www.qmii.uz/e-lib
www.qmii.uz/e-lib
va kaynazoyda bug’im oyoqlilar (Arthropoda) go’shtli
turning
hosil bo’lishiga olib keladi. Xilma – xil turlar bo’yicha hozirda
bironta hayvonot guruhi ular bilan tenglasha olmaydi.
Shunday qilib, ekotizimda evolyutsiyaning muhim
xususiyati fitotsenozlar evolyutsiyasi hisoblanadi va ular
keyinchalik zootsenozlar uchun zamin tayyorladi.
Biroq bu qonuniyat chamasi, turlar bo’yicha mutloq emas
va geologik uzoq vaqt oralig’ida qo’llanishi mumkin.
7.15 Yuqori gradientli davr. Paleekologiyada keskin
davrlar bilan bir qatorda yuqori gradientli davrga ham ajratiladi.
Bu nuqtai nazardan Yu.Odumning quyidagi mulohazalari
e‘tiborni qaratadi: «… o’tgan gelogik
davrlarda Shimoliy qutb
muz bilan qoplanmagan paytda, shimoliy dengizlarning tabiiy
faunalari turlar bilan hozirgiga nisbatan ancha boy bo’lgan, dengiz
tubida molyuskalarning ikki hissa ko’p turlari yashagan.
Birmuncha tik gradientda yashash
joyining xilma-xilligi va
makoni ko’pligi (1986, 2 t. 161 b.) bunga sabab bulgan».
Yer tarixida ana shunday yuqori gradientli davrlar yuqori
kembriygacha (muzlik morenalarida qazib olingan tilitlar
Shimoliy Amerika va Shimoliy yarim
sharning boshqa joylarida
qatlam qalinligi 100 metr va undan ham qalinroqda topilgan),
yuqori karbon (janubiy yarim sharning muzlashi, hattoki tilitlar
Xindistonda ham ma‘lum) va to’rtlamchi davrlarda (shimoliy
yarim
sharning qalin muzlashi, Antraktidada muzliklar
to’sig’ining uzayishi) bo’lgan. Aynan ana shu davrda yangi
ekotizim jadallashdi va ilgari mavjud evolyutsiya tezlashdi hamda
jadallashgan turlar hosil bo’ldi.
Tasodif emaski, aynan to’rtlamchi davrga gamenoidlarning
tezlashgan evolyutsiyasi bog’liq,
bu esa insonning paydo
bo’lishiga olib keldi. O’tgan yuqori gradientli davrda u paydo
bo’lolmadi, na kembriygacha, na paleozoyda sut emizuvchilar hali
mavjud bo’lmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: