Educational, natural and social sciences Scientific
Download 241.17 Kb.
|
tijorat-banklarida-masofaviy-bank-xizmatlarini-rivojlantirish-istiqbollari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES)
Masofaviy bank xizmatlari yuridik shaxslar va YaTTlar hamda jismoniy shaxslar segmentiga bo‘lingan holda taqdim etib kelinmoqda. Mazur tizim foydalanuvchilar umumiy sonida TIF Milliy banki, Agrobank, Xalq banki, Ipoteka- bank hamda Sanoatqurilishbankining ulushi beqiyos bo‘lib, ularning birgalikdagi ulushi qariyb 50 foizni tashkil etmoqda. jadval Tijorat banklarining jismoniy shaxslarga masofadan xizmat ko‘rsatishuchun yaratilgan mobil ilovalari reytingi [8]
Foydalanuvchilarni alohida segmentlar kesimida tahlil qilinganda esa yuridik shaxslarning eng katta ulushi Ipoteka bank xissasiga, jismoniy shaxslar ulushi TIF Milliy bank xissasiga to‘g‘ri kelmoqda. www.bankers.uz sayti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan jismoniy shaxslarga masofadan xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan mobil ilovalari reytingi tuzib chiqildi (2-jadval). Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, mobil ilovalari Play Market orqali yuklab olishlar soni 100 000 tadan ko‘p bo‘lgan 7 ta bank - InFinBank, Hamkorbank, O‘zmilliybank, Agrobank, Ipoteka banki, Ipak yo‘li banki hamda O‘zSQBning mobil ilovalari tashkil etiadi. Shuningdek, Asakabank mobil ilovasi ham yuklab olishlar soni 50 000 tadan ko‘p bo‘lgan ilovalar qatoriga kirganligini aytib o‘tish lozim. 'Play Market'da mavjud 27 ta bankning mobil ilovasiga jami baho qo‘yganlar soni jami 23,9 mingtaga yetdi. Play Market orqali eng ko‘p baholangan mobil dasturlar — "Apelsin" (Kapitalbank), "Milliy" (O‘zMilliybank), "Hamkor Mobile" (Hamkor bank), "InfinBank" (Infinbank) hamda "Ipak Yo'li Mobile" (Ipak yo‘li banki) lardir. Ushbu dasturlar ichidan eng yuqori bahoga Kapitalbankning "Apelsin" ilovasi (4,6 ball) sazovor bo‘lib turibdi. Ushbu dasturni Play Market orqali jami 4722 marta foydalanuvchi baholagani diqqatga sazovor. Shu o‘rinda, Ipoteka bank mobil ilovalari 1645 ta foydalanuvchilar tomonidan baholangan bo‘lib, o‘rtacha ko‘rsatkich 4,5 ballni tashkil etganligini ta’kidlash lozim. XULOSA VA TAKLIFLARO‘zbekistonda masofaviy bank xizmatlarini rivojlanish istiqbollari bo‘yicha olib borgan tahlillar natijasida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, mijozlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha har bir tijorat banki o‘zining strategik dasturini ishlab chiqish kerak. Mazkur dasturda qadamma-qadam barcha xizmat turlarini masofaviy hamda onlayn rejimga o‘tkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Mazkur yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish manbasi, amalga oshirish muddatlari, amalga oshirish uchun mas’ul boshqarma hamda loyihani ishga tushirish muddati kabilar keltirib o‘tilishi zarur. Xozirgi kunda tijorat banklari tomonidan masofaviy tarzda ko‘rsatiladigan xizmat turlariga kommunal va boshqa to‘lovlar, kartadan-kartaga pul o‘tkazmalari, onlayn konversiya, onlayn omonat xizmatlari, shuningdek, ayrima banklarda chakana kreditlash xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, keyingi bosqichda ularning turini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, xalqaro pul o‘tkazmalariga integarsiyalashuv orqali xorijga mablag‘larni jo‘natish va qabul qilish, plastik kartalar virtual emmisiyasi xizmatini kiritish kablar shular jumlasidandir. Masofaviy bank xizmatlarini rivojlanishi mijozlarni identifikatsiya qilishga bo‘lgan zaruriyatni yuzaga chiqarishi tabiiy holat. Shuni inobatga olgan holda, barcha mobil-bank xizmatlariga mijozga xizmat ko‘ratishda xodimni identifikatsiya qilish zaruriyati yuzaga kelganda, Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasidan integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES)Murojaat (2018) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Xalq so‘zi gazetasining 23 dekabr soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 3620-sonli Qarori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank statistik byuleteni, 2018-2020 yillar Спильниченко В.К. Трансформация банковских платежных систем в экономике России // Экономический журнал. 2012. № 2 (26). Лиходеева Н. И. Применение электронного банкинга при заключении и исполнении банковских договоров [Текст] / Н. И. Лиходеева // Юридическая работа в кредитной организации. – 2014. - No2. – С. 23-27. Забродиская К.А., Захарова А.О. Основы развития дистанционного банковского обслуживания. БГЭУ Белорусский государственный экономический университет. Библиотека. 2012 г. 57-63. www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Rasmiy sayti www.bankers.uz May 2021 www.oriens.uz Download 241.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling