Ecologiya MurodovSh lot doc
transformatsiya, trias, tribolitlar, Andromedlar tumanligi
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
transformatsiya, trias, tribolitlar, Andromedlar tumanligi,
ultrabinafsha nurlanish, fanerozoy zonasi, farameniferlar, foto, xromosolar, xromosfera, xromosferli portlash, tsunama, Shintsbergen, evolyutsiya, endemik, erg. 7.1 Yerdagi hayot tasodifiymi. Har qanday ekotizim evolyutsiyasi tirik organizmlarning paydo bo’lishidan boshlanadi. Umuman hayot har qanday ekotizimda borgan sari ko’proq har qanday boshqa «qadimgi» ekotizimga kirib boradi. Butun biosferachi? Qanday qilib Yerda hayot paydo bo’ldi? Bu savolga V.I.Vernadskiy Yerda hayot paydo bo’lishining uchta yo’li bo’lishi mumkin deb ko’rsatib o’tgan: hayot har doim mavjud bo’lgan (umuman materiya va boshq.); hayot ma‘lum sharoitda planetaning geologik tarixi davrigacha paydo bo’lgan; Yerga hayot kosmos orqali keltirilgan. Birinchi taxminga ko’ra, V.I.Vernadskiy biz hayot izlari (qoldiqlari) bo’lmagan geologik bosqichlarni bilmaymiz deb ta‘kidlagan (hozirgi paytda eng sodda organizmlar, bakteriya qoldiqlari va suv o’tlari qazilmalarda, cho’kindi hamda metamorfik tog’ jinslarida uchraydi, ularning yoshi 3,8-4,0 mlr.yil deb baholangan). Organik moddalarning abiogen sinteziga ko’ra, V.I.Vernadskiy bir qator keyingi ishlarida Yerning uzoq o’tmishda jonli va jonsizlarning paydo bo’lish imkoniyatlari to’g’risida ta‘kidlab o’tgan. Darhaqiqat, bir qator olimlar tomonidan vodorod aralashmasidan aminokislota, elektr zaryadlari ta‘sirida va ultarbinafsha radiatsiyasidan ammiak va metan kabi murakkab moddalar olindi. Biroq, biosfera shakllangan sharoitda «Barcha tiriklar tirikdandir» printsipiga amal qilinadi. Bu printsipga florentsiyalik vrach Franchesko Redi tomonidan 1668 yil ta‘rif berilgan edi. Ehtimol biosfera sharoitida mavjud har qanday hayot shakllari yana paydo bo’ladigan hayot shakllariga dushmanlik qiladi (yoki uning biogen pushti) va uning imkoniyatlarini cheklashga harakat qiladi. Kosmik gepotezaga kelganda, shu narsa ma‘lumki, quyosh tizimi va uning yo’ldoshlarida (Venera, Mars, Luna) hech qanday hayot izlari yo’q. Shu bilan birgalikda meteorit moddalar tadqiqoti paytida Antarktida muzliklarida aminokislota va murakkab nukliotidlar borligi aniqlangan. Shunday qilib, yerda hayot tasodifiymi? degan savolga qanday javob bersa bo’ladi? Balki Yer va uning biosferasi Katta hayot kosmosda qandaydir istisno tariqasidagi paydo bo’lgandir. Bu va boshqa savollarga to’liq javob berishga harakat qilamiz. 100 101 www.qmii.uz/e-lib www.qmii.uz/e-lib o’zgarishlari: ammonitlar va belemnitlar, ba‘zi peletsipod, braxeopod, dengiz liliylari, reptili (yirik quruqlik va suvdagi, havodagilarning hammasi), tishli qushlar va boshq. kuzatiladi. Beshinchi davrda (paleogen davrining oxirida) nummulitlar, sut emizuvchlar va boshq. ko’pgina namoyandalari qirilib ketadi. Qirilib ketgan hayvonlar o’rniga ularning boshqa oila, sinf va turlari paydo bo’ladi. Aytaylik, bo’r davrining oxirida ekologik makonni bo’shatib, qirilib ketgan reptiliylar o’rnini sut emizuvchilar egallaydi. Paleogen davrida eng yuqori sut emizuvchilar – platsentar hayvonlari keng rivojlanish davriga ega bo’ladi; yirtqich parnoketlar (masalan, xanjartishli sher - maxayrod), xartumli shohburunlilar (shuningdek 7-8 metr balandlikdagi yirik indrikaterlar), kitlar, primatlar va boshq. ajdodlari paydo bo’ladi. Evolyutsiyaning bu holatini qanday tushuntirish mumkin? Dastlab, fizik-geografik shart-sharoitlar (ekotoplar), organizmlarning alohida guruhlari moslasha olmadi yoki ulgura olmadi. Fizik-geografik shart-sharoitlarning o’zgarishi, o’z navbatida Yer po’stining vertikal holatiga, tog’ hosil bo’lish jarayonlariga kuchli bog’liq bo’lgan (7.1 - jadvalga qarang). Tog’ hosil bo’lish, magmatik va boshqa tektonik jarayonlar Yer usti relefini, dengiz chuqurligini, suv massasining geografik qayta taqsimlanishini, iqlim va boshqa holatlarini o’zgartirdi, bu esa organizmlar mavjudligi sharoitlarini keskin o’zgartirdi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling