E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet91/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Tog'ay to'qimasi
Tog'ay to'qimasi morfologik tuzilishiga, rivojlanishi va vazifasiga ko'ra boshqa to'qimalardan tubdan farq qiladi. U biriktiruvchi
188

to'qimalar qatoriga kiradi va ular bilan birgalikda o'rganiladi. Bunga sabab, tog'ay organizmining embrional rivojlanishi davrida biriktiruvchi to'qmalar hosil bo'ladigan embrional to'qimadan, ya'ni mezenxima hujayralaridan tarqaladi, ya'ni organizmning dastlabki ontogenez rivojlanishi davrida skelet suyaklarining aksariyati o'rnida oldin tog'ay to'qimasi paydo bo'lib, so'ng ular suyak to'qimaga aylanadi.
Tog'ay organizmda tayanch, mexanik va biriktiruvchi vazifani bajaradi. Odamda va sutemizuvchi hayvonlarda yetuk va yuksak darajada tabaqalangan bo'ladi. Tuzilishi jihatidan qattiq to'qmalar qatoriga kiradi. Qattiqligi jihatidan esa skelet suyaklaridan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Shuning uchun, tog'ay to'qima tarkibida qon tomirlari va nerv tolalari kabi boshqa to'qimalar uchramaydi.
Tog'ayda moddalar almashinuvi uning ustini o'rab turgan tog'ay ustki pardasi orqali sodir bo'ladi. Nerv tolalari bilan ta'minlanishi va innervatsiyasi ham shu parda orqali amalga oshadi.
Tog'ay gidrativ to'qimalar qatoriga kiradi, tarkibining 80% suv, 15% organik moddalar va 5% mineral tuzlardan tashkil topgan. Organik moddalarning asosini oqsillar, mukopolisaxaridlar va lipidlar tashkil etadi. To'qimada uchraydigan oqsillar asosini esa fibrillar oqsillar, ya'ni kollagen va elastik hamda mukopolisaxaridlar bilan birikkan holda uchraydigan nofibrillar oqsillar - xondroitin sulfatlar, keratosulfat va sialit kislota tashkil etadi. Xondromuko-protein va xondromukoid tog'ay ^6"*qimarffng asdsiy mo'dda'S'i"sifatida fo'plalMchraydi'. **•«* •**=.', • mm?-
Tog'ay to'qimasi ham boshqa biriktiruvchi to'qmalarga o'xshab, to'qima hujayralari va oraliq moddadan tashkil topgan. Hujayralar tarkibiga shakli yumaloq yoki ovalsimon tog'ay hujayralari (xondrotsitlar) va to'qimaning rivojlanishi hamda regeneratsiyasini ta'minlovchi xondrioblast hujayralari kiradi. Hujayra oraliqlarini esa oraliq modda to'ldirib turadi. Oraliq modda boshqa to'qimalardagiga nisbatan bu yerda ko'proq bo'ladi va tayanch hamda mexanik vazifalarni bajaradi. Vazifasi va morfologik tuzilishiga ko'ra uch xil tog'ay to'qimasi uchraydi; gialin, elastik va tolador tog'ay to'qimalar (46-rasm). Hujayra va oraliq moddalarni quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling