Education, upbringing and application of innovative technologies in the field of physical education and sport: problems and solutions


Download 1.09 Mb.
bet66/122
Sana29.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1072187
TuriСборник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122
Bog'liq
1-To\'plam

IbragimovaD., A’zamxonov O.
JTSBMQTMO Samarqandfiliali o„qituvchilari
Annotatsiya: Musobaqalarga tayyorgarlik tizimi bir qator vazifalarni o'z ichiga oladi va bu vazifalarni hal qilish jarayonida sportchining musobaqalarga psixologik tayyorgarligi shakllanadi. Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi: musobaqa shartlari to'g'risida ma'lumot to'plash, sportchining musobaqa oldidan tayyorgarligi holatini baholash va o'z-o'zini baholash.
Аннотаsия: Система подготовки к соревнованиям включает в себя ряд задач и в проsессе решения этих задач формируется психологическая подготовка спортсмена к соревнованиям. В систему психологической подготовки спортсмена к соревнованиям входит следующее: сбор информаsии о условиях соревнований, оsенка состояния тренировок спортсмена перед соревнованиями и самооsенка.
Kalit so'zlar: psixologik va ma'naviy tayyorgarlik, jismoniy faollik, avtogen mashg'ulot.
Ключевые слова: pсихологический и духовный подготовка, физической нагрузка, аутогенная тренировка.
Faoliyat - bu ongni nazorati ostida odamning ruxiy va harakat faolliligidir, bu faollik ongli ravishda ijtimoiy axamiyatga ega bodadi. Maqsadga qaratilgan faollikdir. Sport faoliyati shaxsni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi uni irodasini mustaxkamlaydi, xarakterini tarbiyalaydi. Har bir faoliyat bir necha bodimlardan iborat: fikrlash faoliyatini bu bodimi ish mobaynida kelib chiqadigan masalalarni yechish bilan bog’liq.
Xayol-xayolning boyligi bilan bog’liq. Bunda yangi mashqlarni o‘ylab chiqarish harakat bodimi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyatida juda muhim o‘rin tutadi. Har bir faoliyat bosqichlar bo‘yicha bajariladi: tayyorgarlik bosqichi rejani amalga oshirish bosqichi, bajarilgan ishni baholash. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi birinchi bosqichda juda katta ish bajaradi maydonlarni tayyorlaydi, darsga oid bo‘lgan jihozlarni tayyorlaydi, ikkinchi bosqichda o‘qituvchi nazorat qilishi ularni tarbiyalashi, tartib saqlashi, ularni shikastlanishlardan saqlash va xokazolar kiradi. Bu bosqichda jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga faqat ruxiy jixatdan emas, balki jismoniy jixatdan ham jismoniy yuklanish tushadi. Faoliyatning uchinchi bosqichida o‘tkaziladigan darsdagi yutuq va kamchiliklarga baho beriladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisini faoliyati, yo‘nalishi jismoniy tarbiya maqsadi va vazifalaridan kelib chiqadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning asosiy maqsadi o‘quvchilarning garmonik shakllanishiga va jamiyatga sadoqatli bo‘lib yetishishiga yordam berishdir. Ilmiy, tarbiyaviy, ta’limiy, sogdomlashtirish mana shu vazifalaridan jismoniy tarbiya o‘qituvchisini vazifasi kelib chiqadi, shu bilan birga o‘quvchilarni musobaqaga tayyorlashda, musobaqa jarayonida o‘qituvchi-murabbiy sportchini psixologik jixatdan tayyorlashda ortiqcha asab ko‘zg‘ alish jarayonlarini yengishga o‘rgatish lozim. Chunki ortiqcha asab qo‘zg‘ alish mashq holatiga (sport formasiga) yomon ta’sir etadi, sporchining yaxshi natija ko‘rsatishiga halaqat beradi.
Mashg‘ulot qilish natijasida sportchi o‘z-o‘zini ishontirish qobiliyatiga ega boda oladi. Bu mashg‘ulotni autogennaya mashg‘ ulot deb ataladi. Autogen so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “auto-o‘zim”, “genno yarataman, erishaman” degan ma’noni anglatadi.-1 Bu metod ya’ni o‘z-o‘zini ishontirish: asosiy maqsad sportchilarning mashqlangan holatini yanada takomillashtirishdir. Autogen mashg‘uloti bilan shug‘ullanish natijasida sportchi diqqatini bir nuqtaga to‘plab o‘zini tinchlantirish natijasida yarim uyqu holatigacha olib kelishi mumkin.
Mushaklarni bo‘shashtirish mashqini boshlashdan oldin murabbiy yoki ruxshunos sportchini tinchlantirish kerak. Buning uchun murabbiy yoki ruxshunos quyidagi qoidalarni aytadi. "Men tinchlanyapman". "Men juda tinchlandim". "Mening atrofimda hech kim yo‘q". "Men juda yaxshi tinchlandim". Bir necha marta qaytarilgandan keyin qo‘lni mushaklami bo‘shashtirishga o‘tiladi. Mening o‘ng qo‘lim og‘irlashyapti. Mening chap qo‘lim og‘ir. Mana shu so‘zlarni qaytarish natijasida o‘ng qo‘l og‘irlashadi. Shuning uchun qo‘l og‘irga o‘xshaydi. Xuddi shunday qilib chap qo‘lni bo‘shashtiriladi, so‘ng o‘ng oyoq, chap oyoq, qorinning mushaklari, ko‘krak mushaklari, bo‘yin mushaklari va yuzning mushaklari bo‘shashtiriladi.[ 1]
Keyinchalik irradiasiya bo‘lish tufayli mushaklami bo‘shashtirish osonroq bo‘ladi. Ya’ni tormozlanish jarayoni markazda tez tarqaladi. Mushaklami bo‘shashtirish mashq jarayoni 10-14 kun davom etadi. Har kun 3 marta bajariladi. Sportchilar boshqalarga qaraganda tezroq mashq malakalarini egallashadilar.
Ruhiy hodisalar 3 guruh bo‘lib, ular bir-biriga bog‘langan guruxlarga ajraladi, ruhiy jarayonlar, shaxsning ruhiy xususiyatlari va ruhiy holat. Bular ichida oxirgisi (psixik holat) Har xil davomiylik va suratlilikga egadir. Psixologik tayyorgarlik natijasida sport musobaqasida ishtirok etish uchun ruhiy tayyorgarlik holati vujudga keladi. U musobaqada kurash uchun ruhiy jarayonlarni faollashtirishda zarurligi bilan xarakterlanadi. Sport faoliyatida sportchining ruhiy tayyorgarligining ahamiyati katta bo‘lib, u yutuqlarning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qoladi. Sportchini o‘z kuchiga ishonchi, sport kurashiga intilish, butun kuchni safarbar qilish va g‘ alabaga erishish.
Musobaqaga psixologik tayyorgarlikni olib borilishi. Musobaqaga psixologik tayyorgarlik tizimi o‘z ichiga qator vazifalarni olib bu vazifalarni hal qilish jarayonida sportchining musobaqaga ruhiy tayyorgarligi shakllanadi.[1] Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash tizimiga qo‘yidagilar kiradi: musobaqa sharoiti haqida axborotlar to‘plash, musobaqa oldidan sportchini mashqlangan holatini baholash va o‘z -o‘zini baholash. Musobaqada ishtirok etishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat. Musobaqaga chiqishning motivlarini faollashtirish. Aqliy faoliyat eksperementlarini rejalashtirish sportchida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ishonch xissini shakllantirish. Maksimal irodaviy zo‘r berishni faollashtirish va uni musobaqa sharoitida namoyon qila bilish. Doimiy emosional holatni shakllantirish. Musobaqa sharoitida ruhiy holatlarni boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish usullarini egallash. Yuqoridagi tizimlar bir - birlari bilan uzviy bog‘ lanib ketgandir, agar qismlardan bittasida bo‘shashish vujudga kelsa, hamma tizimda yetishmovchilik vujudga kelishi mumkin. Musobaqa tayyorgarlik paytida sportchi uchun musobaqa sharoiti, raqibi, musobaqa o‘tkaziladigan joy va tamoshabinlar haqidagi habarlar juda ham zarurdir. O’zini raqibi haqidagi bilimlar musobaqaga tayyorlanish uchun aniq tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi, raqib haqida ma’lumotlarning mavjud bo‘lmasligi, sportchida xavotirlanish holatini vujudga keltiradi. Psixologik tayyorlash jarayonida axborotlar yetkazish qiyomiga katta ahamiyatga egadir. Bir xildagi habarni shunday e’lon qilish mumkindirki, u bo‘lajak musobaqadagi kurashga ijobiy yoki munosabatlarni vujudga keltirish mumkin. Yuqori darajali mashqlangan holatni (sport qiyomida) sportchi o‘z faoliyatida jismoniy, texnik va taktik ma’lumotlarni sifatliroq ko‘rsata oladi.[2]
Sport amaliyotida sportchini mashqlangan holatini baholovchi qator obektiv metodlar mavjud lekin ayni metodlar o‘z-o‘zidan baholashga tayanmasa to‘la bo‘lishi mumkin emas. Musobaqada ishtirok etuvchi sportchi yoki jamoa ma’lum yo‘naltirilgan aniq va tushunarli vazifaga ega bo‘lishi kerak. [3]
Musobaqa vazifasining xarakteri va unga sportchining munosabatini uning o‘ziga hos ma’lum kuchga ega emosional kechinmalarni hosil qiladi. Shuning uchun ham sportchi oldiga qo‘ygan vazifalarning muhimligi va mohiyatini ochishi kerak. Musobaqaning maqsadi sportchi uchun musobaqa uning e’tiqodiga aylanib ketishi kerak. Sportchilarning psixologik tayyorlashda sosial ahamiyatga ega motivlar shaklanishining ahamiyati, ayniqsa javobgarlik musobaqalaridagi ahamiyati kattadir. Bo‘lajak sport faoliyatini rejalashtirish ideomotor qonuniga bo‘ysunuvchi harakat tasavvurlari qiyomida olib boriladi. Ishonchning mavjudligi sportchilarning o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishlarining shartidir. Ishonchning yo‘qligi esa buning aksidir. Sportchining o‘z imkoniyatiga ishonchi bu o‘zining jismoniy, texnik taktik tayyorgarligini anglashning yakunidir.
ADABIY OTLAR RO‘YXATI

  1. Tulenova X.B.. Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi- 2001y

  2. V.M Karimova. Ijtimoiy psixologiya asoslari. T.: Fan, 1994 y. 143 b

  3. Y.M.Bludov i dr. Metodiki psixodiagnostiki v sporte: Ucheb. posobiye/ V.L.Marishuk,. -M.: Prosvesheniye, 1990.

  4. Ziyonet.uz

  5. http://www.ssu.rannet.ra//...

ЁШ ДЗЮДОЧИЛАРНИНГ ТЕЗКОР - КУЧ СИФАТЛАРИ ВА
КООРДИНАСИОН ^ОБИЛИЯТЛАРИНИ ПЕДАГОГИК ТАЖРИБА
ДАВОМИДА УЗГАРИШИ

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling