Egamberdiyev Ollobergan 22-55 guruh talabasi
Download 0.84 Mb.
|
matem
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Transport masalasining quyilishi. Transport masalasini matematik modelini tuzish
Egamberdiyev Ollobergan 22-55 guruh talabasi Mavzu: Transport masalasi 1.Transport masalasining quyilishi. Transport masalasini matematik modelini tuzish 2.Masalani yopiq modeli haqida tushuncha. Masalani ochiq modeli va uni yopiq modelga keltirish yo‘llari 3.Masalani matritsaviy modelini tuzish 1.Transport masalasining quyilishi. Transport masalasini matematik modelini tuzish Umumiy tushunchalar. Chiziqli dasturlash masalalari muayyan uslublarga asoslangan holda yechiladi. U chiziqli dasturlash masalalarini yechishni algoritmlari deb nomlanadi. Birinchisi - simpleks usuli. Bu usul bilan biz tanishmiz. Ikkinchi - transport usuli Transport usuli bilan - chiziqli dasturlashning ayrim sinflariga oid maxsus masalalari yechiladi. Iqtisodiy masalalarni trasport masalasi bilan yechishni bir qancha usullari ishlab chiqilgan Masalan, taqsimlash usuli; potensiallar usuli; modifikasiyalashgan taqsimlash usuli; differensial renta usuli; venger usuli va boshqalar. Bizga ma’lumki, simpleks usuli barcha chiziqli dasturlash masalalarini yechishning universal usullardan biri hisoblanadi. Ba’zi hollarda, shunday masalalar turkumi xam uchraydiki, ularni birmuncha qulayroq usullar bilan yechish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu transport masalasidir. Bu usul bilan dastavval yuklarni tashishni optimal tashkillashtirishga oid masalalar yechilganligi bois u transport masalasi nomini olgan. Akademik L.V.Kantorovich (Rossiya) tomonidan yozilgan «Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda matematik usullar» asarida, birinchi marotaba, iqtisodiy mazmundagi ekstremal masalalarini yechish usullarini ko‘rsatib berilgan. Kiyinchalik transport masalasini formulirovkasi yaratildi. 1941-yilda amerikalik olim F.Xichkok transport masalasini formallashtirilgan holda qo‘yilishini ifodaladi hamda uni ayrim yechish yo‘llarini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda sanoat, trasport, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda uchrab turadigan ko‘pgina rejalashtirish va boshqarish masalalari, jumladan optimal taqsimot masalalari trasport masalasiga keltirilib hal qilinmoqda. Bu sohadagi masalalar iqtisodiy ma’nosi jihatidan har xil bo‘lishga qaramasdan bir xil matematik modelga keltiriladi. Jumladan, mashinalarni traktor yoki agregatlarni markalariga qarab turli ishlarga optimal taqsimlash masalasi ham transport masalasiga keltiriladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling