E va r kafedrasi assistenti Abdullayev
Download 273.79 Kb.
|
1 2
E va R kafedrasi assistenti Abdullayev Abdubakir Xikmatillayevich 2-LABORATORIYA ISHI KOMBINASION MANTIQIY SXEMALAR ANALIZI VA SINTEZI Ishdan maqsad: Kombinatsion mantiqiy sxemalarni analiz va sintez qilish. NI Multism dasturiy muhitida sxemalarni loyihalashtirish. Mantiqiy funksiyani yoki mantiqiy funksiyalar majmuasini amalga oshiruvchi mantiqiy elementlardan tashkil topgan sxema kombinatsion sxema (KS) deb ataladi. Kombinatsion sxemaning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin: faqat mantiqiy elementlardan tashkil topadi; xotirlash qobiliyatiga ega emas; teskari bog‘lanish zanjirining bo‘lmasligi; chiqish yo‘lining bitta va undan ortiq bo‘lishligi. KSni sintezlash masalasi murakkab masala hisoblanib, unda berilgan mantiqiy funksiyani amalga oshiruvchi KSni ko‘rsatilgan bazisda loyihalash talab etiladi. KSni sintezlashning an’anaviy usuli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: berilgan mantiqiy funksiyaning MDNSh yoki MKNSh hosil qilinadi; hosil qilingan funksiyaning mukammal normal shakli mantiqiy funksiyalarni minimallashtirishning ixtiyoriy bir usuli yordamida minimallashtiriladi; olingan minimal funksiya ko‘rsatilgan bazisda ifodalanadi, ya’ni operator ko‘rinishiga keltiriladi; funksiyaning operator ko‘rinishidan sxemaga o‘tiladi. Kombinatsion mantiqiy sxema (KS) (2.1-rasm) to‘liq berilgan bo‘lishi uchun uning faoliyati quyidagi mantiqiy funksiyalar tizimi bilan ifodalangan bo‘lishi kerak: 2.1-rasm. Kombinatsion mantiqiy sxemaning shartli grafik ko‘rinishi.Kombinatsion sxemalarning analizi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Berilgan kombinatsion sxemadagi har bir element ishini ketma-ket mantiqiy funksiyalar orqali yozib, uning ishlash qonunini yorituvchi mantiqiy funksiyalar olinadi. Ortiqcha elementlarni yo‘qotish uchun olingan mantiqiy funksiyalar analiz qilinadi. Misol. Rasmda keltirilgan kombinatsion sxemaning mantiqiy strukturasini analiz qiling (2.2-rasm). Yechish: 1) Mantiqiy funksiya bilan berilgan KS har bir mantiqiy elementining ketma-ket ishlatilishini yozamiz: 2.2-rasm. Kombinatsion sxemaning mantiqiy strukturasi. Yuqoridagi natijalardan foydalanib, Karno kartalarini tuzamiz (2.3-rasm) va KSga tegishli mantiqiy funksiyalarning minimal DNFlarini yozamiz: 2.4-rasmda mantiqiy funksiyalar minimal formalarining mantiqiy sxemasi keltirilgan. Hosil bo‘lgan KSda, berilgan KSga nisbatan HAM mantiqiy elementi hamda kirish yo‘li kam ishlatilgan. 2.3-rasm. funksiyalar uchun Karno kartalari. 2.4-rasm. minimal formalarning mantiqiy sxemasi. Download 273.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling