Education, upbringing and application of innovative technologies in the field of physical education and sport: problems and solutions


Download 1.09 Mb.
bet64/122
Sana29.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1072187
TuriСборник
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122
Bog'liq
1-To\'plam

Kalit so’zlar: eshitishida nuqsoni bor shaxslar, yunon-rum kurashi, Surdlimpiya, maxsus imo-ishoralar moduli.
Ключевые слова: слабослышащие, греко-римская борьба, Сурдлимпия, модуль спесиальных жестов.
Respublikamizda barcha javhalar kabi imkoniyati cheklangan shaxslarning sport bilan muntazam shug’ullanishlari uchun berilyotgan e’tiborni hozirda erishilyotgan yutuqlarimiz orqali bilishimiz mumkun. Davlatimiz raxbari tomonidan ilgari surilayotgan siyosiy xarakatlari barcha javhalar kabi jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarga alohida urg'u berib to xtalib o tishlari va bu javhada qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlari mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar (parolimpia, surdolimpia, maxsus olimpia) rivojlanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalarni ham sportga jalb qilish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilib Oliy va o'rta maxsus ta’lim tizimlarida ham imkoniyati cheklangan yoshlarga e’tibor qaratish kerakligi, yurtimizda sport bilan muntazam shug ullanish hamda sog'lom avlodni tarbiyalashni taqozo qiladi.
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo’lgan shaxslarga sport bilan shug’ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini ta’minlash hamda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yurtboshimiz SH.M.Mirziyayevning 2021 yil 18 maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5114-sonli qarori asosida O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo’mitasini tashkil etish tizimini tubdan isloh qilishga misli ko’rilmagan e’tibor qaratilyotganidan dalolat beradi. Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart- sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchini mustahkamlash, mardlik, vatanparvarlik shuningdek yoshlar orasida hamda jismoniy imkoniyati cheklangan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirishga hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yonaltirilgan keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga va yoshlarga kerakli barcha shart sharoitlarni yaratib berish xalqaro arenalarda O’zbekiston yoshlari naqadar kuchli, irodali ekanliklarini namoish qilish uchun yurtboshimiz boshchiligida zamin yaratib berilmoqda. Shu boisdan o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlantirishimiz oliy maqsadimiz bo'lib bunda jismoniy tarbiya va sport muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy imkoniyati cheklangan, eshitishida nuqsoni bor o’smirlarni sport maktablarida shug’ullanishlari ularni sport jalb qilish sog’lom turmush tarzini joriy qilish oldimizga qoyilgan vazifalardan biridir. Eshitishida nuqsoni bor o’smirlar orasida yunon- rum kurashiga qiziquvchilari ham kam emas. Ammo yunon-rum kurashi boyicha eshitishida nuqsoni bor o’smirlarga o’quv mashg’ulot jarayonlarini tashkil qilish va o’rgatish uchun bizda yetarlicha uslubiy asoslar mavjud emas, ular bilan muloqot vaqtida imo ishoralardan foydalanish kerakligi trener-o’qituvchilarga yetarlicha muommo tug’dirmoqda. Shu sababli eshitishda nuqsoni bor o’smirlarni yunon-rum kurashi bilan muntazam shug’ullanishlari, o’quv mashg’ulot jarayonlarida umumiy hamda maxsus tayorgarlik mashqlarni oson chunishlari uchun maxsus imo-ishoralar(jest) lar ishlab chiqish va mashg’ulot jarayonlariga keng foydalanish dolzarb masalalardan biri bo’lib hizmat qiladi.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda aynan eshitishida nuqsoni bor shaxslarning jismoniy tayorgarlik darajasini oshirish, kelajakka jismonan baquvat vatanimizga ravnaqi uchun xizmat qiladigan, xalqaro arenalarda O’zbekiston sharafini himoya qila oladigan sportchilar sifatida kamol topishi bugungi kunning global masalalaridan biridir. Mazkur muommolarni bartaraf etish uchun ushbu soha boyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari shundan iboratki, eshitishida nuqsoni bor shaxslarga yunon-rum kurashini o’rgatishda optimallashgan maxsus imo-ishoralar modulni ishlab chiqish.
Ilmiy-uslubiy manbalardan olingan ma’lumotlar boyicha yunon-rum kurashini bilan shug’ullanuvchi eshitishida nuqsoni bor shaxslarni tayorlashdagi muommolarni o’rganish.
Eshitishida nuqsoni bor sportchilar bilan sog’lom sportchilarning jismoniy tayyorgarlik holatini solishtirish.
Eshitishida nuqsoni bor kurashchilarni maxsus imo ishoralar orqali usullarga o’rgatish asossida sport natijalarini o’stirish.
Ilmiy va uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, eshitish nuqsoni bor sportchilarda jismoniy sifatlarning rivojlanishi: chidamlilik, tezlik, mushaklarning kuchi va moslashuvchanligi kabi jismoniy sifatlar jismoniy rivojlanish darajasini belgilaydi. Eshitishida nuqsoni bor va eshituvchi sportchilarda mushak kuchining o’sish sur’atlari deyarli yoshga nisbatan farq qilmaydi.
Kuzatuvlar natijasi shuni ko’rsatadiki, eshitish nuqsoni bo’lgan sportchilar asosan tezlik-kuch qobiliyatlari dinamikasi boyicha, eshituvchi tengdoshlaridan orqada qoladilar. Bu esa eshitishida nuqsoni bor sportchilarda sakrash mahoratining shakllanishi ancha sekin kechishi bilan izohlanadi, bu ham muvozanatdagi og’ishlar, koordinatsion harakatlarni muvofiqlashtirish, vosita reaktsiyasi, harakatlar tempi va ritmi bilan bog’liqdir.
Bu esa esihitishida nuqsoni bor sportchilarga mashg’ulot jarayonlarida tashkil qilishda ularning morfofunksional va funksional holatlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilish kerakligini, aynan rivojlanish boyicha ortta qo’lishi mumkun bo’lgan bo’lgan jismoniy sifat va qobilyatlarini yaxshi shakllanishini taminlovchi vositalardan foydalanishni taqazo etadi.
Tadqiqotni tashkil qilishda yunon-rum kurashi bilan shug’ullanuvchi eshitishida nuqsoni bor sportchilar bilan sog’lom eshituvchi sportchilarning jismoniy holatlari ba harakat mahoratini maxsus testlar yordamida solishtirish olib borildi.
Asosiy standartlar sog’lom kurashchilarni tayyorlashni tavsiflovchi yosh toifalari boyicha "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ni aniqlash uchun ishlab chiqilgan sport testlari mezonlaridan olingan: 1) 100 m yugurish (sek); 2) turgan joydan uzunlikka sakrash (sm) 3) Yerga tayangan holda qo’llami bukib yoyish (son) 4) Yuqoridagi turnikka tortilish (marta soni); 5) 90 burchak holatida brusyada oyoqlarni tutib turish (sek); Yunon-rum kurashi bilan shug’ullanuvchi eshitishida nuqsoni bor va sog’lom sportchilarni maxsus “test” sinovidan o’tkazishda o’tkazilgan nazorat sinovlari natijalari jadvalda keltirilgan. [1.1]
Sog’lom kurashchilardan farqli o’laroq, eshitishida nuqsoni bor sportchilarning koordinatsion qobiliyatining namoyon bo’lish darajasini tavsiflovchi bir qator testlarni qo’shimcha ravishda o’tkazish to’g’risida zarur va asosli qaror qabul qilindi, chunki ular sog’lom kurashchilardan sezilarda darajada ortda qolmaganlarini ko’rishingiz mumkun.
Yunon-rum kurashi bilan shug’ullanuvchi eshitishida nuqsoni bor va sog’lom
sportchilarni bilan o’tkazilgan nazorat sinovlari natijalari (n=5)


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling