Echiura va sipuncula tiplari
Ovqat hazm qilish sistemasi –
Download 117 Kb.
|
Echiura va Sipuncula tiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- “oshqozoncha”
- Nafas olish sistemasi
- Nerv sistemasi
Ovqat hazm qilish sistemasi – uzun naydan iborat bo‘lib, oldingi uchida og‘iz teshigi joylashgan. Og‘izdan - halqum boshlanadi. Halqum – qizilo‘ngachga, qizilo‘ngach oxiri kengayib jig‘ildon hosil qiladi. Bu yerda oziq namlanadi va yumshaydi. Oziq jig‘ildondan muskulli “oshqozoncha” ga tushadi, bu yerda eziladi, bundan so‘ng ichakka tushadi, ichakning oxirgi qism orqa chiqaruv teshigi anal bilan tomomlanadi.
Qon aylanish sistemasi – Yomg‘ir chuvalchangi – qon aylanish sistemasi bo‘lishi bilan yassi va yumaloq chuvalchanglardan farq qiladi. Agar yomg‘ir chuvalchangining ustki (yelka) tomoniga diqqat bilan qaralsa teri ostiga uzunasiga ketgan ingichka qizil naychani ko‘rish mumkin. Bu yelka qon tomirlaridir. U hazm sistemasining ustida yotadi va butun gavda bo‘ylab cho‘ziladi. Shunday tomir chuvalchang tanasi qorin tomonida ovqat hazm qilish sistemasining ostida ham bor. Bu qorin qon tomirlaridir. Bu tomirlardan qizil rangli suyuqlik –qon oqadi. Yelka qon tomiridan qorin qon tomiriga ichakni o‘rab turadigan halqasimon qon tomirlar o‘tgan. Halqasimon qon tomirlarining yo‘g‘onroq va yirikroqlari qizilo‘ngach atrofida bo‘lib, ular “yurak” deb ataladi va urib turish xususiyatga ega. Nafas olish sistemasi – Maxsus nafas olish sistemasi yo‘q teri orqali nafas oladi. Shilimshiqli teri tuproq ostida harakatlanish va kislorodni o‘zlashtirishga yordam beradi. Ayirish organlari – Har bir segmentda bir juftdan ochilgan kiprikli voronkasimon nefridiyalardan iborat bo‘lib, ularning juda uzun buklangan naychalari dissepiment pardalarga yopishib joylashgan. Naychaning uchi esa pastdagi segment orqali tashqariga ochilgan. Nerv sistemasi – bosh segmentida halqumning ustida joylashgan bir juft halqum usti nerv tuguni (“bosh miya”) va o‘zaro bir-biri bilan tutashgan nerv tugunidan va shu tugunlardan ketadigan nervlardan iborat. Qorin tomonida gavdaning har qaysi bo‘g‘imida bir juftdan nerv tuguni bor. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling