Taqlidiy so'z bilan: Ichkaridan odamlarning shov-shovieshitiidi. Birikmalar: O'ylamay gapirgan og'rimay o'lar. (Maqol.). - Kesim va uning ifodalanishi
- Eganing belgismi, hukmni tasdiq yoki inkor yo'li bilan ifodalaydigan bosh bo'lak kesim deyiladi.Eganing belgisi harakat. . holat, xususiyat, sifat kabi mazmunlarni bildiradi.
- Kesim egaga tobe bo'lib o'ziga bog'Ianiib kelgan so'zlarda nisbatan hokimdir. Masalan: Bu yil bahor ancha kech keldi.
- Kesim so'z turkumlari bilan ifodalanishiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) fe'l kesim, 2) ot kesim .
- Fe'l kesim. Fe'l va uning tuslangan shakllari ravishdosh shakli bilan ifodalanib kelgan kesim fe'l kesim deyiladi. Masalan: Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi. (A. Q.) Men xayol surib ketdim. (H. 0.)
- Ot kesim. Fe'ldan boshqa so'zlar bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi. Ular quyidagicha:
- Ot bilan; Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi-loy (Maqol).
- Sifat bilan: Mehnat qilgan elda aziz.
- Vatan - ona so'zi naqadar aziz Sensan har narsadan mo'tabar laziz (U.)
- Son bilan: ikki o'n besh - bir o'ttiz, ikki - yorti bir butun. (Maqol.)
- Olmosh bilan:
- Bizda odat mana shu edi,
- Ba saodat mana shu edi (H. 0.)
- Xolmurodning jonajon o'qituvchisi - o'sha(P.T.)
- Ravish bilan: Bizda a'lochilar ko'p. Kerilma qiz, hunaring oz. G'alaba yaqin. Harakat nomi bilan: Sevmoq - sevilmoq. Modal so'z bilan: O'limdan xabarim bor, lekin bunday ovozalardan xabarim yo'q (A. Q).
- Kesim tuzilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Sodda kesim ikki xil: sodda ot kesim, murakkab kesim. Sodda kesim ikki xil: sodda ot kesim va sodda fe'l kesim.
- Sodda ot kesim yakka ot, sifat, son. olmosh, ravish, harakat nomi, undov taqlidiy so'z bilan ifodalanadi: Masalan: O'zbekistonning poytaxti - Toshkent.
- Fe'l va uning vazifadosh shakllari bilan ifodalangan kesim sodda fe'l kesim deyiladi. Masalan:
- Maktabda o'tkazilgan shaxmat musobaqasida Odil yutdi. Shamol qumni uchirdi.
- Murakkab kesim ham ikki xil: murakkab fe'l kesim va murakkab ot kesim ikki va undan ortiq fe'llar bilan ifodalangan kesim murakkab fe'l kesim deyiladi. Masalan:
- Uchovlari molxonalarni ko'rib chiqishdi. (P. Q.) Ahmad kitobini o'qib tugatdi. Ot yoki bog'lama hamda to'liqsiz fe'l ko'rinishidagi qo'shilma bilan ifodalanadigan kesim murakkab ot kesim deyiladi. Masalan: O'ktam o:n ikki yashar bola edi. (O.) Odam qo'li cho'lni bo'ston qiladi. Ayrim hollarda yozuvda kesim bilan ega orasida tire ishlatiladi.
- 1) Kesim ot, olmosh, son bilan ifodalanib kesimlik qo'shimchasini olmaganda.
- Bu yeming xo'jayini - biz. Ikki karra ikki - to'rt.
- Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib,kesimlik qo'shimchasini olmasa: Bir ko'rgan bilish - ikki ko'rgantanish. (Maqol.)
- Ega ko'rsatishi bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlikqo'shimchasi bo'lmasa: Bular - mening do'stlarim, och-yalang'ochkafangadolar(O.) Bu uy -kimniki?
Do'stlaringiz bilan baham: |