22
1.3. Buxgalteriya hisobi subektlari va obektlari. Buxgalteriya
hisobining asosiy tamoyillari
13.04.2016 yildagi О‘RQ-404-son Qonun bilan “Buxgalteriya
hisobi
tо‘g‘risida” Qonunga (30.08.1996 yildagi 279-son) о‘zgartirishlar va
qо‘shimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi
.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi-
da ro‘yxatga olingan yuridik
shaxslar, ularning O‘zbekiston
Respublikasi
hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari,
vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi
subektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulla-
nadigan shaxslar, fuqarolar о‘zini о‘zi boshqarish organlari, О‘zbekiston
hududida joylashgan chet el yuridik
shaxslarining vakolatxonalari,
filiallari va boshqa tarkibiy bо‘linmalari
buxgalteriya hisobi subyektlari
hisoblanmaydi. Ular qonunchilikka muvofiq hisob yuritadi va hisobot
taqdim etadi
.
3
Asosiy
va joriy aktivlar, majburiyatlar,
xususiy kapital, zahiralar,
daromadlar
va xarajatlar foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan
bog’liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobini obektlaridir.
Buxgalteriya hisobining obektlar jamlanma hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya
hisobi subekti tomonidan
mustaqil ravishda belgilanadi.
4
Buxgalteriya hisobining tamoyillari
2016 yil 13 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuning 3 –
moddasida buxgalteriya
hisobining qo‘yidagi tamoyillari huquqiy jihatdan asoslandi:
uzluksizlik, ishonchlilik, kо‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi
buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: