E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6
Suyak to'qimasining hujayralararo moddasi
Download 1.72 Mb.
|
2 5188641203070962777
Suyak to'qimasining hujayralararo moddasi
Hujayralararo modda struktura tuzilishiga va tarkibiy komponentlariga ko'ra tog'ay to'qimasining oraliq moddasiga deyarli o'xshaydi, ya'ni hujayralararo moddaning tarkibi suyakning asosiy moddasi bo'lgan ossiomukoid tolachalar va har xil anorganik tuzlardan iborat. Ossein yoki ossiokollagen nomi bilan ataluvchi tolachalar siyrak biriktiruvchi to'qima tarkibidagi kollagen tolachalarga o'xshaydi va suyak to'qimasining 20-40% ni tashkil etadi. Osseomukoid ham tog'ayning asosiy moddasi-xondromukoidga o'xshaydi. Asosan, glukoproteidlardan, ya'ni oqsillarning uglevodlar bilan birikishidan hosil bo'lgan hamda gidratlangan nordon sulfatlangan mukopolisaxaridlardan tashkil topgan. Suyak to'qimasi nihoyatda qattiq bo'lishiga qaramasdan tarkibida nisbatan ko'p miqdorda suv bo'ladi. Aniqroq qilib aytganda, mazkur to'qimaning 50% ni suv, 15,7% ni yog', 12,45% ni organik moddalar va 21,85% ni har xil tuzlar tashkil qiladi. Suyak to'qimasining qattiq bo'lishiga asosiy sabab uning tarkibida kollagen (fibril) va mineral tuzlarning ko'pligi hamda ular birikmasining mustahkamligidir. Agar to'qima tarkibidagi anorganik moddalar (masalan, kalsiy tuzi) dekalsinatsiya usulida eritib ajratib olinsa, unda to'qimaning gistologik tuzilishini saqlab turuvchi organik birikmalarning o'zigina qoladi. Natijada, suyak qattiqlik xususiyatini yo'qotib, yumshoq tortib qoladi. Odatda, suyak to'qimadan gistologik preparat tayyorlashda uning shu xususiyatidan foydalaniladi. Chunonchi, bir parcha suyak bo'lakchasi 5% li sulfat kislotaga 8-24 soat mobaynida solib qo'yilsa, yuqorida ta'riflangan hodisa ro'y beradi. Suyak to'qimasini kuydirish yo'li bilan tarkibidagi organik moddalar ajratib olinsa, u holda suyak o'z shaklini saqlab qoladi, lekin mo'rt bo'lib qolib, oson maydalanib ketadi. Tajribalardan ham ko'rinib turibdiki, suyak to'qimasining qattiqligi faqat organik va anorganik moddalarning o'zaro birikishidan yuzaga kelar ekan. Suyak to'qimasida kollagenlashgan protofibrillalar (ya'ni fibrillalarning asosini tashkil etuvchi elementlar) har xil yo'nalishda joylashgan bo'ladi. Masalan, ular hujayralaming atrofida tartibsiz holda 200 joylashgan bo'lsa, atrofidagi kalsiy tuzlari ko'p joylarda esa bir-biriga nisbatan zich bo'lib, parallel bog'lamchalar hosil qilib joylashadi. Tolachalarning qalinligi yosh organizmda 100 A dan 600 A gacha keladi. Katta odamda ularning qalinligi 1600 A ga teng. Suyak to'qimasi mineral moddasining qalinligi 15-75 A, uzunligi 1500 A. Shakli nina uchiga yoki plastinkasimon zarrachalarga o'xshash gidroksiapatit kristallaridan tashkil topgan. Organizm rivojlanishi davrida suyak to'qimasida kalsiy tuzlarining yig'ilishidan oldin to'qima fibrillalari hosil bo'ladi, ular orasiga tuzlar yig'iladi va bir-biri bilan mustahkam birikadi. Suyak to'qimasining hujayralararo moddasida ko'p miqdorda ovalsimon bo'shliqlar bo'lib, ularda suyak hujayralari joylashadi. Bo'shliqlarning uzunligi 22-25 mk, eni 6-14 mk, qalinligi 4-9 mk ga teng. Bo'shliqlarning to'qima ustki pardasi olinib, metilen ko'ki bilan bo'yalsa yaxshi ko'rinadi. Bo'yalgan preparatlarda hujayra bo'shliqlari bilan ularni bir-biri bilan tutashtirib turgan kanalchalar ham yaxshi ko'rinadi. Suyak bo'shliqlari va kanalchalarining devorlari boshqa qismlariga nisbatan to'qroq bo'yalgan asosiy modda bilan qoplangan. Bu erda suyakning asosiy moddasi tog'ay hujayrasining kapsulasiga o'xshash ancha zich joylashgan, uni suyak bo'shlig'ining kapsulasi deyiladi. Kollagen tolachalar hujayralararo moddaning qayerida va qanday yo'nalishda joylashganligiga qarab suyak to'qimasi; dag'al tolali suyak to'qimasi va plastinkasimon suyak to'qimasiga bo'linadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling