230.Fag (yunoncha phagos)- yutish, singdirish (4-bob).
231.Fanerozoy zonasi (fanerozoy) (yunoncha phaneros–aniq va
zoe-hayot) paleozoy, mezozoy va kaynazoy eralarini o’z ichiga
olgan, geologik tarixning yirik bosqichi. 1930 amerikalik geolog.
J.CHedvik tomonidan aniqlangan. Uning davom etish davri 570
mln. yil (7-bob).
232.Fermentlar (lotincha fermentum - tezlashtiruvchi) – barcha
tirik xўjayralarda mavjud bo’lgan biologik katalizator (4-bob).
233.Fiziologiya (yunoncha physis–tabiat va logiya- fan)-butun
organizm va uning ayrim qismlarining-hujayra organlari,
funktsional tizimlari hayot faoliyati haqidagi fan (1-bob).
234.Filogenez (yunoncha phulon-tur, qabila va genez) –
dunyodagi organizmlar, ularning turlari, turkumi va oilalarining
tarixiy rivojlanish jarayoni (2-bob).
235.Fito (yunoncha phyto) –o’simlik (2-bob).
236.Fluktuatsiya (lotincha fluctuatio-tebranish) - o’rtacha fizik
kattalik miqdoridan tasodifan chetga chiqish (6-bob).
237.Foraminiferlar – ildizoyoqlilar sinfining sodda guruhi.
Tanasi 0,10
-1
mm dan 20 sm gacha. Asosan dengizlarda yashaydi
(7-bob).
238.Fossilizatsiya (yunoncha fossilis–ko’milgan, qazilma) –
organizmlar halokatidan keyin organik moddalarni asta-sekin
minerallarga aylanishi natijasida toshga aylanish jarayoni (5-bob).
239.Fosfatlar – fosforli kislota tuzi yoki efirlari. Ular ortofosfatlar
(N
3
RO
4
) va polimerli fosfatlarga ajratiladi. Bu tuzlar fosforli
o’g’itlar, mineral oziqa, yuvish vositalari tarkibiga kiradi (5-bob).
240.Fosforilirlash - kimyoviy reaktsiya-molekulalarga fosforli
kislota qoldiqlarining noorganik va organik birikmalarga kiritish.
Modda almashinuvida alohida ahamiyatga ega (4-bob).
Do'stlaringiz bilan baham: |