Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
1.4.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining o‘rni va sohadagi islohotlarning ahamiyati O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor iqtisodiyoti talablari va buxgalteriya 3 О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni 13.04.2016 yil 6 - modda 4 Ushbu Qonun 8-modda 23 hisobini xalqaro andozalarga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma – bosqich isloh qilib kelinmoqda. Bozor munosabatlarini shakllanishi va davlat mulkini xususiylashtirilishi xo‘jalik yuritishni mazmuni va tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida buxgalteriya hisobida tub o‘zgarishlarni talab qiladi. Buning uchun bir qancha ustuvor vazifalar aniqlandi va qonuniy bazalar yaratildi hamda ular takomillashtirilmoqda. Mamlakatimizda xalqaro buxgalteriya hisobi andozalari talablariga javob beradigan xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos keladigan O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini ta’minlovchi qonun zarur edi. Shu maqsadda 1996 yil 30 avgustda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni» qabul qilindi. 2016 yil aprelda yangi tahriri qabul qilindi. Ushbu qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo‘yilgan vazifalar, maqsad va talablarni belgilab beradi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi Qonun ko‘rsatmalari va moddalari asosida Buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMA)tasdiqlandi. Hozir ularning soni 24 ta bo‘lib 21 – BHMA – Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy – xo‘jalik faoliyatinin buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomadir. Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 – son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida» gi Nizom, 2000 yil 26 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun va buxgalteriya hisobi 21 – son milliy andozasi yangi schyotlar rejasi hamda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonun O‘zbekiston Respublikasida barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun hisob siyosati meyorlarini huquqiy ta’minlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlar, 24 masalan ular tasarrufidagi mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to‘g‘risida xolis va asoslangan qaror qabul qila olish uchun xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyati to‘g‘risida axborot to‘plash uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylanmog‘i kerak. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlanishiga, mulkni saqlash va ko‘payishiga xizmat qilishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalterlar faqat xo‘jalik operatsiyalarini qayd qiluvchigina emas, balki ular ko‘p darajada taxlilchi, prognozchi ham bo‘lishi kerak. Buning uchun ular yuqori darajadagi malakaga ega bo‘lishi kerak. Islohotlar barcha sohalarda keng quloch yozayotgan hozirgi sharoitda xo‘jalik yurituvchi subektlarda hisob – kitob va hisobot ishlarini zamon talablariga javob beradigan tarzda yuritish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi davrda davlat, jamoa, qo‘shma, kichik, hissadorlik, xususiy va boshqa mulk shakliga ega bo‘lgan korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatining to‘g‘ri tartibli boshqarilishi ko‘p jihatdan xo‘jalikning moliyaviy xo‘jalik muomalalari kabi omillarni ifodalashga yagona tartibda yondoshilishiga bog‘liq. Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini o‘rganish va boshqarishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Qayerda hisob – kitob ishlari puxta tashkil etilsa, ko‘zlangan maqsadga erishish oson bo‘ladi. Buxgalteriya hisobini puxta o‘rganish bu fanni fundamenti hisoblangan buxgalteriya hisobi nazariyasidan boshlanishi lozim. Chunki, bu fan buxgalteriya hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha, hisob, schyot, ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, baholash, kalkulyatsiya qilish. Balans hisobot, yo‘qlama qilish, buxgalteriya hisobining predmeti va usuli to‘g‘risida batafsil tushuncha beradi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi buxgalteriya hisobining hamma tarmoq kurslari, ya’ni sanoatda buxgalteriya hisobi, savdoda buxgalteriya hisobi, qurilishda buxgalteriya hisobi, qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi, moddiy ta’minotda buxgalteriya hisobi, davlat bankida buxgalteriya hisobi va boshqalar uchun umumiy bo‘lgan qoidalarni o‘rgatadi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi va ularning tarmoq kurslari birgalikda buxgalteriya hisobi fanini tashkil etadi. Bu fan xo‘jalik faoliyatini tahlili va audit fanlar 25 bilan chambarchas bog‘liq. Chunki, buxgalteriya hisobining ma’lumotla- ridan foydalanish usullarini xo‘jalik faoliyatini tahlili va audit fanlari o‘rgatadi. Buxgalteriya hisobi xalq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi, statistika, rejalashtirish, moliya kredit, mikro va makro iqtisodiyot va xuquqshunoslik bilan o‘zaro bog‘liqdir. Buxgalteriya hisobi fanida xo‘jalik yurituvchi subekt mablag‘lari va ularning manbalari hamda xo‘jalik jarayonlarini aks ettirishning metodologik asoslari iqtisodiy qonunlar talablariga muvofiq yoritiladi. Buxgalteriya hisobi fani jamiyat rivojlanishida turli ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash bo‘yicha barcha formasiyalarda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish asosida vujudga kelgan. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling