Echiura va sipuncula tiplari


Download 117 Kb.
bet4/10
Sana23.03.2023
Hajmi117 Kb.
#1289782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Echiura va Sipuncula tiplari

Ko‘payishi – Yomg‘ir chuvalchangi – germofradit hayvon. Uning ko‘payish organlari gavdaning oldingi qismiga joylashgan, erkaklik jinsiy organlarida – urug‘donda spermatazoidlar, urug‘ochilik jinsiy organlarida – tuxumdonlarda tuxum yetishadi.
Erta ko‘klamda, ko‘payish davri kelishi bilan chuvalchang belbog‘i shilimshiq modda ishlab chiqaradi, belbog‘ atrofida shu moddadan muftacha hosil bo‘ladi. Muskullarning qisqarishi tufayli muftacha chuvalchang gavdasining oldingi qismida sirg‘anib boradi.tuxum yo‘li va urug‘ yo‘li belbog‘ tashqarisiga ochilgan bo‘lib, belbog‘ ustida hosil bo‘lgan murtacha ichiga urug‘ va tuxum ho‘jayra chiqadi. Muftacha ichiga urug‘ va tuxum ho‘jayra urug‘lanadi va chuvalchangdan urug‘lab tushgan ichida urug‘langan tuxum ho‘jayra bo‘lgan muftacha pillaga aylanadi. Yomg‘ir chuvalchangi jinssiz yo‘l bilan ko‘paymaydi. Ammo chuvalchangni ikkiga bo‘lsak uning ayrim qismlari o‘sib, butun organizmga aylanishi mumkin.
Kam tukli halqali chuvalchanglar(Oligachaeta sinfining) vakillari va tarqalishi. Kam tukli halqali chuvalchanglar Yer yuzida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, 3000 ga yaqin turi ma’lum. Bularning tuproqda yashaydigan va yomg‘ir chuvalchanglar nomi bilan yurgiziladigan turlari mazkur guruhining ko‘pchiligini tashkil etadi. Mazkur guruh 7-8 oilaga mansub bo‘lib, 200 dan ortiq turini birlashtiradi.
Limbritsidalar yoki haqiqiy yomg‘ir chuvalchanglari oilasi 200 ga yaqin turdan tarkib topgan. Bular o‘rtasida 1-2 mm, 2-3 sm li mayda chuvalchanglardan tortib 30-50 sm li katta formalar uchraydi. Ko‘p tarqalgan 30-40 sm gacha uzunlikdagi katta “qizil chuvalchang” (Lumbricus terresfris) O‘rta Osiyo va Qozog‘iston territoriyasida keng tarqalgan. Bu chuvalchang turli chirindi va tuproq chirindilari bilan oziqlanganidan ichagi hamma vaqt deyarli “tuproq” bilan to‘lgan bo‘ladi. U kechalari ko‘pincha tashqariga tuproq chiqarib tashlaydi. Tuproqning uski va oski qavatlarini aralashtirib va unda havo o‘tadigan g‘ovak yo‘llar hosil etish bilan bular tuproq hosildorligini ortdirishda katta o‘rin tutadi.
Dalalardla ekinzorlar va qo‘riq yaylov yerlarda ko‘p tarqalgan oqish chuvalchang – allobofora (Allobophora) o‘rtacha 15-16 sm uzunlikda bo‘lib, nihoyatda ko‘p tarqalgan. 1 m3 tuproqda 400-500 ta va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Qurg‘oqchilikka chidamli bu chuvalchang, ayniqsa, tuproq “hayotida” katta ahamiyatga ega. Mazkur oilaga mansub va ko‘p tarqalgan gigant allobofora (40-50 sm gacha bo‘ladi) va go‘ng solingan yerlarda ko‘plab ko‘payadigan go‘ng chuvalchang (Eisenia) lar ham foydali hisoblanadi.
Janubiy Osiyo, Avstraliya, Afrikada va boshqa janubiy tropik mamlakatlarda to‘rtta oilaga mansub 1800 turga yaqin tuproq halqali chuvalchanglari tarqalgan. Bularning ba’zilari daraxt qavzagidagi chirindilarga yopishib yashaydi. Bir qancha turlari kichik havzalarda yashashga moslashgan. Halqalilarning shu xildagi janubiy turlari o‘rtasida megaskolitsidalar alohida o‘rin tutadi. Mazkur oilaning Avstraliyada uchraydigan gigant vakili Avstraliya megoskolitsidasi 2,5 – 3 m gacha uzunlikda bo‘lib, uzoqdan ilonga o‘xshab ko‘rinadi. Bu chuvalchanglar ham yer ostida yashab, tashqarida tuproq uyumlari hosil etadi. Megaskolitsida chuvalchanglari o‘rtasida tropik o‘rmon daraxtlarga chiqib yashaydigan turlari ham uchraydi.
Yomg‘ir chuvalchanglarning tuproq hosil bo‘lishida va tuproq hosildorligini ortdirishdagi ahamiyatini birinchi bo‘lib mashhur olim Charlz Darvin ko‘p yillar mobaynida tekshirdi. Davrining ko‘rsatishicha chuvalchanglar tuproqning ustki bilan ostki qavatlarini aralashtira borib, undagi chirindi va boshqa organik birikmalarning minerallanishi (o‘simlik o‘zlashtiradigan holga kelishi)ni muttasil ravishda muvofiqlashtiradi va tuproqdagi “yo‘llari” orqali undagi foydali mikroblarni ko‘payishi va tuproqda havo kirib turishiga katta yordam ko‘rsatadi. Darvindan keyingi tadqiqotlar bu fikrlarin to‘la to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha 1 gayer maydonida 400-500 mingtadan to 2 mm tagacha, (go‘ng solingan yerlarda esa 7-8 mln dan 20 mln tagacha) chuvalchang bo‘lishi aniqlandi. Ularning faqat 1 m2 yerdagi uyalariing uzunligi 1-8 km gacha boradi. Keltirilgan faktlar asosida mazkur chuvalchanglar tuproq hosildorligi va shakldorligi tiklanishida qanchalik muhim o‘rin tutganligini tasavvur etish mumkin.
Kam tukli haqalilarning 500 dan ortiqroq turlari chuchuk suv havzalari – ko‘llar, daryolar, kichik havzalar va sun’iy ko‘l va sholipoyalarda yashaydigan formalar bo‘lib, eolosomalar, naydidalar, qil qorinlilar, naychalilar (tubifitsidalar) lumbrikulidalar kabi oilalardan tarkib topgan. Ba’zi suv havzalarida bularning tubefikslar kabi yirik yoki stelariyalar kabi mayda turlari nihoyatda ko‘plab uchraydi. Suv tubidagi chirindi va mikroblar bilan ovqatlanib havzalardagi moddalar almashinuvi va foydali elementlarning tabiatdagi aylanishida bu chuvalchanglar g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Shu bilan bir qatorda bular baliq ozig‘i sifatida katta ahamiyatga molikdir.
Birlamchi halqalilar eng sodda tuzilgan, mayda (2-3 mm dan 2-3 sm gacha) chuvalchanglar bo‘lib, hamma turlari dengizning sayoz sohil doirasida, turli o‘simlik yoki o‘troq mayda hayvonlarning oraliqlarida o‘rmalab yurib hayot kechiradi. Bularnig mayda formalarida segmentlar 7-8 tadan kattalarida esa 15-20 tadan oshmaydi. Hamma turlarida asosiy harakat organlari-tana atrofidagi bir necha qator kipriklar hisoblanib, ba’zi avlodlarida kichkina parapodiyalar bo‘lishi xarakatlidir. Yirikroq avlodlarining bosh qismida bir juft paypaslagichlar bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarida segmentlar ichki – dissepiment pardalar bilan ajralgan; qon aylanish sistemasi metanefridiyalar tipidagi ayirish organlari rivojlangan. Nafas olish organlari yo‘q. Teri orqali nafas oladi. Ayirish jinsli, troxofora lichinka bilan rivojlanadi.
Protodrilus (Protodrilus) sodda halqalilarning yirikroq turlaridan 2-3 sm uzunlikdagi bu chuvalchang Qora dengizining Qrim soxillarida, sayoz joylarda ko‘p uchraydi. Protodrilusning tanasi bosh, 20-30 tacha segmentlar va dum qismidan tuzilgan. Boshchasida ancha uzun paypaslagichlari joylashgan. Bu teri va hid sezish organi. Ko‘zi yo‘q uning o‘rnida muvozanat organi bo‘lib, boshning qorin tomonida og‘iz joylashgan. Dum tomonda anal teshigi bor. Terisining usti, segmentlarning oralig‘i mayda kipriklar bilan qoplangan. Qorin tomoni bo‘ylab o‘tgan tarnovsimon botiqliqning ichida ham kiprikchalar joylashagan. Bular hammasi o‘rmalab harakat etishga yordam beradi.
Protodrilusning teri – muskul xaltasida 4 qator cho‘ziq muskullar va qiyasiga joylashgan. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i, qon aylanish sistemasi rivojlangan. Nerv sistemasi bir juft xalqum usti nerv bo‘g‘inlari (“bosh miya”) va u bilan komissura orliq tutashgan halqum osti nerv bo‘g‘inlaridan ham qorin nerv zanjiridan tuzilgan.
Jinsiy mahsuloti oxirgi segmentlarda yetiladi. Protodriluslar bir nechta otalangan tuxumlarini maxsus pillaning ichiga qo‘yadi. Pillada tuxumrivojlanib, nixoyatda mayda troxofor lichinkasiga aylangach, suvga tarqaladi. Ularning troxoforlarida daslab 1-2 keyinchalik esa bir necha qator ko‘ndalang joylashgan kipriklar yetishib, erkin harakat qiladi va bir oziqlanib o‘sadi. Bu oziqlanishda troxoforadagi katta-voronkasimon “lablar” yordamida beradi.
Protodriluslardan boshqa ko‘pchilik mayda sodda halqalilar dngiz sohil doirasida qum ichida kechiradi. Nerillidalar oilasiga mansub turlaridan bittasi Shveytsariyaning g‘or suvlarida topilgan.
Sodda halqalilar ko‘p qilli chuvalchanglarning kelib chiqishini o‘rganishda katta nazariy ahamiyatga ega.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling