Echiura va sipuncula tiplari
Ko‘payishi va rivojlanishi
Download 117 Kb.
|
Echiura va Sipuncula tiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belbog‘chalilar (Clitellata) filogeniyasi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Zuluklar, jumladan meditsina zulugi ham jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ichdan otalanadi, almashinib urchiydi. Ko‘payish vaqtida kattalashgan “kamar” qismidagi bezlar ajratgan suyuqlik qotib, qalin-xitin qobiqli kattagina (2 sm li) “pilla” hosil qiladi. Otalangan tuxumlarini oziqni suyuqligi bilan shu xildagi “pilla” ning ichiga qo‘yadi. Zuluklar o‘z pillasini suv havzalari atrofidagi zax tuproq oralig‘iga, ba’zan yer pilladan 5-10 tagacha yosh zuluk yetishib, suvga tarqaladi va 2-3 yilda voyaga yetadi. Umuman zuluklar 15-20 yilgacha umr ko‘radi.
Belbog‘chalilar (Clitellata) filogeniyasi. Halqali chuvalchanglar o‘rtasida eng qadimgilari birlamchi halqalilar (Archiannelidae) ekanligi ularning morfologik tuzilishi va boshqa xususiyalaridan ravshandir. Ko‘p qilli halqali chuvalchanglar (Polychaeta) mazkur sinfining avlodlaridan rivojlangan (yoki shular bilan bir vaqtda, bir xildagi daslabki avloddan paydo bo‘lgan) va hozirgi davrda nihoyatda xilma-xil ravshda dengiz layoqatlashgan va shu munosabat bilan juda ko‘p turlar hosil qila olgan sinfdir. Ayni vaqtda ko‘p qillilar-halqalilarga xos bo‘lgan eng xarakterli va qadimgi tuzilish xususiyatlarini saqlab qolgan guruhdir. Yaqinda fanga ma’lum bo‘lgan poleozoy erasida yashagan ko‘p qillilarning qazilma qoldiqlarining tuzilishi ham mazkur fikrni to‘la tasdiqlaydi. Oz qilli halqalilar (oligjchaeta) ning ko‘p qillilarning avlodlaridan kelib chiqqanligi ham ravshandir. Mazkur ikki sinf turlari tuzilishini qiyosiy o‘rganish, hamda ozqillilarning daslabki rivojlanishida troxoforasimon davrning mavjudligi, bu fikriga dalil bo‘la oladi. O‘tgan asrning o‘rtalarida mashhur rus tabiyotshunosi A. F. Middendorf tomonidan topilgan va keyinchalik Grube va N. A. Livanov tomonidan tekshirilgan qadimgi yoki qilli zuluklar-umuman zuluklarni oz qilli halqalilarning avlodlaridan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi nazariyani isbot etishga yordam berdi. Bundan tashqari zuluklar bilan oz qillilar tuzilishi va rivojlanishini qiyosiy o‘rganish mazkur fikrni shubhasiz tasdiqlaydi. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling