Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

1.1.1-jadval
1
 
Xo‘jalik hisobida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari 
O‘lchov birligi 
Guruhlari 
Tarkibi 
Natural o‘lchov 
birliklarи 
Оg‘irlik 
Tonna, kilogramm, gramm 
Uzunlik 
Kilometr, metr, santimetr, desimetr, millimetr, 
pagonmetr 
Hajm 
Kub metr, kvadrat metr, gektar, sotix va 
boshqalar 
Sonli 
Dona, bosh, juftlik 
Mehnat o‘lchov 
birliklari 
Vaqt 
Yil, kun, soat, minut, sekund 
Kishi-vaqt 
Kishi-kun, kishi-soat va boshqalar 
Qiymat o‘lchov 
birliklari 
Xorijiy valyuta Dollar, Yevro, funt-sterling, rubl, iyena va 
boshqalar 
Milliy valyuta 
So‘m, tiyin 
Xulosa qilib aytganda hisobda uchta o‘lchovlar birgalikda 
qo‘llanilganda ular hisobni asosiy mohiyatini yoritishda xizmat qiladi. 
Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari, funksiyalari va uning oldiga 
qo‘yiladigan talablar 
Boshqa fanlar qatori buxgalteriya hisobining ham o‘z maqsadi va 
vazifalari mavjud. Buxgalteriya hisobining maqsadi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida» gi qonunda ta’kidlanganidek foydalanuvchilarni o‘z vaqtida 
to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan 
ta’minlashdir. Har qanday boshqaruv tizimi axborot bilan ta’minlash 
1
Urazov K.B. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan 
kо‘rgazmali ma’ruza matnlari tо‘plami. - SamISI, 2014. - 220 bet. 10-bet. 


16 
tizimiga ehtiyoj sezadi. Axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish va qayta 
ishlash vositalaridan biri buxgalteriya hisobidir. 
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarni holati va harakati, mulkiy 
huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq 
ma’lumotlarni shakllantirish; 
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
umumlashtirish; 
- moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. 
Buxgalteriya hisobining quyidagi asosiy funksiyalari mavjud. 
- rejali; 
- nazorat; 
- axborot; 
- tahliliy funksiya; 
- hisob. 
Rejali funksiya rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va 
moddiy mablag‘larga ehtiyojni hisoblash tahliliy daromad (foyda), 
mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish va maqsadga erishishni 
samarali yo‘llarini izlashdan iborat. 
Nazorat funksiyasi – ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
haqiqatda bajarilishni biznes – rejaga hatti-harakatlarni qanchalik 
muvofiqligini aniqlash jarayonidir. 
Axborot funksiyasi – korxona rahbari, tashqi investorlar va 
foydalanuvchilarni moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot 
tizimi bilan ta’minlashdan iborat. Bu axborotlar ichida mehnat va uning 
unumdorligi, fondlarning miqdoriy va sifat jihatdan o‘sishi, korxonaning 
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, daromadlilik va 
to‘lovga qobillik, ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarish dasturini 
bajarilishi kabilar asosiylaridir. 
Tahliliy funksiya korxonaning moliyaviy – iqtisodiy holatini, uni 
yaxshilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan 
strategiya va taktikasini baholash va tahlil qilish jarayonidir. Tahlil 
asosida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqiladi va 


17 
bundan keyingi mo‘ljallangan maqsadlarga erishish strategiya va taktikasi 
ishlab chiqiladi. 
Buxgalteriya 
hisobining 
hisob 
funksiyasi 
korxona 
xo‘jalik 
faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi uzluksiz, o‘zaro bog‘langan 
ifodasidir. 
Hisobning yuqoridagi vazifa va funksiyalarini muvaffaqiyatli 
bajarilishida uning oldiga bir qancha talablar qo‘yiladi. Bu talablarga reja 
ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi
ularning aniqligi va to‘g‘riligi, to‘laligi va o‘z vaqtida bajarilishi, ravshan 
va hammabopligi, rejaliligi va arzonligi kabi talablari kiradi. 
Reja ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash 
mumkinligi shartnomadagi reja topshiriqlarining bajarilishini tekshirishga 
imkon beradi. Chunki, bu ma’lumotlar bir xil bo‘lmasa, ularni solishtirish 
imkoni bo‘lmaydi. Masalan, rejadagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 
(navi, turi, bahosi, miqdori, vaqti va shu kabi) hisobdagi xuddi shu 
moddalari bo‘lmasa, bu moddalarni bir-biriga umuman taqqoslash, 
ularning farqlarini sabablarini aniqlab bo‘lmaydi. 
Hisob ma’lumotlarining aniqligi va to‘g‘riligiga sodir bo‘ladigan 
xo‘jalik muomalalari qanday bo‘lsa shundayligiga aks ettiriladi. Hisob 
ma’lumotlarining to‘g‘ri ko‘rsatilishi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 
qonun bilan muhofaza qilinadi. 
Hisob ma’lumotlarining to‘laligi va o‘z vaqtida bajarilishi hisob 
xo‘jalik jarayonining hamma tomonini egallashi va bu to‘g‘risida to‘liq 
ma’lumot berishi kerak. Ma’lumotlar qat’iy o‘rnatilgan muddatda berilishi 
kerak. Qachonki hisob o‘z vaqtida va to‘liq olib borilsagina, xo‘jalik 
yurituvchi subekt faoliyatiga to‘g‘ri rahbarlik qilish, kamchiliklarni o‘z 
vaqtida aniqlab, yashirin zahiralarni qidirib topish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. 
Hisobning ravshan va hammabopligi. Hisob ma’lumotlari faqat hisob 
xodimlarigagina tushunarli bo‘lib qolmay, balki butun mehnatkash 
ommaga tushunarli bo‘lishi kerak. Buning uchun hisob ko‘rsatkichlari 
sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Ravshan va hammabop tarzda olib 
borilgan hisob subektni ta’sis etuvchisi va qatnashuvchilarini ishlab 
chiqarishni boshqarishga keng jalb qiladi. 


18 
Hisobning rejaligi va arzonligi. Hisobni rejaligi olib borish va arzonga 
tushirish uchun hisob apparatini qisqartirish, hisob ishlarini to‘la 
avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, zamonaviy hisob shakllari va 
buxgalterning 
avtomatlashtirilgan 
ish 
joylarini 
qo‘llash, hisob 
xodimlarining sonini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirib, 
markazlashgan ish joylarini tashkil etish kerak. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling