Parsek (pk) = 3,26 yorug’lik yili = 3,086·10
13
km
Kiloparsek (kpk) = 10
3
pk.
218.Tolerantlik (lotincha toleros-chidam) – organizmlarni
muhitning u yoki bu noqulay omillar ta‘siriga chidash qobiliyati
(3-bob).
219.Topografiya (yunoncha topos–joy va graplio-yozaman)-
s‘yomka ishlarini olib borish va topografik xarita tuzish yo’li bilan
joyni geografik va geometrik o’rganish (6-bob).
220.Transformatsiya
(lotincha
transformatio-o’zgartirish)–
bakterial xўjayralaridagi nasl xususiyatlarining begona jinsli DNK
ni kirib borishi natijasida yuz beradigan o’zgarish (6-7 - boblar).
221.Trepel (nemischa tripel) –organik qoldiqsiz, qumtuproq opalli
mikroskopik donadan tuzilgan, yupqa g’ovakli cho’kindi jins (5-
bob).
222.Trias davri - (trias), mezozoy eratemasining quyi 1-davri,
geologik tarixi bo’yicha mezozoy erasining eng yangi davriga
to’g’ri keladi. 230 mln yil ilgari boshlangan, davom etish davri 35
mln. yil (7-bob).
223.Trilobitlar – qirilib ketgan dengiz bўg’imoyoqlilar sinflari
(umurtqasiz hayvonlarning eng ko’p sonli turi- qisqichbaqa,
kapalak, ari, kungiz). Kembriyda, o’rta perm davrlarida yashagan.
Tanasining uzunligi 3-1 sm (kamdan-kam 5mm dan 70 sm gacha
bo’ladi), 1,5 ming ga yaqin turlari mavjud (7-bob).
224.Trofik holat (yunoncha trjphe-oziqa) – ya‘ni muhitning oziqa
sharoiti, holati (1-bob).
225.Andromedlar tumanligi-bizning Galaktikaga yaqin bo’lgan,
Gigant spiral galaktika (mahalliy galaktika guruhiga qarashli).
Shimoliy Yarim shardagi Andromed yulduzlar turkumi yozda, kuz
va qishda ko’rinadi (7-bob).
226.Ultrabinafsha nurlanish (radiatsiya) – to’lqin uzunligi 400-
10 nm bo’lgan ko’zga ko’rinmas elektromagnit nurlar. Uning
kichik miqdori inson va hayvonlarga foydali hisoblanadi (7-bob).
Do'stlaringiz bilan baham: |