplazmasida vakuolalar nisbatan ko'p. Tolali tog'ay biriktiruvchi to'qimaga yaqinlashgani sari tarkibiy tuzilishi o'zgarib, paylarning tuzilishiga o'xshab boradi. Tog'ay to'qimasi bilan biriktiruvchi to'qima chegarasida ovalsimon yoki yumaloq tog'ay hujayralari, xondrotsitlar asta-sekin shaklini o'zgartirib yassilashib boradi va u ham biriktiruvchi to'qima hujayralariga o'xshab joylashadi. Tog'ay to'qimasining hujayralararo moddasidagi odatda ko'rinmaydigan kollagen tolachalar birik-tiruvchi to'qimaga yaqinlashgani sari bogiamchalar shaklida ko'rina boshlaydi.
Shunday qilib, tolali tog'ay gialin tog'ay bilan biriktiruvchi to'qima o'rtasidagi oraliq to'qimani tashkil qiladi. Binobarin, tolali tog'aylarda kollagen tolachalarning spetsifik, ya'ni uzunasiga va ko'ndalangiga joylashgan bo'lishi to'qimaning qattiqligini, og'ir bosim ostida ezilmasligini va yirtilmasligini ta'minlaydi.
Tog'ay ustki pardasi-perixondriy. Tog'ay ustki pardasi zich biriktiruvchi to'qimadan tarkib topgan bo'lib, organizmdagi tog'aylar ustini qoplab turadi. Uning tarkibiy qismi, asosan, kollagen va elastik tolachalardan va ular orasida joylashgan duksimon shakldagi fibroblastlarga o'xshagan hujayralardan iborat. Mikroskopik tuzilishi yaqqol chegaraga ega emas, ikki qavatdan tashkil topgan: 1) tashqi (qattiq) atrofdagi to'qimalarga bevosita tutashib ketgan qavat; 2) ichki (yumshoqroq) qavati. Bevosita tog'ay to'qima ustiga yopishib turadi, unga xondrogen qavat ham deyiladi. Mana shu xondrogen qavat hujayralari ko'payib tog'ay to'qimani o'stiradi. Tog'aydagi regeneratsiya jarayoni ham shu vaqtda sodir boiadi. Xondroblast bo'linishi natijasida xondrotsitlar hosil bo'ladi. Kollagen va elastik tolachalar hech qanday chegara hosil qilmasdan to'qimaning hujayralararo moddasiga qo'shilib ketadi. Perixondriyda qon tomirlari bilan nerv tolalari ko'plab uchraydi.
Tog'ay to'qimaning rivojlanishi va regeneratsiyasi
Tog'ay to'qimasining rivojlanishi o'rganilar ekan, ikki narsaga: to'qimalarning embrional va postembryonal davrdagi rivojlanishiga va hujayralararo moddalar bilan amorf moddalarning hosil bo'lish jarayoniga ahamiyat berish kerak. Tog'ay to'qimaning rivojlanishida ikkalajarayon deyarli baravar kechadi.
195
Tog'ay organizmning embrional rivojlanishi davrida mezenxima hujayralaridan kelib chiqadi (47-rasm). Organizmning bunday tog'ay hosil bo'ladigan qismlarida mezenxima hujayralari asta-sekin o'zgara boshlaydi. Dastlab hujayralar shaklini o'zgartiradi, o'simtalari yo'qoladi, so'ng ko'payadi. Hosil bo'lgan hujayralar asta-sekin ovalsimon yoki yumaloq shaklga aylanadi, bir-biriga yaqinlashadi, ularning sitoplazmasida ham bir yo'la o'zgarish bo'ladi. Mezenxima to'qimaning shunday qismlariga skeletogen pushtlar yoki skeletogen to 'qima deyiladi.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling