E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet90/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Retikular to'qima biriktiruvchi to'qimalar qatoriga kirib, to'rsimon tuzilishga ega. Asosan, retikula hujayra va retikula tolachalaridan tashkil topgan (43-rasm). Hujayralari tolachalari bilan birikkan holda bo'lib (44-rasm), tolalar tartibsiz yo'nalishdagi organlar asosini tashkil etadi. Qizil ilik va limfa tugunlarida hamda ichakning shilimshiq, qavatida, buyrakda va boshqa organlarda retukular tola asosini kollagen mikrofibrillalar tashkil etgan bo'lib, ustini murakkab uglevod moddalar qoplab turadi. Shuning uchun, bu tolacha osmiy kislotani o'ziga yaxshi singdiradi. Retikular to'qima bor joyda o'tayotgan mikroblami tutib, ya'ni makrofaglarga aylanib fagotsitoz qilish va ularga qarshi antitela ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Odatda, retikular to'qima tarkibida (limfa tuguni misolida ko'rsak) limfotsitlar ko'p bo'lganligi tufayli retikular tola va hujayra yaxshi ko'rinmaydi.
186

43-rasm. Mushuk ichak tutqichi limfa tugunidagi retikulyar biriktiruvchi to 'qima:
1-retikulyar tolalar; 2-retikulyar hujayra yadrosi.

44-rasm. Retikula tolasi va hujayrasining o'zaro bog'lanishi:
1- retikula hujayra yadrosi; 2-retikula hujayrasining sitoplazmatik
o'simtasi; 3-retikula tolacha; 4-mitoxondriy; 5-endoplazmatik to'r
(Sem va Klarkdan).
Shuning uchun kesmada limfotsitlar yo'q yoki kam joylarni topib, katta obyektivda kuzatish mumkin.
Yog' to'qimasi hayvonlar organizmida uchraydigan biriktiruvchi to'qima qatoriga kiradi. Yog' to' qimasi hujayra va uning sitoplaz-masining yog' kiritmalaridan iborat (45-rasm). U parchalan-ganda (yonganda) ko'plab energiya hosil bo'ladi. Yog' organizmda faqat energiya manbai bo'lib qolmay, balki undan suv ham ajrab chiqadi. Demak, yog' to'qimasi organizm uchun faqat oziq va energiya manbai hisoblanmay, suv manbai ham hisoblanar ekan. Organizmda suv yetishmasa, uning erishi tezlashadi. Yog'ning tarkibi atrofmuhitga va iste'mol qilinadigan ovqatga bog'liq. Echki va cho'chqalardan tashqari, deyarli hamma hayvonlarning yog' to'qimasi tarkibida karatinoid pigmenti bo' lib, yog'ga sariq rang berib turadi. Organizm qarishi bilan uning sarg'ayishi kuchayib boradi. Umurtqali hayvonlarda ikki xil - oq va qo'ng'ir rang yog' to'qima bo'ladi.
187
Oq yog' teri ostida, qorin devorida va dumba hamda charvida ko'p yig'iladi. Yog' tomchilari siyrak biriktiruvchi to'qima orasidagi hujayralarda to'plana boshaydi. Boshqa to'qima hujayralarini surib chetlatib qo'yadi. Bu to'qima orasida kollagen, elastik tolachaiar va qon

45-rasm. Yog' to'qimasi (charvidan tayyorlangan, 200 marta kat):
1-yog' hujayralari; 2-yog' hujayralariningyadrosi; 3-yog' hujayralarining sitoplazmasi; 4-charvi tutqichi (I.V.Almazov va
boshqalar).
tomiriar bor. Oq yog'ning miqdori iste'mol qilinadigan ovqat tarkibiga bog'liq. Kam ovqat qabul qilinganida, ya'ni odam ochiqib yurganida yog' erib, hujayra yana dastlabki holiga qaytadi.
Qo 'ng 'ir yog' to 'qima yosh bolalarda va qishda uzoq vaqt uyquga ketuvchi ayrim umurtqali hayvonlarda uchraydi. Bularda yog' bo'yin qismida, umurtqa pog'onasi bo'ylab va kuraklar o'rtasida uchraydi. Tuzilishi jihatidan mayda yog' hujayralaridan tashkil topgan. Bu bilan u bez hujayralariga o'xshaydi. Har bir hujayra kapillar tomiriar to'ri bilan o'ralib turadi. Organizmda moddalar almashinuvida aktiv ishtirok etadi. Oq yoqqa nisbatan 20 marta ko'p energiya beradi. Bu yog' to'qima qushlarda ham topilgan.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling