4-ilova
FANGA HISSA QO’SHGAN OLIMLAR
1. Aristotel (Eramizdan avvalgi 384-322 yillar) – qadimgi yunon
faylasuf
olimi.
Afinada
Pltondan
ta‘lim
olgan.
A.
Makedonskiyning ustozi hisoblanadi. Tabiatning noorganik
dunyo, o’simliklar, hayvonot, inson bosqichlarini taklif etgan
(kirish).
2. Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillarda yashab o’tgan o’zbek
entsiklopedist olimi) - shag’al va qum qatlamlarining hosil
bo’lishida suv hamda shamolning muhim ahamiyatga ega
ekanligini isbotlagan. Beruniy quruqlik o’rnini vaqt o’tishi bilan
suv, suv o’rnini esa quruqlik egallashi haqida ham dastlabki
nazariyalarini aytib o’tgan.
3. Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yillarda yashab o’tgan o’zbek
tabiatshunos olimi va faylasufi) –geologik dunyoqarashlari uning
ilmiy qomusi – «Ashshifo» («Qalbni davolash») kitobining
«Tibbiyot bo’limida» bayon qilingan. U tog’ jinslari va
minerallarning
hosil
bo’lishi
to’g’risidagi
gipotezalarni
rivojlantirdi, temir va tosh materiallarning paydo bo’lishi bilan
qiziqdi.
4. Bertalanfi Lyudvig fon (1901-1972) – avstraliyalik biolog-
nazariyotchi. Zamonaviy fanda birinchi bor umumlashgan tizimli
kontseptsiyani («tizimning umumiy nazariyasini») ilgari surdi (6-
bob).
5. Vavilov Nikolay Ivanovich (1887-1943) – zamonaviy
selektsiyaning biologik asosi va madaniy o’simliklarni paydo
bo’lishi markazi haqidagi ta‘limotlarning asoschisi. VASXNIL
birinchi prezidenti, akademik (1929) (7-bob).
6. Vernadskiy Vladimir Ivanovich (1863-1945) – akademik
(1912 y.), geokimyo, biogeokimyo, radiogeologiya asoschisi.
Uning ilmiy ishlari atrof muhit, filosofiya, tabiatshunoslik
muammolarini yechishga bag’ishlangan (5-bob).
Do'stlaringiz bilan baham: |