odamlarga shu yetar vafo. (H. O.) - Sifat bilan ifodalanishi: Yaxshiga qilsang yaxshilik ham aytadi. ham qaytadi, yomonga qilsang yaxshilik na aytadi na qaytadi.(H.)
- Son bilan ifodalanishi. Beshga beshni qo'shsak, o'n bo'ladi.
- Olmosh bilan:
- Mana senga olam-olam gul,
- Etaginga siqqanicha ol. (H.O.)
- O'zingni er bilsang, o'zgani sher bil. (Maqol.)
- Harakat nomi bilan ifodalanishi: Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq. (Maqol.)
- Sifatdosh bilan ifodalanishi: Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim. (Maqol.) Ravish bilan ifodalanishi. Ko'pdan quyon qochib qutihnas. (Maqol.) Oz-ozdan o'rganib dono bo'lur. (Maqol.) To'ldiruvchi ikki xil: vositasiz va vositali.
- Vositasiz to'ldiruvchi. Harakatni bevosita o'ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydigan va kimni? nimani? qaverni? kabi so'roqlardan biriga javob beradigan to'ldiruvchi vositasiz to'ldiruvchi deyiladi. Vositasiz to'ldiruvchining tushum kelishigidagi so'z bilan ifodalanishi. Masalan: Erni er qiladigan ham xotin, qora yer qiladigan ham. (Maqol.) Vositasiz to'ldiruvchi belgili va belgisiz tushum kelishik shaklidagi so'z bilan ifoda qilinadi. Masalan: Bilib qo'yki seni Vatan kutadi. (G'.G'.) Botirlari kanal qazadi.(H.O.)
- Vositali to'ldiruvchi. Bosh, qaratqich tushum kelishiklaridan boshqa kelishiklardagi va ko'makchili so'zlar bilan ifodalangan to'ldiruvchi vositali to'ldiruvchi deyiladi. Masalan: Boshimdan o'tganini o'zim bilaman.
- Shodlik yo'lga boshladi meni, Baxtiyorlik bo'ldi odatim. (H.O.)
- Maydon o'zining ko'rkamligi va ulug'vorligi bilan butun shaharga hush kiritgan edi. (P. Q.)
- Vositali tuldiruvchi kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kimda?nimada? kim bilan? nima bilan? kim haqida? nima haqida? kabi so'roqlardan biriga javob beradi. Masalan:
- Do’st bilan obod uying.
- Gar bo'lsa u vayrona ham. (E. V.)
- Mehmonlarga har nav shirinliklar, pista, bodom, quruq mevalar tortildi. (0.)
Do'stlaringiz bilan baham: |