E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Xondroblast kam tabaqalangan yosh hujayra bo'lib, shakli yassi, o'rtasida bitta yadrosi bor. Tog'ayning ustki pardasiga yaqin joylarda ko'p uchraydi. Xondroblast doim ko'payib turish xususiyatiga ega. Ko'payishi natijasida yangi tog'ay hujayralari-xondrotsitlar hosil bo'ladi. Natijada tog'ay periferik qismiga qarab o'sadi. Togayning bunday o'sishiga periferik (oppozitsion) o'sish deyiladi. Xondroblastlarning ikkinchi xususiyati hujayralararo modda - kollagen hosil bo'lishida aktiv ishtirok etishidir. Kollagen hujayralararo modda bo'lib, uning tarkibida tropokollagen, elastin va tog'ayning asosiy moddasi uchraydi. Xondroblast sitoplazmasida RNK ko'p, hujayra organoidlari ham yaxshi rivojlangan.
Tog'ay to'qitnaning hujayralararo moddasi. Tog'ay to'qimaning hujayralararo moddasi kollagen (xondrin) va kamroq uchraydigan elastik tolalardan hamda asosiy amorf moddadan tashkil topgan. Xondrin tolachalari kimyoviy tuzilishiga ko'ra biriktiruvchi to'qima tarkibida uchraydigan kollagen tolachalarga o'xshaydi. Mikroskopda oddiy nur yordamida ko'rinmaydi, uni ko'rish uchun tripsin, bariyli suv bilan impregnatsiya qilish kerak. Shunda tolachalarning to'rsimon shaklda joylashganligi yaxshi ko'rinadi. Tog'ay to'qimasinnng asosiy amorf moddasi protein va uglevoddan tashkil topgan. Ular bir-biri bilan mustahkam birikishi natijasida tog'ayning asosiy moddasi-xondramukoid birikmasi hosil bo'ladi, ya'ni bunda xondroitin sulfat kislota oqsil bilan birikadi. Gistologik preparatlarda xondrontin sulfat kislota asosiy bo'yoqlarga bazofil, ya'ni to'q bo'yaladi. Kollagen tolachalar oksifil, ya'ni ancha och bo'yaladi. Tog'ay to'qimasi tarknbida tolachalar va xondromukoid modda notekis joylashganligi uchun bo'yalishi ham turlicha bo'ladi. Tog'ay hujayralari va izogen guruhlarining atrofida xondromukoid ko'p bo'lib, to'qimaning boshqa joylariga nisbatan bo'yoqarga bazofil, ya'ni to'q 191 bo'yaladi. Xondromukoid moddalarning to'qimada notekis joylashishi yoki o'tgan organizmda ro'y-rost ko'zga tashlanib turadi. Bunday jarayon natijasida to'qima pishiqligini yo'qotadi. Keyinchalik uning ichki qismlarida, ya'ni oziq modda yetib borishi qiyin joylarda kalsiy tuzlan yig'ilib, to'qimani yanada mo'rt, sinuvchan qilib qo'yadi. Bu to'qima elastikligini yo'qotadi, degan so'zdir. Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, tog'ay to'qimalari tarkibiy tuzilishi bilan ajralib turadi. Xuddi shuning uchun ham tog'ay to'qimasi gialin tog'ay to'qima, elastik tog'ay to'qima, tolali tog'ay to'qimalarga bo'linadi. Ularning uchchalasi ham mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishiga ko'ra bir tipdagi hujayralardir. Biroq hujayralararo moddalarni bir-biridan farq qiluvchi o'ziga xos xossalarga ega. Ularning ana shu xususiyati tog'aylarni bo'lib o'rganishni taqozo etadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling