Ecologiya MurodovSh lot doc
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
7.2 Dunyoning moddiy birligi. Yer organizmlari tarkibida to’rtta element: uglerod; kislorod; vodorod va azot yetakchi ahamiyatga ega. Aynan shu elementlar quyosh tarkibining ko’pchiligini tashkil etadi (atomli nisbatda 3,7·10 -4 : 6,8·10 -4 : 1:1,1·10 -4 D.Greya ma‘lumotlari, 1980). Galaktikaning kosmik energiya bilan nurlanish tarkibi kuchliroq 2,5·10 -9 ev proton : (vodorod yadrosi) –92%, (-zarrachalari –7%, S,N, O, va F yig’indisi –0,5%; boshqa barcha elemetnlarga 0,5% gacha to’g’ri keladi (Barabanov 1985). Yulduzlarni evolyutsiyaning dastlabki bosqichidagi radioastronomik kuzatuvlar (yulduzlarga qarshi deb nomlanadigan) ko’rsatdiki, ajoyib tabiiy lazerli qatlam ochiq gidroksil qatorni (OH), to’lqinlar uzunligi esa –1,35 sm – undan ham ochiqroq bo’lgan suv bug’lari qatorini nurlantiradi (Fradkin 1983). Ko’pgina yulduzlar va gazli tumanlarda uglerod va azotning borligi aniqlangan. Shunday qilib, dunyoning moddiy birligi mavjud. Koinotning har bir qadamida biz hayotni qatlamlardan tuzilganligini ko’ramiz. Biroq dunyoning moddiy birligi nafaqat uning moddiy tarkibida namoyon bo’ladi balki, uning rivojlanishida fizik jarayonlarning birligi ham muhim sanaladi. Bu jihatdan 1922-1924 y.y. A.A.Fridman tomonidan birinchi marotaba asoslangan katta portlash nazariyasiga to’xtalib o’tamiz. Koinotning bir jinsligi va izotropligi sharoitlaridan kelib chiqib va o’zining nisbiylik nazariyasi matematik tenglamasi modelidan foydalanib, A.A.Fredman bunday koinotda moddalar tinch turolmaydi, yaxlit holatda siqilishi yoki kengayish zarur deb uyladi. 1929 yil amerikalik astronom E.X.Xabbl, uzoq galaktikadagi spektrlarni o’rgana borib, o’sha spektrda qizil aralashmani kuzatdi. Bu aralashma Doppler effektiga asoslangan bo’lib, yorug’lik tezligida galaktikaning bir-biridan uzoqlashishini tushuntirgan. E‘tiboringizni «medalning» yana bir tomoniga - dunyoning strukturali birligiga qaratamiz. Bizning galaktika somon yo’li, 100 mlrd.ga yaqin yulduzlarni birlashtirib, Andromedlar tumanligi va uchta o’nlik va uncha katta bo’lmagan mahalliy galaktika guruhlarini tashkil etadi. Bu guruh ajralmagan holda mavjud bo’lib, Deva yulduzi yo’nalishining markazida bir muncha yirikroq holatda to’planadi. Devada to’planish mahalliy 99 102 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling