Education, upbringing and application of innovative technologies in the field of physical education and sport: problems and solutions


Download 1.09 Mb.
bet69/122
Sana29.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1072187
TuriСборник
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   122
Bog'liq
1-To\'plam

Kuchkarov U.L., NMTI, dotsent
Annotatsiya: Sport musobaqalarida sportchining ruhiy tayyorgarligi muhim
ahamiyatga ega. Sportchi jismonan tayyor bolganda ham, alohida ruhiy tayyorlarlikka ega bolmogi lozim. Maqolada shu kabi masalalar tahlil etiladi.
Kalit so zlar: sport, psixologiya, tayyorgarlik, metod, murabbiy, musobaqa.
Аннотаsия: Психическая подготовка спортсмена имеет важное значение в спортивных соревнованиях. Даже когда спортсмен готов физически, у него должна быт особая психологическая подготовка. В статье анализируются такие вопросы.
Ключевые слова: спорт, психология, подготовка, методика, тренер,
соревнования.
Kirish: Ma’lumki, inson bolalikdan turli yo‘nalishdagi harakat malakalarini ongsiz va ongli tarzda bajaradi. Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) hamda shaxs (matonat, jasurlik, mustaqillik, o‘ziga ishonch va boshqa) sifatlar tusida rivojlana boradi. Sekin-asta hayotiy zarur harakat malakalari (o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, yurish, yugurish, sakrash, to‘xtash, osilish va h.k.) sayqal topadi.
Adabiyotlar: Mustaqil davlatimizni buyuk davlatga aylantirish mas’uliyati shu o‘lkada yashayotgan har bir ongli fuqaro jumladan, jismoniy madaniyat xodimlari, sportchi psixologlar hamda sportchilar zimmasiga ham ulkan va sharafli vazifalar yuklaydi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. «Bizning zaminimiz bahodirlar va himoyachilarimiz bo‘lgan polvonlar va botirlarga azaldan boy hamda ularni mehr bilan parvarish qilib kelmoqda» [4]. Bu fikrda juda katta mantiq bor, albatta. Chunki Turkiston xalqi azaldan chavandozlik, kurash, ov va sayohat bilan muntazam shug‘ullanib kelishgan. Bunday sport musobaqalari va o‘yinlari «Alpomish», «Kuntug‘mish», «Qirqqiz», «Avazxon», «Ravshan», «Manas» kabi dostonlarda anchagina batafsil tasvirlangan.
Tadqiqot metodologiyasi: Sportchi yoki jamoa a’zolarining sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishi, birinchi navbatda, ularning psixologik, ma’naviy, mafkuraviy, irodaviy, jismoniy, texnik, taktik tayyorgarligiga bog‘liq. Sport amaliyotida bo‘lajak musobaqalarga psixologik jihatdan alohida tayyorgarlik ko‘rgan sportchilarning ko‘pincha g‘alaba qozonishi ilmiy isbotlangan. Demak, sport mutaxassislari va murabbiylar sportchilarni musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlashga alohida e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ulardan sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash bosqichlarini nazariy va amaliy jihatdan puxta bilishlari talab qilinadi. (Jadval-1)
Sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash bosqichlari


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling