Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Glossariylar……………………………………………………………………. 
527 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….. 
569 
Ilovalar………………………………………………………………………… 



KIRISH 
Bozor munosabatlarini shakllanishi va rivojlanishi xо‘jalik yuritishni 
mazmuni va tuzilishida jiddiy о‘zgarishlarga sabab bо‘ladi. Bu esa о‘z 
navbatida buxgalteriya hisobida tub о‘zgarishlarni talab qiladi. Buning 
uchun bir qancha ustuvor vazifalar aniqlanib, ular bajarib kelinmoqda 
hamda qonuniy bazalar yaratilib, ular takomillashtirilmoqda. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish 
va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlar, 
masalan ular tasarrufidagi mavjud bо‘lgan moliyaviy resurslardan qanday 
qilib yaxshiroq foydalanish tо‘g‘risida xolis va asoslangan qaror qabul qila 
olish uchun xо‘jalik yurituvchi subektning faoliyati tо‘g‘risida axborot 
tо‘plash uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylanmog‘i kerak. Bundan 
tashqari buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida davlat qonunlarini 
bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlanishiga, mulkni saqlash va 
kо‘payishiga xizmat qilishi, manfaatdor tomonlar 
(investorlar, 
aksiyadorlar, banklar, fondlar, mol yuboruvchilar, mol oluvchilar, rasmiy 
organlar va h.k.) lar tomonidan muhim iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda 
(kapitalini investitsiya qilish, bozorga chiqish, xodimlarni yollash, soliq 
siyosati, moliyalash manbalarni qidirib topish, hisoblashishlar va h.k.) 
zarur bо‘ladigan tо‘liq va ishonarli axborotlarni о‘z vaqtida yetkazib 
berishi kerak. 
Buxgalteriya hisobi-bu doimiy e’tiborni, monitoringni, tahlil va о‘z 
vaqtida qaror qabul qilishni, mutaxassislarni kasbiy о‘sishi va mahoratini 
oshirishini talab qiladigan jonli jarayondir. 
Buxgalteriya hisobini hozirgi zamon talabi darajasida bо‘lishini 
quyidagi kompleks tadbirlar ta’minlaydi: 
-buxgaleriya hisobini qonuniy tartibga solish va uning meyoriy 
bazasini shakllantirish; 
-uslubiy ta’minot (yо‘riqnomalar, uslubiy kо‘rsatmalar, sharhlar); 
-kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; 
-xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik; 
-hisobni boshqarish tizimini qaytadan tashkil etish yо‘li bilan. 



Korxonadagi hisob axborotlarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob 
berishiga, obektiv, hammaga tushunarli ruyi-rost va boshqaruv faoliyati, 
shuningdek tashqi foydalanuvchilar uchun himoyalangan bо‘lishligiga 
ijodiy yondoshganda va barcha meyoriy hujjatlarni asoslanganda erishish 
mumkin. 
Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya 
registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida 
boshqaruv va moliyaviy hisobotlarni tuzishni ta’minlashi zarur. 
Buxgalteriya hisobi alohida ajralgan holda ishlamaydi, balki u bozor 
iqtisodiyotining barcha infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Hech qanday iqtisodiy islohot, shu jumladan bank tizimi, 
soliqqa tortish, statistika va b., ushbu islohotlarga mos keladigan xalqaro 
prinsiplarga asoslanib tuzilgan buxgalteriya hisobi va hisobotisiz 
muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 
Malakali buxgalterlarni kо‘paytirmasdan turib tо‘laqonli rivojlanayot- 
gan buxgalteriyani kо‘z oldimizga keltira olmaymiz. 
Raqobatga 
asoslangan iqtisodiyot sharoitida buxgalter xо‘jalik muomalalarini 
ma’nosini tо‘liq tushunishi, nomaqbul voqealar rivojlanishini oldindan 
kо‘ra bilishi, uni bartaraf etishning foydali variantlarini rahbarga taklif eta 
olishi, xо‘jalik faoliyatini tо‘g‘ri yо‘lga solishda rahbarni eng ishonchli 
ma’lumotlar bilan ta’minlay oladigan mutaxassis bо‘lishi kerak. 
Yuqoridagi muammolarning yechimi sifatida mualliflar tomonidan 
mazkur qо‘llanmada buxgalteriya hisobining nazariy tushunchalari, uning 
amaliy jihatlarini yoritishga harakat qilingan. Mazkur darslik nazariy bilim 
olgan talabalarni amaliyot bо‘yicha bilimini uyg‘unlashishiga xizmat 
qiladi degan umiddamiz. 


10 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling