Efir moylari saqlovchi dorivor o’simliklar va mahsulotlar


Download 17.41 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi17.41 Kb.
#1105790
Bog'liq
9 лабор машғулот


Efir moylari saqlovchi dorivor o’simliklar va mahsulotlar

Terpenoidlar (yoki izoprenoidlar) va ularning hosilalari beshta uglerod atomidan tashkil topgan izopren (C5H8) unumlari hisoblangan, o’simliklar (hayvonlarda) dunyosida keng tarqalgan tabiiy birikmalarning katta guruhidir. Bu birikmalarga efir moylari, smolalar, o’simlik “achchiq” moddalari, steroidlar, saponinlar, karotinoidlar, kauchuk va boshqalar kiradi.


Terpenoidlarning ayrim guruhlari kimyoviy tuzilishlari, farmakologik va boshqa xossalari hamda tahlil qilish usullari bo’yicha bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ular farmakognoizyaning boshqa qismlarida o’rganiladi. Mazkur mavzuda tarkibida efir moylari hamda achchiq moddalari – achchiq glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar o’rganiladi.
Efir moyi deb suv bug’i yordamida haydab olinadign, maxsus hidli va mazali, uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Efir moylari ko’pincha rangsiz yoki turli rangdagi (yashil, och sariq, to’q qizil, to’q ko’k, qo’ng’ir), o’ziga xos hidi va o’tkir mazasi bor uchuvchan tiniq suyuqlikdir; ularning zichligi ko’pincha suvdan yengildir, ba’zan og’ir bo’ladi. sovutilsa ko’pchilik efir moylari o’zlarining kristall qismi – stearoptenini ajratadi. ularni suyuq qismi eleopten deyiladi.
Efir moylari suvda erimaydi, organik erituvchilar va moylarda yaxshi eriydi, yorug’lik tekisligini o’ngga yoki chapga og’diradi. qat’iy qaynash haroratiga ega emas, agarda qizdirilsa, efir moylarini tashkil etgan organik birikmalar turli haroratda qaynab, ayrim-ayrim ajralib chiqaveradi.
Turli organik moddalar aralashmasidan tashkil topgani uchun efir moylarini kimyoviy xossalari tarkibidagi asosiy qismlarini xususiyatiga bog’liq. Shuning uchun ham efir moylari tahlilda ularning tarkibiy qismlari aniqlanadi.
Efir moylari hamda ularni saqlovchi dorivor o’simliklar mahsulotlaridan tayyorlangan dori turlari tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda, farmatsevtika amaliyotida dori turlarining hidi va mazasini yaxshilash maqsadida keng miqyosda ishlatiladi.


Mustaqil tayyorlash uchun savollar



  1. Terpenoidlar va efir moylari haqida tushuncha, ularning tasnifi, fizik-kimyoviy xossalari. Efir moylarini o’simliklarda to’planashi. Efir moylarini o’rganishda Vatanimiz olimlarining tutgan o’rni.

  2. Efir moylarini olish usullari va ularni mahsulot tarkibidagi miqdorini aniqlash.

  3. Efir moylarini organoleptik tahlili.

  4. Efir moyi tarkibidagi fenollar, aldegid va ketonlar miqdorini aniqlash, ximizmi

  5. Yasnotkadoshlar, astradoshlar oilasiga mansub o’simliklarga xos bo’lgan morfologik va anatomik belgilar.

  6. XI-DF bo’yicha mahsulot tarkibidagi efir moyini miqdorini aniqlash va shu usulda aniqlash qanday qonuniyatlarga asoslangan.

  7. Kashnich o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. O’simlik va mahsulotning tashqi ko’rinishi. O’sadigan joylari, yig’ish va quritish. Kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.

  8. Qalampir yalpiz o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. O’simlik va mahsulotning tashqi ko’rinishi. O’sadigan joylari, yig’ish va quritish. Anatomik tuzilishi. Kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.

  9. Dorivor mavrak o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. O’simlik va mahsulotning tashqi ko’rinishi. O’sadigan joylari, yig’ish va quritish. Kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.

  10. Oddiy qarag’ay o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. O’simlik va mahsulotning tashqi ko’rinishi. O’sadigan joylari, yig’ish va quritish. Kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.

  11. Archa o’simligining, mahsulotini va oilasining nomi. O’simlik va mahsulotning tashqi ko’rinishi. O’sadigan joylari, yig’ish va quritish. Kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.



Laboratoriya ishi


Mustaqil bajarish uchun vazifalar



  1. Efir moylari saqlovchi dorivor maxsulotlarini tahlil qilish

Bajariladigan ishlar:
a) efir moyi tarkibidagi fenollarni, aldegidlarni va ketonlarni aniqlash;
b) efir moylarini organoleptik tahlil qilish;
v) o’simlik mahsulotidagi efir moyi miqdorini XI - DF bo’yicha aniqlash.
II. O’simliklarni o’rganish: kashnich, qalampir yalpiz, dorivor mavrak, oddiy archa.

Bajariladigan ishlar:


a) ko’rsatilgan o’simliklarni morfologiyasini va mahsulotlarini tashqi ko’rinishini o’rganish;
b) qalampir yalpiz bargini mikroskopik tuzilishini o’rganish.
Download 17.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling