3.12 Ekologik jarayonlar va ekologik omillar. Ekologik
omillarning uzoq va yo’naltirilgan harakatlar yig’indisi
organizmlarni ekotizim va butun biosferada uning jamoasini
o’zgarishiga olib keladi. Bu o’zgarishlarni ekologik jarayonlar
sifatida aniqlash mumkin. Yashab turgan muhitni yoki insonni
o’rab turgan muhitni yomonlashtirishni belgilaydigan barcha
jarayonlar uchun umumiy bo’lgan detirioratsiya (Kommoner,
1972) atamasi taklif etilgan. Hozirgi paytda «atrof muhitni
ifloslanishi» atamasining ishlatilishi qisman sodir bo’layotgan
jarayonlarni ifodalaydi.
Deterioratsiyaga teskari (deteriorizatsiya) jarayoni xorijiy
adabiyotlarda konservatsiya nomini olgan. Biroq bu atama
unchalik aniqlikka ega emas. Qayta tiklanish, saqlash,
«sog’lomlashtirish» atamalari aniqroq ifoda etadi. Shuningdek
«melioratsiya» atamasidan ham keng foydalaniladi. Agar ilgari
undan faqat yerlarni yaxshilash bo’yicha foydalanilgan bo’lsa,
ayni paytda atrof muhitni yaxshilash bo’yicha barcha tarbirlarda
foydalanildi.
Yuqorida
keltirilgan
atamalar
bilan
birgalikda:
intoksikatsiya (tirik organizmlarni degradatsiyaga uchratuvchi),
kontaminatsiya
(ekotizimlarning
kimyoviy
zararsiz
parchalanmaydigan moddalar bilan ifloslanishi), peyorizatsiya
(muhit estetikasining buzilishi), dezertifikatsiya (cho’llanish) kabi
bir qator atama va tushunchalardan foydalaniladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Ekologik omillar deganda nimani tushunasiz?
2. Abiotik, biotik va antropogen omillarga misollar keltiring.
3. Organizmlarning yashash sharoiti (mavjudligi) nima?
4. Poykiloterm organizmlar gomoyotermdan nimasi bilan farq
qiladi?
5. Kim eng ko’p ekologik chidamlilikka ega: Kuba yoki
(1945 yildan boshlab) haroratning ko’tarilishi emas, balki pasayishi
kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |