o'ychan odimlaganicha rasadxonaga kirdi. (0. Yo.) Bulut zamin bilan yig'lab uchrashdi, Shamol kurtaklarni ilg'ab uchrashdi. (U. A.) - O'rin holi. Ish-harakatning bo'lish, yo'nalish, boshlanish o'rnini bildirgan hol o'rin holi deyiladi. Masalan:
- Bunda bulbul kitob o'qiydi
- Bunda qurtlar ipak to'qiydi. (H.O.)
- Qalandar atrofiga diqqat bilan razm soldi. (0, Yo.) Tepadan unga tanish ko'chalar, uylar, dalalar bir-bir ko'rinib o'tadi. (P. Q.)
- Payt holi. Ish-harakatning bajarilish paytini bildiradigan hol payt holi deyiladi. Masalan: Ertalab osh suzsak, bir nasiba kam. (G'.G:.) Ular Samarqanddan kecha tun yarmida chiqqan, tong otguncha, yo'l yurib, subhidan shu jilg'aning boshidagi yong'oq-zorga kelib qo'nishgan edi.(0. Yo.)
- Daraja -miqdor holi. Ish-harakatning bajarilishini daraja-miqdor jihatidan aniqlab keladigan hol daraja-miqdor holi deyiladi. Masalan: Yigirma uch gul fasli, bargday umrimdan o'chdi. (U.A.) Mard bir marta o'ladi, nomard ming marta. (Maqol.) Ko'p o'yla, kam so'yla. (Maqol.)
- Sabab holi. Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi hol sabab holi deyiladi. Masalan:
- Ne uchun sevaman O'zbekistonni,
- Tuprog'in aylab ko'zga to’tiyo. (A. 0.)
- Mustaqillik bo'lgani uchun biz dunyo hamjamiyatiga a'zo bo'ldik. (Gazetadan.) Sen bor uchun men bu yerlarga keldim.Elmurod xursandligidan tez-tez qadam bosib ilgari yurib ketdi. (P. T.) O'zi seni nega sevdim, Buncha bo'lmasam ojiz.
- Maqsad holi. Ish-harakatning bajarilish maqsadini anglatuvchi hol maqsad holi deyiladi.
- Bola ekan tish chiqardim.
- Yovlarni tishlasin deb. (H.O.)
- Ko'rgali husningni zori mubtalo bo'ldim senga. (A.N.)Atay senga she'r yozdim mustaqil O'zbekiston. (Gazetadan.) Olimpiada g'oliblarini qutlagani butun shahar to'plandi. (Gazetadan.)
Do'stlaringiz bilan baham: |