Gap bo'laklarining joylashish tartibi Gap bo'laklarining tartibi o'zbek tilida, asosan, erkindir. Gapda ularning o'rnini almashtirish har doim ham grammatik holatni o'zgartiravermaydi. Masalan: Talabalar yozgi ta'tilga chiqishdi. Yozgi ta'tilga talabalar chiqishdi. Bu gaplarda so'zlarning o'rnini almashtirish bilan grammatik holat o'zgarmagan. Shunday bo'lsa-da gapning mazmumga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan. Odatda ega gap boshida, kesim esa gap oxirida, ikkinchi darajali bo'laklar orasida keladi. Bu esa gapdagi to'g'n tartib hisoblanadi. Ammo ayrim hollarda gap bo'laklarining o'rni o'zgaradi bu esa ma'no ham o'zgartiradi. - 1. Ega bilan kesimning tartibini o'zgartirsak, ega kesim vaaksincha kesim ega bo'lib qoladi. Masalan: ikki yorti—bir butun;bir-butun—ikki yorti.
- 2. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning tartibi o'zgarsa sifatlan-mish ega kesim bo'lib keladi. Masalan: ikkita dugona; dugonaikkita: Mana shu ko'ringan - universitet; universitet—mana shuko'ringan.
- Gap bo'laklarining odatdagi tartibi o'zgarsa inversiya hodisasi yuz beradi. Bu hodisa ko'proq shevalarda hamda she'riyatda uchraydi. Masalan:
- Xo'rsinadi bechora pari,
- Yuguradi yalangda har yon
- Silkinadi hali bu jahon
- Zulmat cho'kar, bo'ron yeladi (U.A.)
- Bu gaplarda kesim oldin ega esa keyin keladi.
- Adabiyotlar:
-
- H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2005
- M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O’zbek tili. T.,1978
- O’zbek tili leksikologiyasi. T., 1981.
- B.Mengliyev, O’. Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T., 2007
- Ne’matov H., Rasulov R. O’zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.
- Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996
- Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro, 2001
- S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2001
- S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o’zbek tili. T., 2003.
- www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |