Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


O‘z sarmoyasi (o‘z sarmoyasi manbalari)


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

O‘z sarmoyasi (o‘z sarmoyasi manbalari). 
 
“Xususiy sarmoya” bo‘limida ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, 
zaxira sarmoya, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda 


34 
(qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va 
to‘lovlar zaxiralari oshkor qilinishi kerak. 
Majburiyatlar. 
 
“Majburiyatlar” bo‘limida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar 
bo‘yicha axborotlar alohida oshkor etilishi lozim. 
Uzoq muddatli majburiyatlar bo‘yicha yetkazib beruvchilar va 
pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida bo‘linmalarga uzoq muddatli 
qarzlar, shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzlar
muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va majburiy 
to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va 
buyurtmachilardan olingan bo‘naklar, uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq 
muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summalari 
ko‘rsatilishi kerak. 
Foiz stavkalari, so‘ndirish shartlari, shartnoma majburiyatlari, so‘ndi- 
rish navbatliligi, muomala shartlarini umumlashtirish hamda mukofot va 
diskont summalari buxgalteriya balansi qismida tushuntirish xatida 
ko‘rsatilishi lozim. 
Joriy majburiyatlar bo‘yicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
qarzlar, alohida bo‘linmalarga qarzlar, shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatla- 
riga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy 
to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa muddati 
kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, byudjetdan soliqlarga oid 
qarzlar, sug‘urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamg‘armalaridan 
to‘lovlarga oid qarzlar, ta’sischilardan qarzlar, mehnatga haq to‘lashga oid 
qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq 
muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari 
summalari oshkor qilinadi. 
Shuni ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida 
«balans» so‘zi nafaqat tenglik mazmunida, balkim davlat ahamiyatiga mo- 
lik muhim buxgalteriya hisobi xujjati sifatida ham talqin etiladi. O‘zbekis- 
ton Respublikasida buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi subektlar 


35 
tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
BXMSga ko‘ra buxgalteriya balansi qo‘yidagi shaklda tuziladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling