8. Gegel Geogr (Vilgelm F.) (1770-1831) – dialektikani tizimli
nazariyasining ob‘ektiv-idealistik asosini yaratgan nemis faylasufi
(5-bob).
9. Gippokrat (eramizgacha 460-370 yillarga yaqin)-qadimgi
yunon vrachi, qadimiy meditsina islohatchisi, materialist. Uning
nomi bilan vrachlarning namunaviy etik xulqi va yetuk ma‘naviy
qiyofasi to’g’risidagi tushunchalari bog’liq (kirish).
10. Darvin Charlz Robert (1809-1882)-tabiat tadqiqotchisi,
davrinizmni yaratgan, organik dunyo evolyutsiyasining asosiy
omillarini kashf etgan. «Insonning paydo bo’lishi va jinsning
tanlanishi» (1871) kitobida insonni maymun shaklidagi avlodlari
paydo bo’lganligi to’g’risidagi gipotezani asoslagan (kirish, 7-
bob).
11. Dollo Lui (1857-1931)- belgiyalik paleontolog «Ekologik
paleontologiya» nazariyasi asoslangan (1909) (7-bob).
12. Dopler (Doppler) Kristian (1803-1853)-avstraliyalik fizik va
astronom. 1842 yil akustika va optika printsipini shakllantirdi,
uning mavjud effektini asosladi hamda keyin uning nomi bilan
ataldi (7-bob).
13. Kashkarov D.N. (1878-1941)-zoolog, O’zbekistonda
ekologlar maktabini yaratuvchilardan biri, sobiq ittifoqda
hayvonlar ekologiyasi bo’yicha birinchi bo’lib ma‘lumotlar
to’plagan (kirish).
14. Korovin Ye. P. (1891-1963)-tanikli biolog, Markaziy
Osiyoning yirik ekolog-geobotanigi, o’lka florasining yetuk
bilimdoni, akademik (kirish).
15. Kosigin Yuriy Aleksandrovich (1911) – geolog, akademik
(1970), qahramon (1981), uning ishlarida geologiya, tektonika,
neft qatlamlari nazariyasiga matematik usullar tadbiq etilgan,
geologiyada EXM usullari qo’llangan (6-bob).
16. Ksenofont (eramizdan avvalgi 430-355 yoki 354 yillarga
yaqin-) qadimgi yunon yozuvchisi va tarixchisi. Falsafada har xil
mavzudagi asarlar muallifi (Kirish).
17. Lukretsiy (Tit Lukretsiy Kar eramizdan avval 1 asr) – rim
shoiri va filosofi, materialist. «Tabiatdagi narsalar haqida»gi
didaktik doston muallifi (kirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |